9.4. TAYYOR MAHSULOTNI JO‘NATISHNI HISOBGA OLISH
Ombordan tayyor mahsulotlar xaridorlarga korxonaning sotish bo‘limi buyrug‘iga asosan jo‘natiladi. Mahsulotni sotish xaridor kor- xonalar bilan tuzilgan shartnoma va jo‘natish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Korxona buxgalteriyasi schyot, to‘lov talabnoma hujjatini yozib, tovar sotuvchi korxonaga xizmat ko‘rsatgan bankka topshiradi.
To‘lov talabnoma – mol yetkazib beruvchining schyot-fakturaga mos ravishda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati uchun xaridorning hisob- kitob raqamidan pulni o‘tkazib berish to‘g‘risida bankka bergan buyrug‘idir. Unda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi, soni, assortimenti qayd qilinadi (bu holatda schyot-faktura albatta, to‘lov talabnomasiga ilova qilinishi lozim).
Mol yetkazib beruvchi bilan xaridor o‘rtasida joy to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladiki, bunda mahsulotni ortib jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlarni mol yetkazib beruvchi o‘z zimmasiga oladi.
Fronko joyning quyidagi turlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |