5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari».
5020-«Xorijiy valutadagi pul mablag‘lari».
Ushbu schyotlarning debet tomonida korxona kassasiga pul mablag‘larining kirimi aks ettiriladi. Kredit tomonida korxona kassasidan to‘lanadigan pul mablag‘lari va limitdan ortiqcha pullarni bankka topshirish aks ettiriladi.
Kassa muomalalarining hisobga olinishi quyidagi misollarda aks ettirilgan:
t/r
|
Muomalalar mazmuni
|
Schyotlar aloqasi
|
D
|
K
|
1
|
Hisob-kitob va valuta schyotidan kassaga pul kelib tushdi (chek va uning kirim kassa orderiga asosan)
|
5010
|
5110
5210
|
2
|
Mahsulot, ish va xizmatlar naqd pulga sotildi
|
5010
|
9010–
9030
|
3
|
Hisobdor shaxslar tomonidan olingan va ishlatil- magan ortiqcha summa qaytarildi
|
5010
|
4230
|
4
|
Ta’sischilar tomonidan korxona ustav kapitaliga
o‘z badallari sifatida naqd pul mablag‘lari kelib tushdi
|
5010
|
4610
|
5
|
Kassadan mehnat haqi va boshqa to‘lovlar berildi
|
6710
|
5010
|
6
|
Umum xo‘jalik sarflari uchun hisobdor shaxslarga pul berildi
|
4230
|
5010
|
7
|
Inventarizatsiya natijasida kassadagi pul mablag‘la- rining kamomadi aniqlandi
|
5910
|
5010
|
8
|
Kassadagi limitdan ortiqcha pullar bankka topshirildi
|
5110
|
5010
|
5010- «Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schyotining boshqa schyotlar bilan aloqasi
D-t 5010 K-t
D-t 5110 K-t D-t 6710 K-t
Kassaga naqd pul
mablag‘larining berilishi
Xodimlar bilan hisob-
kitoblar
D-t 9010 K-t D-t 5110 K-t
Xaridor va buyurtmachilar
qarzining to‘lanishi
Ortiqcha mablag‘ning
bankka topshirilishi
D-t 4730 K-t D-t 4200 K-t
D-t 4200 K-t
D-t 4800 K-t
Moddiy javobgarlik
qarzining to‘lanishi
Hisobdorlik pulining qaytarilishi
Hisobdorlik pullarining
berilishi
Turli debitorlik qarzlaridan
tushumlar
Buxgalteriya hisobining jurnal orderli shaklida 5010-schyotining kreditli jarayoni 1-jurnal orderda, debetli jarayoni 1-vedomostda aks ettiriladi.
Quyida kassa daftari, jurnal 1-order va 1-vedomostni qisqartirilgan holda to‘lg‘azilishini keltirib o‘tamiz.
20 yil may oyi uchun kassa daftari
Huj- jat t.r
|
Kimdan olindi, kimga berildi
|
Schyotlar bog‘lanishi
|
Kirim
|
Chiqim
|
|
Kun boshiga qoldiq
|
|
1900
|
|
195
|
Bankdan 02130 chek bo‘yicha olindi
|
5110
|
100000
|
|
25
|
Shakarov Mansurga avans hisoboti bo‘yicha ortiqcha sarflangan
|
4220
|
|
2500
|
26
|
Burhonov Bahodirga avans hisoboti bo‘yicha ortiqcha sarflangan
|
4220
|
|
3000
|
27
|
Abdullayev Hamdamga safar xarajati uchun
|
4220
|
|
5000
|
|
Kun bo‘yicha jami
Kun oxiriga qoldiq
Shu jumladan, ish haqiga
|
X
|
10000
1400
—
|
10500
|
Kassir Pardayev A. G. Bitta kirim orderi va uchta chiqim orderini tekshirdim va qabul qildim. Buxgalter Jo‘rayeva N. Q.
Bu keltirilgan kassa daftaridagi ma’lumotlar korxonada bir kun davomida bo‘lib o‘tgan muomalalardan iborat. Shu tarzda muomalalar kassa daftariga oy davomida kassir tomonidan yozilib boriladi.
1-son jurnal order
20 yilning may oyi uchun.
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schyotining krediti va quyidagi schyotlari debeti
Sana
|
Debetlanuvchi schyotlar
|
Jami
|
5110
|
6710
|
4220
|
4890
|
|
|
|
01-04
|
–
|
–
|
150000
|
–
|
–
|
–
|
150000
|
05-08
|
200000
|
–
|
–
|
–
|
–
|
–
|
20 000
|
09-10
|
–
|
2170000
|
–
|
–
|
–
|
–
|
2170000
|
11-31
|
100000
|
–
|
–
|
26400
|
–
|
–
|
126400
|
Jami
|
300000
|
2170000
|
150000
|
26400
|
–
|
–
|
2646400
|
1-vedomost
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schyotining debeti va quyidagi schyotlari krediti
Oy boshidagi qoldiq — 19000 so‘m
Sana
|
Kreditlanuvchi schyotlar
|
Jami
|
5110
|
4730
|
4220
|
|
|
|
|
01-04
|
2 170 000
|
–
|
19 800
|
–
|
–
|
–
|
2 189 800
|
09-10
|
300 000
|
–
|
–
|
–
|
–
|
–
|
300 000
|
11-31
|
250 000
|
28 800
|
–
|
–
|
–
|
–
|
278 800
|
Jami
|
2 720 000
|
28 800
|
19 800
|
|
–
|
–
|
2 768 600
|
Oy oxiriga qoldiq: 141200 so‘m
1-jurnal order va 1-vedomostga yozish uchun kassirning hisoboti asos bo‘lib hisoblanadi.
Kassadagi doimiy saqlanadigan naqd pul miqdori bank bilan kelishilgan holda belgilanadi. Ma’lum muomalalar (ish haqi, nafaqa) uchun olinadigan naqd pullar 3 kungacha (olingan kundan boshlab) saqlanishi mumkin.
Kassa hujjatlarida tuzatish, o‘chirib yozishga ruxsat berilmaydi. Korxona, muassasa va tashkilotlardagi ayrim muomalalarni tezkorlik
bilan amalga oshirish uchun hisobdor shaxslar xizmatidan foydalanadilar.
Ular korxona xodimlari bo‘lib ma’muriy xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish va xizmat safariga borish uchun kassadan naqd pul oladilar. Bu shaxslarning ro‘yxati rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
Xo‘jalik sarflari uchun ishlatiladigan naqd pullar korxonaning tasdiqlangan chegara (smeta) summasida, xizmat safari sarfi esa buyruqqa asosan safar guvohnomasi ko‘rsatilib, hisoblangan summada borish- kelish yo‘l xarajatlari, kunlik sarflari, tunash xarajatlari ko‘rsatiladi.
Bu sarflarning maqsadga muvofiqligi yuqori mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Hisobdor shaxslar muomala sodir bo‘lgandan keyin 3 kun ichida hisobot tuzishlari lozim. Qoldiq summalari kassaga topshiriladi, ortiqcha sarf qilingan bo‘lsa, kassadan farq summa beriladi. Agarda shaxslar o‘z vaqtida hisobot bermasalar, bu summalar ularning ish haqidan ushlab qolinadi.
2.2. BANKDAGI HISOB-KITOB VA VALUTA SCHYOTLARIDA PUL MABLAG‘LARINI HISOBGA OLISH
Har bir tashkilot tuzilayotgan vaqtda o‘zining pul mablag‘larini va naqd pulsiz muomalalarini yuritish maqsadida davlat va tijorat bankida hisob-kitob schyotini ochadi. Bankda schyot ochish uchun tashkilotlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
1. Schyot ochish uchun ariza.
2. Davlat vakolatli organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning yagona davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi notariusda tasdiq- langan guvohnomaning ko‘chirmasi.
3. Yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusdan tasdiqlangan ko‘chirma.
4. Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat.
5. Soliq organidan ro‘yxatdan o‘tib idensifikatsiya nomeri berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot.
6. Imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka.
Hisob-kitob schoti aktiv 5110-schyotida yuritilib, pul mablag‘larining harakati, holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib boradi.
Hisob-kitob schyotining debetida pul mablag‘larining kelib tushishi, kreditida esa pulning o‘tkazilishi yoki sarflanishi aks ettiriladi. Bu schyotda yozuvlar bankning ko‘chirmasiga asosan amalga oshiriladi.
Pulning tushumi va o‘tkazilishi quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi;
1. To‘lov topshiriqnomasi.
2. To‘lov talabnomasi.
3. Inkassa topshiriqnomalari.
4. Pul cheki.
5. Pul badallari haqidagi e’lon.
Do'stlaringiz bilan baham: |