O‘zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


uyqu arteriyalaridagi puls: yaxshi aniqlanmoqda (urishi tekis yoki notekis), yaxshi aniqlanmayapti, yo



Download 17,64 Mb.
bet38/114
Sana09.07.2022
Hajmi17,64 Mb.
#764509
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
Bog'liq
УМК узб

uyqu arteriyalaridagi puls: yaxshi aniqlanmoqda (urishi tekis yoki notekis), yaxshi aniqlanmayapti, yoq;
ko‘z qorachig‘lari: kengaygan, toraygan.
Ma’lum konikmalarga ega bo‘lganda yordam ko‘rsatuvchi shaxs o‘zini yoqotib qoymasdan bir daqiqa ichida jabrlanganning holatini baholay bilishi va unga qanday tartibda va qaysi hajmda yordam ko‘rsatilishini belgilab olishi lozim.
Jabrlanganning xushi o‘zida yoki yo‘qligi qarab aniqlanadi. Bunga to‘la ishonch hosil qilish uchun jabrlanganning holatini o‘zidan so‘rash kerak.Ushbu chora tadbirlar majmuasi reanimatsiya (ya’ni jonlantirish) deb, chora tadbirlar esa reanimatsion chora tadbirlar deb ataladi.
Qimmatli vaqtni yo‘qotib jabrlanuvchini yechintirishning hojati yo‘q. SHuni esda tutish kerakki, yurak toxtagan vaqtdan 4 daqiqa o‘tmagan bo‘lsa jonlantirish muolajalari samara berishi mumkin, shuning uchun ham birinchi yordamni tez va imkoni boricha hodisa ro‘y bergan joyda ko‘rsatish kerak.
Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa yoki uning pulsi sezilmasa, uni o‘lgan deb hisoblab unga yordam ko‘rsatishdan bosh tortib bo‘lmaydi. Jabrlanuvchining o‘lgani haqidagi xulosani faqat tibbiyot xodimlari chiqarishi mumkin.
Jonlantirish harakatlarini boshlash bilan birga shifokor yoki tez yordamni chaqirish haqida ham o‘ylash kerak, faqat buni yordam ko‘rsatayotgan shaxs emas, balki boshqa shaxs qilishi lozim.
Jabrlanuvchi nafas olishining, qon aylanishining toxtash vaqti, sun’iy nafas oldirishni va yurakka tashqi massaj o‘tkazishni boshlash vaqtini, hamda reanimatsion chora tadbirlarning davomiyligini eslab qolish va ularni yetib kelgan tibbiyot xodimlariga ma’lum qilib yetkazish kerak.

  1. Sun’iy nafas oldirish va yurakka tashqi massajni o‘tkazish usullari

Sun’iy nafas oldirish. Sun’iy nafas oldirish jabrlanuvchi nafas olmayotganda yoki og‘ir (sekin, entikib) nafas olayotganida, hamda qanday: elektr toki ta’siri, zaharlanish, chokish va boshqa sabab bo‘lishidan qatiy nazar nafas olishi muntazam og‘irlashib borayotganda o‘tkaziladi.
Sun’iy nafas oldirishning eng samarali usuli bo‘lib «og‘izdan og‘izga» yoki «og‘izdan burunga» usuli hisoblanadi, bunda jabrlanuvchining o‘pkasiga yetarli hajmda havo yetkazib berilishi ta’minlanadi. «Og‘izdan og‘izga» yoki «og‘izdan burunga» usuli yordam ko‘rsatuvchi shaxs chiqarayotgan havoni majburan jabrlanuvchi havo yo‘llariga yuborilishiga asoslanadi, bunda fiziologik jihatdan ushbu yuborilayotgan havodan jabrlanuvchining nafas uchun foydalansa bo‘ladi. Havoni Doka» romolcha va h. orqali yuborsa bo‘ladi. Sun’iy nafas oldirishning ushbu usuli jabrlanuvchi o‘pkasiga havo kelishini nazorat qilish imkonini beradi, chunki kokrak qafasi havo puflanayotganda ko‘tarilishi va havo chiqarilganda pastga tushishini ko‘rish mumkin.
Sun’iy nafas oldirishni o‘tkazish uchun jabrlanuvchini chalqancha yotqizish, nafas olishni siqib turgan kiyimlarining tugmalarini yechib bo‘shatish va bexush chalqancha yotganda orqaga ketib qolgan til bilan yopilib qolgan yuqori nafas olish yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash lozim. Bundan tashqari, og‘iz bo‘shlig‘i ichida yot moddalar (qusuq moddalari, yechilib tushgan protezlar, agar odam cho‘kkan bo‘lsa, qum, balchiq, utlar va h.) bo‘lishi mumkin, ularni jabrlanuvchining boshini yon tomonga burib dastro‘mol (latta) yoki bint o‘ralgan ko‘rsatkich barmoq bilan olib tashlash kerak (19- rasm). SHundan so‘ng yordam ko‘rsatuvchi shaxs jabrlanuvchi boshining yon tomoniga joylashib, bir qulini uning boshini tagidan o‘tkazadi, ikkinchi qo‘lining kafti bilan jabrlanuvchining boshini imkoni boricha orqa ag‘darib peshonasini bosishi lozim. (20-rasm)




19-rasm. Ogiz va ogiz boshligini tozalash

20-rasm. Suniy nafas oldirish vaqtida jabrlanuvchi boshining holati

Bunda tilning asosi kotarilib halqumga kirish yolini ochib beradi, jabrlanuvchining og‘zi esa ochiladi. Yordam ko‘rsatuvchi shaxs jabrlanuvchining yuziga engashib, og‘zini ochib chuqur nafas oladi songra lablari bilan jabrlanuvchining og‘zini toliq yopib jabrlanuvchining og‘ziga havo yuborib tez nafas chiqaradi, shu bilan bir vaktda u jabrlanuvchining burnini yuzi bilan yoki peshonani ushlab turgan qolning barmoqlari bilan yopishi kerak (21-rasm)








21-rasm. Sun’iy nafas oldirishning «Og‘izdan-og‘izga» usuli

22-rasm. Sun’iy nafas oldirishning «Ogizdan-burunga» usuli

Bunda jabrlanuvchining ko‘tarilishi kerak bo‘lgan kokrak qafasini kuzatib turish lozim. Ko‘krak qafasi kotarilishi bilan havo puflash to‘xtatiladi, yordam ko‘rsatuvchi shaxs boshini kotarib, jabrlanuvchi asta sekin nafas chiqaradi. Nafas chiqarish yanada chuqurroq bo‘lishi uchun ko‘krak qafasini sekin bosgan holda jabrlanuvchining o‘pkasidan havo chiqishiga komaklashish mumkin. Agar jabrlanuvchining pulsi yaxshi aniqlanayotgan va unga faqat sun’iy nafas oldirish kerak bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish o‘rtasidagi vaqt oralig‘i 5 soniyani tashkil etishi kerak, bu bir daqiqada 12 marta nafas oldirishdan iboratdir.
Ko‘krak qafasi kengayishidan tashqari teri qatlamlarini va shillik pardalarning pushti rangga kirishi, hamda jabrlanuvchining behushlik holatidan chiqib o‘zi mustaqil nafas ola boshlashi, sun’iy nafas oldirish samaradorligini yaxshi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Sun’iy nafas oldirishni o‘tkazishda yordam ko‘rsatuvchi shaxs puflanayotgan havoning jabrlanuvchini oshqozoniga emas, balki opkasiga o‘tishini kuzatib turishi kerak. Qorinning shishishi havoning oshqozonga o‘tganidan dalolat beradi, bunda kokrak va kindik o‘rtasida qorin qo‘lning kafti bilan ehtiyotkorlik bilan asta sekin bosib eziladi. Bunda jabrlanuvchi qayt etishi mumkin, bunda uning og‘zi va haqumini tozalash uchun jabrlanuvchining boshi va yelkasini yon tomonga (yaxshisi chapga) burish kerak.
Agar jabrlanuvchining jag‘lari bir-biriga mahkam bosilgan bo‘lib uning og‘zini ochib bo‘lmasa, bu holda sun’iy nafas oldirishni «ogizdan-burunga» usuli bilan o‘tkazish kerak (22-rasm).
Jabrlanuvchi o‘zi mustaqil nafas ololmasa va uning pulsi aniqlanayotgan bo‘lsa, baxtsiz hodisa minoraning savatchasida, tayanchda yoki machtada ro‘y bergan bo‘lsa sun’iy nafas oldirishni o‘tirgan yoki turgan holatda o‘tkazish mumkin (23- va 24-rasm). Bunda jabrlanuvchining boshini imkoni boricha orqaga engashtiriladi yoki past jag‘i oldinga suriladi. Qolgan usullar xuddi oldingidek o‘tkaziladi.





2 4‑rasm.Ish joyida jabrlanuvchining turgan holatida sun’iy nafas oldirish

23‑rasm. Ish joyida jabrlanuvchining o‘tirgan holatida
sun’iy nafas oldirish

Kichkina bolalarga havoni puflaganda bir vaqtda o‘zining og‘zi bilan bolaning burnini ham yopib, ham og‘ziga ham burniga havo puflanadi (25-rasm). Bola qanchalik kichkina bo‘lsa, nafas olganida unga puflanadigan havo shunchalik kam bo‘lishi kerak va katta odamga nisbatan ko‘proq marta havo puflanishi lozim (bir daqiqada 15-18 marta). Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa katta odamning og‘iz bo‘shlig‘idagi havo yetarli bo‘ladi. SHuning uchun bolaning nafas olish yo‘llari shikastlanmasligi uchun unga havoni juda keskin emas va to‘liq bo‘l magan hajmda puflash kerak

2 5-rasm. Bolaga sun’iy nafas olish

Jabrlanuvchining o‘zi dastlabki sust nafas ola boshlashi bilan sun’iy nafas oldirishdagi havoni, o‘zi nafas olayotgan vaqtda puflash lozim. Jabrlanuvchi yetarli darajada chuqur va bir maromda mustaqil nafas olganidan song unga sun’iy nafas oldirish toxtatiladi. Jabrlanuvchi nafas olmasa va uning

uyqu arteriyasida puls aniqlanmasa, bu holda sun’iy nafas oldirish uchun ikki marta havo puflanadi va yurakka tashqi massaj o‘tkazishni boshlash kerak.
Yurakka tashqi massaj o‘tkazish-Jabrlanuvchi nafas olmasa va uning uyqu arteriyasida puls aniqlanmasa unga yordam ko‘rsatayotganda faqat sun’iy nafas oldirishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi, chunki o‘pkadagi kislorod qon bilan boshqa organlar va to‘qimalarga o‘ta olmaydi. Bu holda sun’iy ravishda qon aylanishini tiklash kerak, buning uchun yurakka tashqi massaj o‘tkazish lozim.
Odamning yuragi ko‘krak qafasida tush suyagi va umurtqa pogonasi o‘rtasida joylashgan bo‘ladi. Tush suyagi harakatchan yassi suyakdir. Odam chalqancha (qattiq sirtda) yotganida umurtqa pogonasi harakatsiz qattiq asos bo‘lib qoladi. Agar tush suyagi bosilsa, yurak tush suyagi va umurtqa qon tomirlarga siqib chiqariladi. Agar to‘sh suyagiga ilqib‑ilqib bosilsa, yurakdagi qonning siqib chiqarilishi huddi yurak tabiiy qisqarganida chiqqanidek o‘lchash bo‘ladi. Bu yurakka tashqi( bilvosita, yopiq) massaj o‘tkazish deb ataladi, bunda qon aylanishi sun’iy ravishda tiklanadi. SHunday qilib, sun’iy nafas oldirish yurakka tashqi massaj otkazish bilan birgalikda amalga oshirilsa, nafas olish va qon aylanish funksiyalari amalga oshiriladi.
Quyidagi: teri qatlamlarining oqarib yoki ko‘karib ketishi, hushini yo‘qotishi, uyqu arteriyalarida pulsning aniqlanmasligi, nafas olishning to‘xtab qolishi yoki entikib, to‘xtab-to‘xtab nafas olish alomatlarining birgalikdagi ko‘rinishi yurak faoliyatining to‘xtab qolganidan dalolat beradi va reanimatsion choro-tadbirlarning amalga oshirilishini taqozo etadi.
Agar bitta odam yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa,u jabrlanuvchining yon tomoniga o‘rnashib oladi va engashib ikki marta (“og‘izdan-og‘izga” “og‘izdan-burunga” usuli bilan) tez havo puflaydi, so‘ngra qaddini rostlab, jabrlanuvchining shu tomonida qolib, bitta qo‘lining kaftini to‘sh suyagining pastki yarmiga, tagidagi uchidan ikki barmoq yuqoriroqqa qo‘yadi (26‑ va 27‑rasm), barmoqlarini esa sal ko‘taradi. Ikkinchi qo‘lining kaftini birinchi kaftining ustiga ko‘ndalang yoki uzunasiga qilib qo‘yib, engashgan gavdasi bilan yordam bergan holda bosadi. Bosganda qo‘llar tirsak bo‘g‘imlarida to‘g‘ri bo‘lishi kerak.







26‑rasm. Yurakka massajni o‘tkazishda qo‘llar turishi kerak bo‘lgan joy

27‑rasm. Yurakka tashqi massajni o‘tkazishda yordam ko‘rsatuvchi shaxs turishi kerak bo‘lgan joy

Bosganda tez‑tez shunday siltab bosish kerakki, to‘sh suyagi 4-5 sm ga surilishi, bosim davomiyligi 0,5 soniyadan oshmasligi, alohida bosishlar oralig‘i ham 0,5 soniyadan oshmasligi kerak. Bosimlar oralig‘ida qo‘llar to‘sh suyagidan olinmaydi (agar ikki kishi yordam berayotgan bo‘lsa) barmoqlar ko‘tarilgan holatda bo‘lishi, qo‘llar tirsak bo‘g‘imlarida to‘liq to‘g‘rilangan bo‘lishi lozim.
Agar jonlantirishni bitta odam o‘tkazayotgan bo‘lsa (28‑rasm), har ikki marta chuqur havo puflaganida to‘sh suyagini 15 marta bosishi kerak, so‘ngra yana ikki marta havo puflanadi va yana 15 marta to‘sh suyagini bosish kerak va h. Bir daqiqa ichida to‘sh suyugini kamida 60 marta bosish va 12 marta havo puflash, ya’ni 72 muolajani bajarish lozim, shuning uchun reanimatsion chora tadbirlarning sur’ati yuqori bo‘lishi kerak. Tajribaning ko‘rsatishicha, sun’iy nafas oldirishga koproq vaqt sarflanadi. Havoni puflashda jabrlanuvchining Ko‘krak qafasi kengayishi bilan, havo puflashni toxtatish lozim.






28‑rasm. Sun’iy nafas oldirish va yurakka tashki massajni bir kishi tomonidan o‘tkazilishi
Reanimatsion chora tadbirlar ikki kishi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa (29-rasm), «nafas oldirish - massaj qilish» nisbati 1:5 ni tashkil qiladi, ya’ni bitta chuqur havo puflanganidan song Ko‘krak qafasi besh marta bosilishi kerak. Jabrlanuvchiga sun’iy nafas oldirish vaqtida yurakka massaj qilayotgan kishi ko‘krak qafasini bosmay turadi, chunki ko‘krak qafasi bosilganidagi harakatlar havo puflanishidan kuchliroq bo‘ladi (havo puflanishida ko‘krak qafasining bosilishi sun’iy nafas oldirishni va demak reanimatsion chora-tadbirlarni samarasiz qilib qoyadi). Reanimatsion chora-tadbirlar ikki kishi tomonidan o‘tkazilayotganda yordam ko‘rsatuvchi shaxslar har 10-15 daqiqada orin almashib turishi maqsadga muvofiqdir.






29‑rasm. Sun’iy nafas oldirish va yurakka tashki massajni ikki kishi tomonidan o‘tkazilishi
Yurakka tashqi massaj togri bajarilganda tush suyagining har bosilishida arteriyalarda puls paydo bo‘lishiga olib keladi.
Yordam ko‘rsatuvchi shaxslar yurakka tashqi massajni tog‘ri va samarali o‘tkazilayotganligini uyqu va son arteriyalarida pulsning paydo bo‘lishi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turishlari lozim. Jonlantirish bir kishi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, u har 2 daqiqada uyqu arteriyasidagi pulsni aniqlash uchun yurakka massaj qilishni 2-3 soniyaga toxtatib turishi lozim (17-rasm). Agar jonlantirish ikki kishi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, uyqu arteriyasidagi puls sun’iy nafas oldirishni o‘tkazayotgan shaxs tomonidan nazorat qilinadi. Massaj qilish vaqtidagi tanaffusda pulsning paydo bo‘lishi yurak faoliyatining (qon aylanishining) tiklanganligidan dalolat beradi. Bunda yurakka massaj qilish­ni darxol to‘htatish, ammo sun’iy nafas oldirishni, jabrlanuvchi o‘zi barqaror mustaqil nafas olishiga qadar davom ettirish kerak. Puls paydo bo‘lmagan taqdirda yurakka massaj qilishni davom ettirish lozim.
Sun’iy nafas oldirish va yurakka tashki massaj o‘tkazishni jabrlanuvchi o‘zi mustaqil nafas olishi va yurak faoliyati tiklanishiga qadar yoki uni tibbiyot xodimlari qaramog‘iga o‘tkazilishiga qadar amalga oshirish lozim.
Agar reanimatsion chora tadbirlar samarali o‘tkazilsa (tush suyagi bosilganda yirik arteriyalarda puls aniqlansa, ko‘z qorachiglari toraysa, teri qatlamlarining va shilliq pardalarining kukarganligi kamaysa), jabrlanuvchida nafas olish va yurak faoliyati tiklanadi.
Organizm jonlanishining (mustaqil nafas olishi, ko‘z qorachig‘larining torayishi, jabrlanuvchi qol oyoqlarini qimirlatishga harakat qilishi va boshqa) alomatlari paydo bo‘lib, uzoq vaqt davomida puls aniqlanmasa, bu yurak fibrillyasiyasidan dalolat beradi. Bu hollarda tibbiyot xodimlari qaramog‘iga topshirilishiga qadar jabrlanuvchiga sun’iy nafas oldirish va yuragiga massaj qilish muolajalarini davom ettirish zarur.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga o‘tkaziladigan reanimatsion chora tadbirlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bir yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yurak massaji bir qolda o‘tkaziladi (30-rasm) va bolaning yoshiga qarab ko‘krak qafasi bir daqiqada 70dan 100 martagacha bosiladi, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga ikkita (ko‘rsatkich va bosh) barmoq yoki bolaning tanasini qolgan barmoqlar bilan quchoqlab olib ikkala qo‘lning bosh barmoqlari bilan to‘sh suyagining o‘rtasiga bir daqiqida 100 dan 120 martagacha bosiladi(31‑rasm).








30-rasm. Birdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yurak massajini o‘tkazish



31-rasm. Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlaga yurak massajini o‘tkazish



Download 17,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish