О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус


Endokrin tizimi. Genetika. Endokrin tizimining inson organizmi va xulq-atvoridagi ahamiyati



Download 2,58 Mb.
bet15/162
Sana28.02.2022
Hajmi2,58 Mb.
#474952
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   162
Bog'liq
PSIXOLOGIYA UMKA 1- KURS DASH

Endokrin tizimi. Genetika. Endokrin tizimining inson organizmi va xulq-atvoridagi ahamiyati.
Psixikaning moddiy asosi nerv sistemasi va bosh miya hisoblanadi. Shu sababli nerv sistemasining tuzilishini va qanday ishlashini bilmasdan turib, psixik hayot hodisalarini tushunib bo‘lmaydi.
Nerv sietemasi nerv to‘qimasidan iborat, bu to‘qima esa nerv hujayralaridan tashkil topgan. Nerv hujayrasi protoplazmadan tuzilgan tana bo‘lib, ikki turli o‘simtalari bor, bu o‘simtalarning bir xillari kalta, boshqa bir xillari uzun bo‘ladi. Kalta o‘simtalari sertarmoq bo‘lib, dendritlar deb ataladi. Uzun o‘simtalari aksonlar yoki neyritlar deb ataladi. Har bir hujayrada bu o‘simtalar ikkitadan ortiq bo‘lmaydi. Neyrit ikkita pardabilan o‘ralgan. Neyritga yopishib turadigan birinchi pardasi yog‘simon parda bo‘lib, uni et parda yoki mielin pardasi deb ataladi. Ikkinchi tashqi pardasini shvann pardasi deyiladi. Bu pardalar toladan o‘tuvchi nerv qo‘zg‘alishini ajratib turuvchi izolyasiyadek bir vazifani o‘taydi. Neyrit, odatda, nerv tolasi, deb ataladi.
Nerv hujayrasi, uning o‘simtalari va ularni qoplovchi pardalar birgalikda neyron deb ataladi Nerv sistemasi juda ko‘p neyronlardan tuzilgan. Nerv tolalari miyadan tutam-tutam bo‘lib chiqib nerv svolini yoki, oddiy so‘z bilan aytganda, nervni hosil qiladi.
Nerv hujayralari va mielinsiz tolalar to‘plami miyaning kul rang moddasini, mielinli nerv tolalarining to‘plami esa miya-ning oq moddasini tashkil etadi. Hujayralar – ularning yadrolari va tolalari sinapslar degan maxsus mayda tolachalar yordami bilan bevosita bog‘lanadi (sinaps grekcha so‘z bo‘lib, “ilgak” degan ma’noni bildiradi).
Nerv sistemasining maxsus xossalari bor, bu xossalardan asosiylari qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlikdir. Bu xossalar shundan iborat.
Agar nerv tolasining biron joyiga tegilsa, issiq; sovuq, elektr toki, ximiyaviy moddalar va boshqa shu kabilar bilan ta’sir etilsa, yoki qo‘zg‘atilsa, nerv tolasining qo‘zg‘atilgan joyida maxsus fiziologik jarayonlar ro‘y beradi, buni qo‘zg‘alshi deyiladi.

5-rasm. Nerv hujayrasi 6-rasm. Diffuz nerv sistemasi
Agar nerv tolasi yetarli darajada qo‘zg‘atilsa, bu qo‘zg‘alish sodir bo‘lgan joyidagina qolmay, balki nerv tolasi bo‘ylab tarqaladi va bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga o‘tadi, nihoyat, qo‘zg‘atish kuchi muayyan darajaga yetganda qo‘zg‘alish butun nerv sistemasiga yoyilishi mumkin.
Nerv to‘qimasida qo‘zg‘alish jarayoni yuz berganda bir qancha hodisalar: elektr, ximik, issiqlik hodisalari paydo bo‘ladi. Yonma-yon turgan bir nerv hujayrasining aksoni bilan ikkinchi nerv hujayrasining tutashadigan joyi – sinapslar borligi tufayli, qo‘zg‘alish nerv tolalarida bir tomonga tarqaladi. Mielin pardasi borligidan, qo‘zg‘alish nerv tolasida ayrim-ayrim tarqaladi.
Odamning nerv sistemasi hayvonot olamining uzoq evolyusiyasi jarayonida va odamning tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan.Nerv sistemasi birinchi marta kovak ichli hayvonlarda ro‘yi ros ko‘rinadi. Bu nerv sistemasi butun organizmga yoyilgan ayrim hujayralardan tuzilgan. Masalan, gidroid poliplarning nerv sistemasi shunday bo‘ladi. Bu – diffuz tipda tuzilgan nerv sistemasidir
Umurtqali hayvonlar bilan odamda nerv sistemasi murakkab tuzilgan bo‘lib, uch qismga – markaziy, periferiyadagi va vegetativ qismlarga bo‘linadi.

Po‘st ostidagi soha va po‘st ostidagi tugunlar differensiallashmagan va umumiy sezuvchanlik markazidir. Emosiya va instinktlarimiz shu soha bilan chambarchas bog‘liqdir Harakatlarimizni idora etish uchun po‘st otsidagi tugunlardan targ‘il jismning ahamiyati ayniqsa kattadir. Targ‘il jism zararlanganda, odatda, harakat kuchayadi, ammo poyma-poy bo‘ladi.


Yuksak darajada tashkil topgan hayvonlarda psixik jarayonlarning va odamda ongli jarayonlarning bevosita moddiy asosi bosh miya po‘stidir. Bosh miyaning pasroqdagi boshqa hamma qismlari, shuningdek, orqa miya ongsiz reflektor harakatlarning markazlari bo‘lib, xilma-xil fiziologik jarayonlarni idora etadi.
Bosh miyaning yuqorida aytilgan hamma qismlari va orqa miya markaziy nerv sistemasi bosib o‘tgan taraqqiyot yo’lining bosqichlaridir. Bosh miyaning taraqqiyotidagi har bir qismi (pasdan yuqoriga qarab hisob qilganda) o‘zidan avvalgi qismning utsiga qatlangan. Orqa miya, undan keyin esa uzunchoq miya markaziy nerv sistemasining eng qadimgi qismlaridir. Oldingi miya va po‘st genetik jihatdan miyaning zng yosh qismlaridir. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari taraqqiy qilgunicha pasdagi (qadimgi) qismlari murakkabroq psixik funksiyalarni xam bajargan deb o‘ylash mumkin. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari tarkib topib taraqqiy qilishi bilan, murakkabroq psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o‘tdi. Shu bilan birga psixik funksiyalar tobora murakkablashib va takomillashib bordi. Psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o‘tishi bilan miyaning pasdagi qismlari muayyan refleks va instinktiv harakatlarnigina idora etadigan bo‘lib qoldi.
Buning haqiqatan ham shunday ekanligini quyidagi hollar ko‘rsatib turibdi. Biologik taraqqiyotning ancha pas bosqichlarida turgan hayvonlarning miya po‘sti va oldingi miyasi olib tashlanganda, bu qismlarning funksiyasini pasroqdagi qismlar o‘tay boshlaydi. Masalan, oldingi miyasi olib tashlangan baqa tamomila normal baqaga o‘xshaydi. Bunday baqa odatdagicha o‘tiradi; baqa turgan taxta ag‘darila boshlasa, u ag‘anab tushmaslikka harakat qiladi; agar baqa chalqancha ag‘nab tushsa, o‘nglanib oladi. Shunday qilib, baqa miya yarim sharlaridan mahrum bo‘lsa ham harakat qilish va o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyatini saqlab qoladi.
Yarim sharlari olib tashlangan kaptar og‘ziga solingan ovqatni yeydi, turtib yuborilsa yuradi; bunday kaptar turtinmasdan ucha oladi. Ammo kaptar turtib yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it miyasining ikkala yarim shari olib tashlansa, sun’iy suratda boqilib borilsagina bir necha yil yashay oladi. Bunday it og‘ziga solingan ovqatni yeydi, yura oladi. It urilsa vangillaydi qattiq tovush eshitganda sapchib tushadi. Ammo bunday it o‘zicha ovqat qidirib topolmaydi va hatto yaqinidagi ovqatni ham topib yeya olmaydi. Bu it uni boquvchi kishilarni tanimaydi. Avval hosil qilgan malakalari shu bilan birga, yangi malakalar hosil qilish qobiliyati ham yo’qoladi. Ba’zi fiziologlar maymunlarning yarim sharlarini olib tashlab tajribalar qilganlar. Maymunlar operasiya qilingandan keyin psixik funksiyalari yo’qolishi bilan birga, harakatni muvofiqlashtirish tizimi ham buzilgan. O‘lar to‘ppa-to‘g‘ri o‘tirib tura olgan, shuningdek, narsalarni changallay olgan, ammo murakkabroq harakatlar, ayniqsa yurish qobiliyati buzilgan.
I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyatiga doir tekshirishlarida shunday hodisalarni ilmiy asosda tushuntirib berdi.
Hayvonlar bosh miyasining ayrim qismlarini olib tashlash utsidagi tajribalar shuni ko‘rsatdiki, hayvon biologik taraqqiyotning qancha yuqori bosqichida tursa, quyi qismlarining yuksak psixik funksiyalarni bajara olish imkoniyati o‘shancha kam bo‘ladi.
Odamda miyaning quyi qismlari yuksak psixik funksiyalarni bajarishga mutlaqo qobil emas. Odam miyasining po‘sti otsidagi qismlari po‘st funksiyasini loaqal qisman ham bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz tug‘ilgan bolalar (anensefallar)ni kuzatish bu holatni juda ravshan tasdiqlaydi. Odatda bunday bolalar uzoq yashamaydi. Shunday bolalardan birining faqat uch yil-u to‘qqiz oy yashagani ma’lum. Bu bola doim yotgan, turishga biron marta ham harakat qilib ko‘rmagan. U narsalarni ushlashga hech urinmagan, hatto narsalarni qo‘lda ushlab turishni ham bilmagan. Faqat yuzida ba’zi bir harakatlar ko‘rilgan; u ba’zan ijirg‘angan; emganda va qoshiqlab ovqat berilganda lablari va tili harakatga kelgan. Bola tagi bulg‘anganda ham hech bir parvo qilmagan. Bu bola bilan gaplashish yoki unga biron narsa o‘rgatish aslo mumkin bo‘lmagan. Unda hatto eng oddiy ko‘nikmalar ham hosil bo‘lmagan.
Yuqorida aytilganlardan, miyaning po‘st otsidagi qismlarining psixik hayotga hech qanday aloqasi yo’q, degan ma’no chiqmaydi. Yarim sharlar po‘sti o‘z tolalari bilan bosh miyaning hamma qismlariga va orqa miyaga bog‘langan. Shu bilan birga, yuqorida aytilganidek, orqa miyadagi nerv hujayralarining tolalari va po‘st otsidagi sohalarning tolalari yarim sharlar po‘stining qismlariga bog‘langandir. Shu sababli butun markaziy nerv sistemasi va uning faoliyati bo‘lmasa, psixik hayot ham bo‘lmas edi.
Shu bilan birga, butun nerv sistemasining va butun organizmning faoliyatida bosh miya po‘sti asosiy rol o‘ynaydi I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra, yarim sharlar po‘sti organizmdagi hamma funksiyalarni idora etadi.
Pavlov ta’limotiga ko‘ra, katta yarim sharlar po‘sti organizmning barcha funksiyalarini boshqaradi.



Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish