Nazorat uchun savollar
Molibdenning qanaqa minerallari yengil (oson) boyitiladi?
Molibden rudalari qanaqa fabrikalarda boyitiladi?
Bu rudalarni boyitishning texnologik tartibi (rejimi) qanaqa?
Molibden rudalarini boyitishning flotatsiya rejimi qanaqa?
Bo`tananing zichligi flotatsiya jarayoniga qanday ta`sir qiladi?
Qo`llaniladigan reagentlarning vazifasi va ta`sirini tushuntiring.
5 – LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Volfram rudalarini flotatsiya usulida boyitish
Ishdan maqsad: Boyitishning optial texnologik ko`rsatkichlariga ega bo`lish uchun volfram rudalarni boyitishning flotatsiya va reagent rejimlarini o`rganish.
Qisqacha nazariy ma’lumot
Asosiy sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan volfram minerallari volframit (Fe,Mn)WO4 va sheelit (CaWO4) hisoblanadi.
Ruda tarkibida qo`shimcha minerallar kvarts, flyuorit, turmalin, slyuda, kassiterit va sulfidli og’ir metall minerallari uchraydi.
Tarkibidagi minerallari yirik o`lchamli rudalar gravitatsiya usulida, tarkibidagi minerallari kichik o`lchamli rudalar esa flotatsiya usulida boyitiladi.
Sheelitni flotatsiya usulida boyitishda dastlab sulfidli minerallar ishqoriy muhitda, ksantogenat va sosna yog’i yordamida ajratib olinadi. Undan so`ng oleat natriy yoki olein kislotasining kerosin bilan aralashmasi yordamida sheelit ajratiladi.
Yig’uvchi reagentlarni qo`shishdan oldin kaltsiy minerallarini tazyiqlash uchun suyuq shisha (500÷1000g/t) ishlatiladi.
Olingan kambag’al boyitmani qayta tozalash uchun dastlab boyitma filtrlanib, bug’lantirish (proparka) jarayoni o`tkaziladi. Bu jarayonni o`tkazishdan maqsad, oldingi jarayonlarda qo`llanilgan reagentlar ta`sirini yo`qotishdan iborat.
Bug’lantirish jarayonida 80÷90oC harorat berilib, mahsulot 80 daqiqadan 2 soat muddatgacha aralashtiriladi. Bug’lantirish maxsus kontakt chanlarida amalga oshiriladi.
Ishni bajarish uchun zarur bo`ladigan materiallar va uskunalar
1. 200 gr. volfram rudasi namunasi.
2. Jag’li maydalagich;
3. elaklar to`plami;
4. Diskli tegirmon;
5. Flotatsiya mashinasi-700 va 75 ml;
6. Yig’uvchi reagentlar: butil ksantogenati C4H9OCS2K, natriy oleati yoki kerosin bilan olein kislotasi aralashmasi;
7. Ko`pik hosil qiluvchi reagentlar: sosna yog’i;
8. Moslovchi reagentlar: soda (Na2CO3), suyuq shisha (Na2SiO3).
9. Elektron tarozi;
10. Mahsulotlar solish uchun idishlar;
11. Quritish pechi;
12. Yuvgichlar (promivalki);
6- rasm. Volfram rudasini flotatsiya usulida boyitish sxemasi.
Tajriba ishini o`tkazish tartibi va tadqiqot natijalarni tahlil qilish 1- bo’limda ko`rsatilgan
Nazorat uchun savollar
6 - LABORATORIYA ISHI
Do'stlaringiz bilan baham: |