Sof foyda – korxona moliyaviy faoliyati natijasida ko‘rilgan daromaddan mahsulot tannarxi va soliqlar hisoblanganidan so‘ng korxona ixtiyorida qoldirilgan foyda.
Sponsor – (ingl.sponsor) – bironta tadbir yoki faoliyatni amalga oshirishda moliyaviy yordam ko‘rsatuvchi puldor, obro‘-e’tiborli shaxs, firma, korporatsiya, tashkilot va hokazo.
Storno – buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi xatolarni tuzatishning usullaridan biri bo‘lib, mohiyati shundan iboratki, bunda xato yozuv qizil siyoh bilan xuddi o‘zidek qilib yana bir marta yoziladi, undan keyin to‘g‘ri yozuv avvalgidek tegishli registrda aks ettiriladi. Hisobvaraq bo‘yicha jami oborot topilayotganida qizil siyoh bilan yozilgan summa umumiy yig‘indidan ayirib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |