Pentlandit yoki temir g’nikelli kolchedan (Fe, Ni)9S8 tarkibi 32,55%temir, 34,22% nikel va 32,23% oltingugurt. Aralashma sifatida 3 % gacha kobalt bo’lishi mumkin. 49% kobalt tarkibli pentlandit kobalt-pentlandit deb ataladi. Pentlandit kub tizimda kristallanadi va oktaedrga birlashadi. Pentlandit kristall panjarasi 4ta oktaedan iborat bo’lib, to’tr tomonida ikki valentli temir ionlari va boshqa to’tr tomonida ikki valentli nikel ionlari joylashgan. Bu guruxlar qirrasi markazlashgan kristal panjara uzelida joylashgan umiumiy uchlarda bog’langan. Temir va nikel ionlari oltingugurt ionlariga nisbatan oktaedr koordinatsiyada joylashgan. Pentlandit ochiq sariq - bronza rangli va metall yaltirashga yega. U sulfid rudalarida asosiy va ulg’traasosiy otilib chiqqan jinlar bilan bog’liq yaxlit va donador agregat ko’rinishda uchraydi. Elektr o’tkazuvchan va mantitlanmaydi.
Pirrotin, magnit kolchedani, umuiy formulasi Fe1-xS, x ≤ 0,2, bo’lgan o’zgaruvchan tarkibga ega. Tarkibiga qarab 58,8 – 61,8% temir va 41% gacha oltingugurtdan tashkil topadi. Asosiy aralashmalari – nikel, kobalt, mis, selen. Kristall tuzilshi - zich geksonal joylashgan atomlar. Temir miqdoriga qarab kristal panjara parametrlari o’zgaradi.
Pirrotin sariq - bronza rangli va metalli yaltirashga yega. Yaxshi o’tkazuvchi xisoblanadi, elektr xususiyatlari tarkibiga bog’liq.Magnit xususiyatlari xam uning tarkibiga bog’liq - geksonal pirrotin – paramagnitik, monoklin esa ferromagnitik.
Oksidlanish zonalarida pirit, markazit va qo’nhir temirtoshga o’tadi.
Millerit, yoki nikel sulfid, 64,7% nikel va 35,3%oltingugurtdan iborat.
Trigonal sistemaning zanjir tuzilishiga ega. Sochga o’xshash jez-sariq rangli kristallar, xamda sochga o’xshash va radial - nursimon agregatlar xosil qiladi. Temir, kobalt, mis aralashma ko’rinishida uchraydi. Yaxshi o’tkazuvchi. Gidrotermal tog’ jinslarida nikel va kobaltning boshqa sulfidlari bilan mis nikel rudalaida uchraydi.
Nikelin, yokm qizil nikel kolchedani – kobalt, temir va surma qo’shimchalari bilan nikel arsenidi. 43,9% nikel va 56,1% mqshg’yakdan iborat.
Oktaedr markazida nikel va uning atrofida oltita mishyak ioni joylashgan geksonal qisiq tuzilishga ega. O’z navbatida xar bir mishyak ioni 6ta nikel ioni bilan trigonal prizma simmetriyasi bo’yicha o’ralgan. Qizil- mis rangga ega.
Gidrotermal kvarts - karbonat tog’ jinslarida kobalt va nikel arsinidlari bilan birga uchraydi. Oksidlanishida va nurashida annabergit Ni3(AsO4)2. 8H2O xosil qiladi..
Polidimit kub strukturaga ega. 38,9% nikel va 42,1% oltingugurtdan iborat. Aralashmalar – temir va kobalt. Rangi ochiq – kulrang.
Violarit kub strukturaga ega. 38,9% nikel, 18,5% temir va 42,6%oltingugurtdan iborat. Aralashmalar – kobalt i mis. Binafsha – kulrangli.
Garnierit, yoki numeit, - murakkab va o’zgaruvchan kimyoviy tarkibli nikel silikati. Nikel miqdori 35% gacha. Tarkibidagi aralashmalarga qarab (magniy, alyuminiy i temir) yashil-sariq va to’q yashil rangli. Nikel silikatli rudalar tarkibiga kiradi.
Nikel asosan mis - nikelli rudalar konlaridan ajratib olinadi (umumiy qayta ishlanadigan nikelning 65%). Bu konlar rudalari tarkibiga kiradigan asosiy minerallar - pirrotin, pentlandit, xalg’kopirit, millerit, violarit, xamda platina, galenit, sfalerit, bornit guruxlari minerallari. MDX xududida bu tarkibli rudalar kolsk yarim orolida va va Norilsk xududida joylashgan. Kanada 40 dan ortiq sulfidli mis - nikel rudalari qazib olinadi, ulardan eng yiriklari Falkonbridj, Kreyton, Frund, Linn-Leyk. Bu rudalar Janubiy Afrika, Avstraliya, Finlyandiya, SHvetsiya, Norvegiyava AQSHda qazib olinadi.sulfidli rudalarda nikel miqdori 0,3% dan 4 %gacha, kam misli rudalarda mis va nikel nisbati 0,5 dan 0,8 gacha, yuqori misli rudalarda esa 2 dan 4 gacha.Bu rudalarda mis va nikeldan tashqari kobalt, oltin, platina, palladiy, ruteniy, selen, tellur xam uchraydi.
Minerallar tuzilishi hususiyatlariga qarab sulfidli rudalar quyidagi turlarga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |