1-jadval - Geotexnologiya usullarini qo'llash ob'ektlari
Usul
|
Maydonni rivojlantirish
|
Tekshirilgan depozitlar
|
er osti erishi
|
Tosh, kaliy tuzi
|
Bishofit, soda, Glauber tuzi
|
Er osti yuvish
|
Mis, oltin, uran
|
Marganets, mis sulfid, qo'rg'oshin, sink, nikel, titanium, fosforitlar, ohaktosh
|
Er osti gazlashtirish
|
Qattiq va jigarrang ko'mir
|
Oltingugurt, bitum, moyli slanets, mishyak, simob
|
Quduq ostidagi gidravlik ishlab chiqarish
|
Fosforitlar, qurilish qumlari, temir, oltin
|
Titan, oltin, olmos, ko'mir, kassiterit, fosfat jinsi, boksit
|
Er osti suvlaridan qazib olish
|
Yod, bor, uran, stronsiy
|
Konlarning shaxta suvlari, neft konlari
|
Yer issiqligini ajratib olish
|
Tabiiy bug'-gidrotermlar (geyzerlar)
|
"Quruq" jinslarning issiqligi
|
Bugungi kunda laboratoriyada kimyogarlar rudadan har qanday foydali komponentni ajratib olishlari mumkin, ammo qiyinchilik aynan sanoat qazib olishda yotadi, shuning uchun nafaqat reagentlar, katalizatorlar va kimyoviy texnologiyalarni izlash, balki barcha tegishli jarayonlarni - burg'ulashni hal qilish ham muhimdir. , reagentlarni ruda tanasiga yetkazish va minerallarni yer yuzasiga yetkazish, jarayonni nazorat qilish ... Tog‘-kon sanoatida eng katta iqtisodiy samarani ruda qazib olish emas, balki uni boyitish texnologiyasiga kiritilgan innovatsiyalar, ya’ni. xomashyoni tijorat mahsulotiga aylantirish bosqichida, shuning uchun ham xom ashyoni in situ qazib olish va qayta ishlashni mahsulotga birlashtirgan geotexnologiya bunday yuqori rentabellikka ega.
Ichaklardan xom ashyo olish muammosini hal qilish uchun geotexnologiya nuqtai nazaridan konlarni baholash va tahlil qilish mezonlarini ishlab chiqish kerak. Uskunalar talablarga javob berishi kerak: oquvchanlik, soddalik va ishonchlilik, isrofgarchilik, kam energiya iste'moli, yuqori mahsuldorlik va arzonlik ... Rudali qatlamlar o'tkazuvchan bo'lishi maqsadga muvofiqdir va taglik qatlamlari - tabiiy yoki sun'iy (baraj) suv o'tkazmaydigan. Asos
Bevosita yyer yuzasida turib ochiq kon lahimlarida (transheya yoki yarim transheyalarda) amalga oshiriladigan kon ishlari, ochiq kon ishlari nomi bilan ataladi. Ochiq kon ishlarining asosiy maqsadi, foydali qazilma konlarini qazib olish hisoblanadi. Ochiq kon ishlarini qo’llash orqali foydali qazilma konlarini qazib olish usuli ochiq usulda qazib olish deyiladi. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib oluvchi kon korxonasi karyer deb ataladi. Ko’mir va sochma konlarni ochiq usulda qazib olish amaliyotida “karyer” termini o’rniga “razrez” yoki “priisk” atamasi qo’llaniladi.
Ochiq kon ishlarini olib borish jarayonida konning yuza qismi buziladi va yuzada sun’iy hosil qilingan yuza bilan chegaralovchi qazib olingan maydon hosil bo’ladi. Kon lahimlari jamlanmasi bilan ifodalangan bu qazib olingan maydon “karyer” nomi bilan ataladi. Shu tariqa, “karyer” tushunchasi xo’jalik va texnik mazmunlarda qo’llanilishi mumkin. Qazib olingan maydonning ahamiyatli o’lchamlarida (hozirgi zamon karyerlarida qazib olingan maydon yuzlab million metr kub hajmga ega va bir necha yuz metr chuqurlikka yetadi) karyer atrofini o’rab turgan tog’ jinsi massivining tabiiy muvozanati buziladi. Bu esa, karyerning yon yuzasini deformastiyasiga (o’pirilishi va qulashi ), kon ishlarini normal olib borilishini buzilishi va avariyaga olib keladi. Bunday oqibatlarga yo’l qo’ymaslik uchun karyerning yon yuzasiga ularning turg’unligini oshirish uchun ma’lum bir qiyalik hosil qilinadi. Shunga bog’liq holda, ochuvchi va qoplovchi deb ataluvchi, foydali qazilmani qoplab va unga aralashib turgan tog’ jinsining ancha hajmini olib tashlash zarurati paydo bo’ladi. Hozirgi zamon karyerlarida tashiladigan qoplovchi jinslarning yillik hajmi o’nlab million metr kubni tashkil etadi va odatda, qazib olinadigan foydali qazilma hajmidan ko’p marotaba oshadi. Foydali qazilma, qoplovchi tog’ jinsi karyerdan yyer yuzasiga chiqariladi. Foydali qazilma qulay joylashgan sharoitlarda massivdan ajratib olingan qoplovchi tog’ jinsi karyerdan tashqariga chiqarilmasligi ham mumkin, balkim, uni qazib olingan maydonga joylashtirish mumkin.
Karyer chegarasida tog’ jinsi massivini (qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilma) qazib olish gorizontal yoki uncha qiya bo’lmagan qatlamlar bilan amalga oshiriladi. Qatlamlar odatda maydondagi ishlardan va quyida joylashgan qatlamdan vaqt bo’yicha kechikkan holatda parallel ravishda olib boriladi. Shu tariqa, karyerning yon yuzasi pog’ona shaklini egallaydi. Qazib olinadigan tog’ jinsi massivini qatlamlarga bo’linish zarurati quyidagi faktorlar bilan aniqlanadi:
chegaralangan qatlam chegarasidagi tog’ jinsini olish (qazib olish)ni amalga oshiruvchi kon mashinalarining chegaralangan o’lchamlari bilan;
qazib olinayotgan massivda turli fizik-texnik va sifat xarakteristikalariga ega bo’lgan qatlamlarning mavjudligi bilan;
ancha baland bo’lgan ochilib qolgan tog’ jinsi massivining o’pirilish xavfining yuqoriligi bilan.
Planda ochiq kon lahimlarining ahamiyatli o’lchamlari va balandligi bo’yicha chegaralanishning mavjud emasligi ochiq kon ishlarida yuqori texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan ta’minlovchi quvvatli kon transport uskunalarini qo’llash uchun qulay sharoit yaratadi. Kon ishlab chiqarishning barcha zvenolari aniq tashkil etilganda va yuqori malakali kadrlar mavjud bo’lgandagina uskunalarni samarali qo’llash mumkin.
Qo’llaniladigan uskunalarning turlari bo’yicha ochiq kon ishlarini ishlab chiqarishning ekskavatorli va gidravlik usullari farqlanadi. Ekskavatorli usulda, turli uskunalar – burg’ulash stanoklari, yumshatgichlar, ekskavatorlar, yuklagichlar, skreperlar, buldozerlar, g’ildirakli va konveyer transportlari ishlatiladi. Gidravlik usulda esa, asosiy ishlab chiqarish jarayonlari harakatlanuvchi suvning energiyasi orqali amalga oshiriladi. Ushbu maqsadda maxsus uskunalar – gidromonitorlar, zemlesoslar va b. Qazib olishning gidravlik usuli, faqatgina qulay kon-geologik va iqlim sharoitlarida qo’llaniladi (asosan, etarlicha suv miqdori va gidroag’darmalarga joylashtirish uchun maydonlar mavjud bo’lganda yumshoq tog’ jinslarini qazib olishda qo’llaniladi). Ushbu darslikda qazib olishning ekskavatorli usuli ifoda etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |