To‘lov topshiriqnomasi korxonaning o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z schyotidan muayyan summani boshqa korxonaning va shu bankdagi yoki ana shu shaharda yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi schotiga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i hisob- lanadi. Bunda to‘lovchi bankka belgilangan shakldagi blankda topshiriq- noma taqdim etadi.
Topshiriqnomalar yozilgan kun — 1 kun davomida amal qiladi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra topshiriqnomalarga asoslangan
to‘lovlar muddatli, muddatdan oldin va muddati uzaytirilgan bo‘lishi mumkin.
Muddatli to‘lov quyidagi variantlarda amalga oshiriladi:
— bo‘nak to‘lovi, ya’ni tovarlarni yuklab jo‘natish yoki xizmatlar ko‘rsatishdan oldin;
— tovar yuklab jo‘natilganidan so‘ng, ya’ni tovarni to‘g‘ridan to‘g‘ri akseptlash yo‘li bilan;
— yirik bitimlarda qisman to‘lovlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |