О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус


Psixik xususiyat va holatlarning neyropsixologik asoslari



Download 2,58 Mb.
bet16/162
Sana28.02.2022
Hajmi2,58 Mb.
#474952
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   162
Bog'liq
PSIXOLOGIYA UMKA 1- KURS DASH

Psixik xususiyat va holatlarning neyropsixologik asoslari.
Psixikaning moddiy asoslari to‘g‘risida fikr yuritganda, avvalo, u miyaning xususiyati ekanligini ta’kidlash joiz. Bilish jarayonlari to‘g‘risida gap ketganida, albatta sezgi, fikr, ong kabilar maxsus ravishda tashkil topgan materiyaning oliy mahsuli ekanligini uqtirish maqsadga muvofiqdir. Organizmning psixik faoliyati tana ko‘pgina a’zolarining yordami bilan ishga tushadi. A’zolarning ba’zilari ta’sirotlarni qabul qilsa, boshqalari ularni signallarga aylantiradi, xatti-harakatlarning rejasini tuzadi hamda uning amalga oshishini nazorat qiladi. Shuningdek, ularning bir guruhi xatti-harakatga kuch-quvvat, g‘ayrat, shijoat baxsh etadi, yana bir tun esa mushaklarni, paylarni harakatlantiradi. Mana shunday murakkab funksiyaning yig‘indisi organizmning tashqi muhitga moslashuvini, unga muvofiqlashuvini, hayotiy vazifalarning ijro etilishi va bajarilishini ta’minlaydi.
Organik olamning mikroorganizmdan to insonga qadar bir necha o‘n million yillar davom etgan evolutsiyasi davomida xatti-harakatlarning, xulq-atvorning fiziologik mexanizmlari uzluksiz ravishda murakkablashib, tabaqalasha borib, buning natijasi o‘laroq organizm muhitning o‘zgarishlariga tez reaksiya bildiruvchan va moslashuvchan xususiyat kasb etib borgan.
Jumladan, bir hujayrali amyobaning hayot kechirishi, uning ozuqa qidirish imkoniyati, o‘z hayotini muhofaza qilish qobiliyati muayyan darajada cheklangandir. Undagi yolg‘iz hujayraning o‘zi ham sezuvchi, ham harakatlanuvchi, ham ovqat hazm qiluvchi vazifalarni ijro etadi. Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan hayvonlarda a’zolarning ixtisoslashuvi ozuqani ko‘rish, uni farqlash, xavf-xatarni tez sezish, aniq mo‘ljal olish imkoniyatini beradi. Ixtisoslashuvning asosiy funksiyasi signallarni idrok qilishdan iborat hujayralarning vujudga kelishida o‘z aksini topadi. Mazkur hujayralar retseptor deb nomlanmish hujayralar turkumini yuzaga keltiradi. Hujayralarning boshqalari mushak to‘qimalari ishini, bezlarning shira ajratishini nazorat qiladi. Bunday hujayralar effektorlar deyiladi. Ixtisoslashuv a’zolarni hamda funksiyalarni bir-biridan ajratadi. Organizmning asosiy boshqaruv imko­niyati yaxlit narsa sifatida harakat qiladigan markaziy nerv sistemasi vositasida yuzaga keladi.
Nerv sistemasining asosiy elementlari nerv hujayralari hisoblanib, ularning funksiyasi qo‘zg‘atishdir. Neyron hujayra tanachasidan, dendritdan, aksondan tashkil topadi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat.
Hozirgi zamon fanining ko‘rsatishicha, orqa miya va miya naychasi reflektor faoliyatining tug‘ma (shartsiz reflekslar) hisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta yarimsharlarning qobig‘i esa hayotda orttirilgan, psixika yordami bilan boshqariladigan xulq-atvor shakllarining organi sanaladi.
Miya katta yarimsharlari faoliyatining umumiy qonunlari I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan. Hozirgi zamon fiziologiyasi ma’lumotiga qaraganda, miyada hosil bo‘ladigan to‘lqinlar turli chasotadagi elektromagnit tebranishlariga o‘xshab ketadi. Miyada elektr toklari paydo bo‘lishining elektroensefalogramma ko‘rinishdagi kuchaytirgich yordamida yozib olishning kashf etilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki kosmonavt miyasining biotoklari yozuvi uning markaziy nerv sistemasida yuz beradigan o‘zgarishlar ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Odam psixik hayotida katta yarimsharlar qobig‘i sirtining peshana qismlari alohida rol o‘ynaydi. Psixik funksiyalar muayyan tarzda chap va o‘ng yarimsharlar o‘rtasida taqsimlanishi chuqur o‘rganilgan. Ma’lumki, psixikaning mazmuni — tirik mavjudot o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tashqi olam bilan belgilanadi. Shuning uchun tashqi olam inson miyasida shunchaki oddiy biologik muhit emas, balki odamlar tomonidan ularning tarixiy taraqqiyot davomida yaratilgan hodisalar olami hamdir.
Psixik va nerv-fiziologikjarayonlarning o‘zaro munosabati masalasi murakkab muammolardan hisoblanadi. Shuning uchun psixikaning o‘ziga xos xususiyatlarini nerv-fiziologik xususiyatlaridan qanday muhim belgilari bilan farqlanishini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bordiyu mazkur o‘ziga xoslik mavjud bo‘lmaganida edi, u holda psixologiya musaqil bilim sohasi sifatida tadqiq etilishi ham mumkin emasdi. Psixik jarayonlar o‘zida faqat ichki fiziologik jarayonlarni emas, balki tashqi obektlarning tavsifini ham mujassamlashtiradi.
Markaziy nerv sistemasi bosh miya bilan orqa miyadan tarkib topgan. Orqa miya umurtqa pog‘onasining kanalida joylashgan bo‘lib, nerv to‘qimasidan tuzilgan va shaklan go‘yo yo’g‘on chilvirga o‘xshaydi. Orqa miya uzunasiga ketgan ikkita egat bilan ikki qismga: o‘ng va chap qismlarga bo‘linadi. Orqa miyaning atrof-chekkasida oq modda (nerv tolalarining to‘plami), o‘rtasida esa kul rang modda (nerv hujayralarining to‘plami) joylashganligini orqa miyaning ko‘ndalang kesigidan ko‘rish mumkin. Kul rang modda kesigi shaklan kapalakka o‘xshaydi. Orqa miya oldingi qismlari oldingi ildizchalar, orqadagi qismlari orqadagi ildizchalar, deb ataladi.
Orqa miyada nerv tutam bo‘lib joylashgan, qo‘zg‘alish periferiyadagi nerv uchlaridan, skelet muskullari, teri, shiliq pardalardagi nerv uchlaridan shu nerv tolalarning tutamlari orqali nerv impulslari shaklida bosh miyaga yetib boradi va bosh miyadan periferiyaga keladi. Nerv tolalarining ana shu tutamlari o‘tkazuvchi yo’llar deb ataladi.
Orqa miya ongli psixik jarayonlarning bevosita markazi bo‘lmay, balki ongsiz reflektor harakatlarni idora etadigan markazdir. U tana va qo‘l-oyoq muskullarini, ko‘z muskullarini idora qiladi, shuningdek, organizmda bo‘ladigan bir qancha fiziologik jarayonlarni, ya’ni tomir harakatlari, ter chiqarish va boshqa shu kabi fiziologik jarayonlarni ham idora etadigan markazdir. Ana shu markazlardan bir qismi vegetativ nerv sistemasiga taalluqlidir.
Bosh miya kalla qutisida joylashgan bo‘lib, go‘yo orqa miya tepasidagi uski qavat hisoblanadi.
Mutaxassislar tomonidan bosh miya quyidagi qismlarga ajratiladi 1-rasm.:
ketingi miya;
o‘rta miya;
oraliq miya;
oldingi miya.
Ketingi miyaga uzunchoq miya, Varoliy ko‘prigi va miyacha kiradi. Uzunchoq miya bilan Varoliy ko‘prigi orqa miyaning go‘yo bevosita davomidir. Lekin shu bilan birga, uzunchoq miya orqa miyaga qaraganda xiyla murakkab vazifani o‘taydi. Uzunchoq miya orqali orqa miyadan bosh miyaning yuqoriroqdagi bo‘limlariga va, aksincha, bosh miyaning yuqoriroqdagi bo‘limlaridan orqa miyaga impulslar o‘tib turadi. Uzunchoq miya yadrolari emish, chaynash, yutish, so‘lak ajratish, me’da va me’da otsi bezidan shira ajratish, qusish va shunga o‘xshash bir qancha murakkab reflektor jarayonlarda qatnashadi. Nafas olishni, yurakning ishla shini idora etadigan, qon tomirlar tonusini saqlaydigan markazlar uzunchoq miyadadir. Miyacha markaziy nerv sistemasining pasdagi hamma bo‘limlariga, shuningdek, yuqoriroqdagi qismlariga ko‘p yo’llar bilan mahkam bog‘langandir. Miyachaning juda qatta ahamiyatga ega eqanligi loaqal shundan ham ko‘rinadiki, miya cha olib tashlangandan keyin tananing muvozanat va harakat funksiyalari juda ham buziladi; harakatlar tartibsiz, chalkash, poyma-poy bo‘lib qoladi. Miyachasi olib tashlangan hayvon qaddini ko‘tarib va boshini tutib turolmaydi; boshi va tanasi doim tebranib turadi; omonat, poyma-poy, haddan tashqari keskin harakatlar qiladi.
O‘rta miya. Muskul tonusining normal taqsimlanishini va gavdaning tovush hamda yorug‘lik singari qo‘zg‘ovchilarga, shuningdek og‘irlik kuchiga nisbatan to‘g‘ri turishini idora etadigan to‘rt tepalik, qizil yadro va miyaning boshqa ba’zi bir uchaskalari o‘rta miya tarkibiga kiradi. O‘rta miyasi olib tashlangan mushuk, it va maymunlar normal harakat qila olmaydigan bo‘lib qoladi.
Oraliq miya muhim funksiyalarni o‘taydigan bir qancha nerv uchaskalaridan iborat. Gavdaning umumiy sezuvchanligini ham o‘rta miya idora etadi. Pasroqdagi vegetativ markazlarning ishlarini birlashtiradigan va muvofiqlashtiradigan oliy vegetativ markazlar ham o‘rta miyada deb taxmin qilinadi.
Uzunchoq miya, Varoliy ko‘prigi, o‘rta miya va oraliq miya hammasi birgalikda miya dasasi yoki miya svoli deb ataladi.
Oldingi miya va uning po‘sti bosh miyaning oliy qismlaridir. Hayvon biologik taraqqiyot bosqichining qancha yuqorisida tursa, oldingi miyasi bosh miyaning boshqa qismlariga nisbatan o‘shancha ko‘prok joy egallaydi. Oldingi miya ikkita yarim shardan – o‘ng va chap yarim sharlardan iborat. Bosh miyaning peshana bo‘ladigan ensa bo‘lagiga qarab boradigan katta egat bu yarim sharlarni bir-biridan ajratib turadi. Oldingi miyaning o‘ng va chap yarim sharlari qadoq modda deb ataluvchi jism yordami bilan o‘zaro birlashadi.




Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish