Ochiq usulda qazib olishning o’ziga hosliklari va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari.
Ochiq usulda qazib olish yyer osti usuliga qaraganda quyidagi o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
ko’mir va ruda karyerlarida foydali qazilmani qazib olishga sarflanadigan umumiy harajatning asosiy qismini tashkil etuvchi katta hajmdagi qoplovchi tog’ jinslarini karyerdan chiqarish (yoki unining chegarasida joylashtirish) ning zaruratiyligi bilan;
qatlamlarni qazib olishning aniq ketma-ketligiga (tog’ jinsining quyi qatlamini qazib olish faqatgina yuqorida joylashgan qatlamdan vaqt bo’yicha bir qancha ortda qolish bilangina boshlash mumkin) rioya etishning zaruratiyligi bilan;
amalda, ancha yuqori texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni ta’minlash qobiliyatiga ega bo’lgan, yuqori unumdorli, yirik o’lchamli kon transport uskunalarini qo’llash va yaratishning chegaralanmagan imkoniyatlarining mavjudligi bilan.
Yyer osti usuli bilan solishtirganda ochiq usulda qazib olishning afzalliklari quyidagilardan iborat: kon ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning yuqori darajadaligi, ishlab chiqarish unumdorligining ancha (3-5 marotaba) yuqoriligi va mahsulot tannarxining kamligi, ancha xavfsiz va gigienik ish sharoitlari, foydali qazilmani to’liq qazib olinishi, kam solishtirma xarajatlar. Ochiq kon ishlarining kamchiliklari: ob havo sharoitlariga bog’liqligi, katta yer maydonlarining egallanib olinishi va yer qa’ri suv balansining buzilishi.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish uchun xarakterli tomoni faqatgina kelgusida foydali qazilmani qazib olishning umumiy hajmidan uning ulushining oshishi emas, balki, ishlab chiqarish unumdorligi kon massasi bo’yicha yiliga 100-150 mln.t va chuqurligi 500 m va undan chuqur bo’lgan quvvatli karyerlarni qurilishi hisoblanadi. Bunday karyerlarni qurilishi uchun kapital xarajatlar va uning butun qurilish mobaynida kon massasini qazib olish ancha kattadir. Shuning uchun, yangi karyerlarni qurish va mavjud karyerlarni rekonstruksiya qilish iqtisodiy jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Qabul qilingan echimlarning iqtisodiy jihatdan asoslanganligi yildan yilga o’sib bormoqda.
Ochiq kon ishlarining iqtisodiy samaradorligining darajasi karyerning foydali qazilma va qoplovchi tog’ jinsi bo’yicha yillik ishlab chiqarish unumdorligi, foydali qazilmaning joylashish sharoiti, qazib olinadigan tog’ jinsining fizik-texnik xarakteristikasi, qazib olish rayonining iqlimi bilan aniqlanadi. Ochiq kon ishlarining iqtisodiy samaradorligini baholash uchun foydali qazilma bo’yicha ishchining oylik mehnat unumdorligi, 1m3 qoplovchi tog’ jinsiga sarflanadigan xarajat, foydali qazilma tannarxi, 1m3 (t) foydali qazilmaga sarflanadigan kapital xarajat, yillik foyda va karyerning rentabelligi kabi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar qo’llaniladi.
Ishchining foydali qazilma bo’yicha karyerlardagi oylik mehnat unumdorligi mexnazastiyalash, tashkil etish va energiya bilan ta’minlanganlikning umumiy darajasini xarakterlaydi va bir oyda qazib olinadigan foydali qazilmaning ishchilarning ro’yxat bo’yicha tarkibiga nisbati bilan aniqlanadi. Ko’mir karyerlarida ishchilarning mehnat unumdorligi so’nggi yillarda 5 baravarga ko’paydi. Ruda karyerlarida esa ishchilarning mehnat unumdorligi so’nggi 1,5 yilda 2 baravardan ko’pga o’sdi. Umuman olganda mamlakat bo’yicha ochiq kon ishlaridagi ishchilarning mehnat unumdorligi yiliga 4-6% ga oshdi.
Foydali qazilmaning tannarxi qazish va ochish ishlariga sarflanadigan xarajatlarni o’z ichiga oladi. Foydali qazilmani ishlab chiqarish tannarxi uni realizatsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni o’z ichiga olmaydi. Foydali qazilma tannarxida ochish ishlari uchun sarflangan xarajatlar ulushi 70% yoki undan yuqoriga etadi.
Ochiq kon ishlarining iqtisodiy ko’rsatkichlari kapital xarajatlar (tadqiqotchilik, geologik qidiruv va tayyorlov ishlari, bino va inshootlarni qurish, jihozlarni olish, ta’mirlash va boshqalar uchun sarflanadigan xarajatlar), ekspluatatsion xarajatlar (joriy xarajatlar) va qazib olingan foydali qazilmani realizatsiya qilishdan kelgan foydalarga bog’liqdir.
Kapital xarajatlar solishtirma kapital xarajatlar bilan baholanadi. Ular kapital xarajatlarning karyerning foydali qazilma bo’yicha yillik ish unumdorligiga nisbatiga teng.
Karyerning ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati xo’jalik hisobi asosida aniqlanadi. Bunda korxonaning xarajat o’rnini to’ldirishi uning o’zining xususiy foydasi (qazib olingan foydali qazilmani realizatsiya qilish yo’li orqali) hisobiga amalga oshadi. Karyerning xo’jalik tizimidagi ishi ikki ko’rsatkich – foyda va rentabellik bilan aniqlanadi. Karyerning yillik foydasi foydali qazilmani realizatsiya qilishdan tushgan foydasi va uning tannarxi o’rtasidagi farq bilan aniqlanadi. Karyerning rentabelliligi yillik foydaning karyer foydalanishida bo’lgan (asosiy ishlab chiqarish fondlari va normalangan aylanma vositalar) vositalarning umumiy qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi.
Mamlakat karyerlarining rentabelliligi 5-20% chegarasida o’zgarib turadi. O’zining mohiyati bo’yicha rentabellik karyerning foydaliligi bilan xarakterlanadi va amaldagi karyerlarning xo’jalik va iqtisodiy faoliyatini nisbiy baholash uchun ko’rsatkich bo’lishi mumkin.
Kon va transport uskunalarining ish unumdorligi uning quvvati, qazib olinadigan tog’ jinsining fizik-texnik xarakteristikasi va vaqt bo’yicha uskunalardan foydalanish darajasiga bog’liq. Texnik taraqqiyot natijasida bu ko’rsatkich tizimli ravishda o’sib boradi.
Joylashtiriladigan qoplovchi tog’ jinsi hajmini miqdor jihatidan baholash uchun qoplovchi tog’ jinsi koeffitsiyenti deb ataluvchi maxsus ko’rsatkich qo’llaniladi. Qoplovchi tog’ jinsi koeffitsiyenti k shuni ko’rsatadiki, foydali qazilma birligini qazib olish uchun karyer chegarasiga yoki chegarasidan tashqariga qancha birlikdagi qoplovchi tog’ jinsini ko’chirish zarur bo’ladi (masalan, k=4,5m3/m3 ifodasi, 1 m3 foydali qazilmani qazib olish uchun 4,5m3 qoplovchi tog’ jinsini ko’chirish talab etiladi). O’lchov birligiga bog’liq holda, vaznli (t/t), hajmiy (m3/m3) va aralash (m3/t) qoplovchi tog’ jinsi koeffitsiyentlari farqlanadi; (qoplovchi tog’ jinsi - metr kubda, foydali qazilma - tonnada ifodalangan). Qoplovchi tog’ jinsini bir o’lchov birligidan boshqasiga o’tkazish uchun qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilmani 1.1. jadvalda keltirilgan ko’paytirgichlarni qo’llagan holda mos keluvchi birliklarda ifodalash lozim.
Misol. k=6.3 t/t og’irlikdagi qoplovchi tog’ jinsi koeffitsiyentini hajmliga o’tkazish kerak, bunda va . Bu uchun qoplovchi tog’ jinsi koeffitsiyentini nisbatiga ko’paytirish kerak, ya’ni .
Qoplovchi tog’ jinslarining o’rtacha, joriy, konturli, chegaraviy va boshqa turlari mavjud.
Qoplovchi tog’ jinsining o’rtacha koeffitsiyenti qoplovchi tog’ jinsi hajmining karyerning oxirgi konturlaridagi foydali qazilma hajmiga bo’lib aniqlash mumkin (rasm. 1.1), ya’ni:
Agar foydali qazilma zaxiralari geologik tadqiqot natijasida aniqlangan bo’lsa, unda qoplovchi tog’ jinsi koeffitsiyenti o’rtacha geologik deyiladi. Agar qoplovchi tog’ jinsi koeffitsiyentini aniqlashda sanoat zahralaridan foydalanilgan bo’lsa, unda qoplovchi tog’ jinsi koeffistinti o’rtacha sanoat deb ataladi. Karyerni foydalanishga topshirishda qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilma hajmi kamayadi, buning sababi karyerning qurilish davrida qoplovchi tog’ jinsi olib tashlanadi va bir yo’la foydali qazilma ham qazib olinadi (rasm. 1.1). Bu holatda aniqlangan qoplovchi tog’ jinsi koeffitsiyenti o’rtacha ekspluatastion deb ataladi, ya’ni:
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |