O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati


Flotokameralar sonini aniqlash (kamerali va to’g’ri oqimli turdagi flotamashinalarning soni) quyidagi tenglama bilan hisoblanadi



Download 11,41 Mb.
bet24/101
Sana08.02.2022
Hajmi11,41 Mb.
#436608
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101
Bog'liq
2 5274154074948766837

Flotokameralar sonini aniqlash (kamerali va to’g’ri oqimli turdagi flotamashinalarning soni) quyidagi tenglama bilan hisoblanadi:



bu yerda:
n - kerak bo'lgan kameralar soni;
Vb - bo'tananing hajmi, m3/daqiqa;
t - flotatsiyaning davomiyligi, daqiqa;
VK - kameraning hajmi, m3,
K = 0,65-0,75;
VS - bo'tananing sutkalik hajmi, m3/sutka.
Korita turidagi mashina uzunligi quyidagi tenglama bilan hisoblanadi:

bu yerda:
L – mashina uzunligi, m;
S - bo'tana bilan band bo’lgan vannaning qirqim yuzasi, m2;

Vannaning uzunligi 10 m dan oshmasligi kerak.


Korita turidagi mashina uzunligi quyidagi tenglama bilan hisoblanadi:

Bir soatda flotatsiyaga tushayotgan bo'tananing miqdori quyidagi tenglik bilan hisoblanadi:

Bo'tana bo'yicha kameraning umumiy hajmi quyidagi tenglik bilan hisoblanadi:

Kameralar soni quyidagi tenglik bilan aniqlanadi:


Flotatsiyaga tushayotgan bo'tananing miqdori va zichligini aniqlashda quyidagi tenglikdan foydalaniladi:

bu yerda
Q - ruda miqdori, t/sutka;
δ - rudaning zichligi.
R - (C : Q) – suyuq va qattiq moddalarni og’irlik nisbati.

Yuqoridagilarni hisobga olib, quyidagi tengliklarni keltirib chiharamiz:




yoki


9-AMALIY ISH
MAVZU: QUYULTIRGICHLARNI TANLASH TANLASH VA HISOBLASH
Quyultirgichlarning ishlab chiqarish unumdorligini hisoblash usuli quyultirishga tushayotgan bo’tananing xossalariga bog’liq.
Koagulyatsiyalovchi moddalarni saqlaydigan suyultirilgan bo’tanani quyultirish quyultiriluvchi bo’tana va tindirilgan suv qatlami orasida aniq chegara chizig’i bo’lmasligi bilan xarakterlanadi. Bu holda quyultirgich quyulmaga o’tuvchi eng katta zarrachalarning erkin tushish tezligi asosida klassifikatsiyalovchi apparat sifatida ishlatiladi.
Quyultirgichning solishtirma cho’kish yuzasi quyidagi formula orqali hisoblanadi.

bu yerda:

  • f- solishtirma cho’kish yuzasi, m2/tonna. soat;

  • R1 va R2- dastlabki va quyultirilgan mahsulotlarda suyuqlikning qattiq zarrachalarga (C: Q) bo’lgan nisbati;

  • -quyulmaga o’tuvchi nisbatan katta zarrachalarning suvda erkin cho’kish tezligi, m/soat;

  • k – quyultirgichning samarali ishlatiladigan yuzasini uning umumiy yuzasiga nisbatiga teng koeffitsient (k=0,5-0,6 kichik va k = 0,7-0,8 katta quyultirgichlar uchun).

Tindirilgan suv va quyultirilgan bo’tana qatlami orasida aniq chegara beruvchi quyuq va koagulyatsiyalangan bo’tanalar uchun solishtirma cho’kish yuzasi f ning quyidagi formula orqali hisoblanuvchi maksimal qiymati qabul qilinadi.

bu yerda:

  • R – quyultirish jarayonida R1 dan R2 gacha o’zgaruvchi S:Q nisbati;

  • – quyulmaga ajraluvchi nisbatan yirik zarralarning suvda erkin tushish tezligi, m/soat; f, R2, k avvalgi qiymatiga teng.

Turli R da ning qiymati laboratoriya izlanishlari orqali tajriba yo’li bilan aniqlanadi. Agar bunday tadqiqotlar o’tkazilmagan bo’lsa, quyultirgichlar boyitish fabrikasida tarkibi o’xshash bo’tanani quyultirishda erishilgan solishtirma yuk meyorlari asosida aniqlanadi. O’xshashlarni hisoblashda cho’kish tezligiga ta’sir qiluvchi sharoitlar, qattiq fazaning mineral va granulometrik tarkibi, bo’tanada elektrolitlarning va maxsus koagulyantlarning mavjudligi, bo’tananing harorati va hokazolarni hisobga olish kerak.
Solishtirma yuk meyorlarini tanlashda quyultirilayotgan mahsulotning qimmatbaholigini, quyulmani suv havzalariga tashlashdan oldin iflosligining ruxsat etilgan meyorini ham hisobga olish kerak. Bir yarusli quyultirgichlarning taxminiy solishtirma yuklari 20-jadvalda keltirilgan.
Ko’mir boyitish fabrikalari ko’mirli shlamlarni suvsizlantirish va aylanma suvni tindirishda quyultirishga tushadigan yuk dastlabki bo’tana va quyulmadagi qattiq zarrachalarning miqdoriga, shuningdek koagulyantlar ishlatilishiga bog’liq.
Poliakrilamid ishlatilganda dastlabki bo’tana bo’yicha solishtirma yuk 3,5-4,5 m3/ (m2 soat) ni, hamda poliakrilamidsiz faqat 0.75-1 m3/ m2. soat nigina tashkil qiladi.
20- jadval
Bir yarusli quyultirgichlarning taxminiy solishtirma cho’kish yuzasi va solishtirma yuklari



Quyultiriluvchi mahsulot

Solishtir-ma cho’kish yuzasi, m2/t.soat

Solishtirma yuk

t/m2 soat

t/m2 sut.

1

Flotatsion sulfidli kontsentratlar:













misli

16 - 24

0,04 - 0,06

1 - 1,5




qo’rg’oshinli

24 - 32

0,03 - 0,04

0,75 - 1,0




ruxli

20 - 30

0,033 - 0,05

0,8 - 1,0




piritli

12 - 24

0,04 - 0,08

1,2 - 2,0




molibdenli

30 - 50

0.02 - 0,033

0,5 - 0,8

2

Flotatsiya chiqindilari

12 - 24

0,04 - 0,08

1 - 2

3

Flotatsion marganetsli kontsentratlar

35 - 60

0,017 - 0,02

0,04 - 0,07

4

Birlamchi rudali shlamlar

60 - 90

0,01 - 0,017

0,25 - 0,04

5

TSianlashdan oldingi bo’tana

35 - 50

0,02 - 0,028

0,5 - 0,7

CHo’kmani zichlashtiruvchi quyultirgichlar katta solishtirma yukka ega bo’lib, ancha quyuqroq mahsulot olishga imkon beradi. Flotatsiya chiqindilarini koagulyantsiz quyultirishda dastlabki bo’tana bo’yicha solishtirma yuk 0,5 m3/m2 soatni tashkil qiladi. Poliakrilamid qo’llanilganda yuk bir necha barobar ortib ketadi va quyultirilgan mahsulotdagi qattiq zarrachalarning miqdoriga bog’liq bo’ladi, masalan 400 g/l gacha quyultirishda yuk 4,5-4,8 m3/m2 soatni tashkil qiladi.


Download 11,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish