O‘zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti



Download 17,64 Mb.
bet37/114
Sana09.07.2022
Hajmi17,64 Mb.
#764509
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114
Bog'liq
УМК узб

Jabrlanuvchini jaroxatlovchi omillarning ta’siridan xalos etish;

3. Sun’iy nafas oldirish va yurakka tashqi massajni otkazish usullari;
4. Sinov savollari.

Baxtsiz hodisalar, odatda, turli xil jaroxatlar bilan yo‘z berishi ko‘zatiladi. Jaroxat (grekcha «Trauma» so‘zidan olingan) - tashqi omillar ta’sirida yo‘z beradigan inson organizmi yumshoq toqimalarining shikastlanishi va ularning butunligi va funksiyalarini bo‘zilishidir.
Darhol shifokordan oldin korsatilgan yordam jabrlangan insonni og‘ir oqibatlardan saqlab qolishi mumkin.

  1. SHifokordan oldingi yordam (bundan keyin - birinchi yordam) - bu baxtsiz hodisada jabrlangan kishining hayoti va soglig‘ini tiklash yoki saqlashga qaratilgan chora tadbirlar majmuasi. Bunday yordamni, tibbiy xodim yetib kelishiga qadar, jabrlangan kishining yonida bolganlar (ozaro yordam) yoki jabrlangan kishining ozi (oziga yordam) korsatishi kerak.

Jabrlanganning hayoti va odatda keyingi davolanishining muvaffaqiyati birinchi yordamning qanchalik tez va moxirona ko‘rsatilishiga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun ham har bir odam birinchi yordam korsatishni bilishi va jabrlanganlarga hamda oziga birinchi yordam ko‘rsata olishi kerak.
Jabrlangan kishida nafas olish yoki puls urishi singari tirikligini bildiruvchi alomatlar bolmasa uni olgan deb hisoblash va unga yordam korsatishdan bosh tortib bolmaydi, jabrlangan kishini hushiga keltirish va unga yordam korsatishning maqsadga muvofiqligi masalasini va uning o‘lganligi haqidagi xulosani berishga faqat shifokorgina hal qilish huquqiga egadir.
Elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatishda elektr tokidan jaroxatlanganlarga o‘z vaqtida birinchi yordam ko‘rsatilishi ayniqsa muhimdir.
Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarda ishlovchi barcha xodimlar kasb bo‘yicha o‘qitilishi bilan bir qatorda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlardan otishlari hamda vaqti-vaqti bilan birinchi yordam ko‘rsatish usullari bo‘yicha yoriqnomaviy mashg‘ulotlardan otishlari lozim. Mashg‘ulotlarni tibbiy xodimlar jumlasidan bo‘lgan puxta bilimlarga ega xizmatchilar bilan birgalikda korxonaning (tashkilotning) muxandis-texnik xodimlari otishlari kerak.
Korxonaning har bir xodimi o‘zining kasbiy vazifalarini qanday moxirona bajarsa, birinchi yordamni xam shunday ko‘rsata bilishi kerak, shuning uchun ham kasbiy mahoratga va shifokordan oldin yordam ko‘rsatishni bilishga qoyiladigan talablar bir xil bolishi lozim.
Birinchi yordam oz vaqtida ko‘rsatilishi va samarali bolishi uchun doimiy navbatchilik joylarida quyidagilar bolishi kerak: birinchi yordam ko‘rsatish uchun kerakli dori darmonlar va tibbiy buyumlar toplami solingan tibbiy yordam qutichalari (yoki korxona hududidan tashqarida ishlanganda brigadirlarda turadigan birinchi yordam xaltalari);
korinadigan joylarda osiladigan baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, sun’iy nafas oldirish va yurakka tashqi massaj qilish usullari tasvirlangan plakatlar;
birinchi yordam qutichalarini va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarini topishni osonlashtiruvchi ko‘rsatkich taxtachalari va belgilari. Ishlar begona tashkilotlarning xodimlari tomonidan bajarilganda ushbu tashkilotlarning xodimlariga birinchi yordam qutichalari turgan va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari joylashgan joylar ma’lum qilinishi kerak.
Birinchi yordam ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil etilishi uchun har bir korxonada, sexda, tumanda, tarmoq uchastkasida quyidagi chora tadbirlar bajarilishi lozim:
zimmasiga birinchi yordam qutichasi va xaltalarini muntazam to‘ldirib turish va ulardagi dori darmonlar va tibbiy buyumlarning tegishli holatda saqlanishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan xizmatchilarni ajratish;
birinchi yordamning to‘g‘ri ko‘rsatilishi va jabrlangan kishini tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga o‘z vaqtida va albatta yo‘naltirilishi, hamda birinchi yordam qutichalari va xaltalarini quyidagi jadvalda keltirilgan kerakli dori darmonlar va tibbiy buyumlar bilan muntazam to‘ldirib turilishi ustidan muntazam va qat’iy nazoratni tashkil etish.
Jadval
Birinchi yordam qutichalarining tarkibi

Dori-darmonlar va tibbiy buyumlar

Maqsadi

Miqdori




1. Bog‘lash paketi

Bog‘ichlarni bog‘lash uchun

5 dona




2. Steril bint

- «-

Dona




Z.Gigroskopik, klinik, jarrohlik paxtasi

-«-

50 grammlik 5 oram




4. Jgut

Qon oqishini toxtatish uchun

1 dona




5. SHinalar

Singan, chikkan kul-oyoklarni maxkamlab qo‘yish uchun

3-4 dona




6. Muz uchun rezina xalta (grelka)

Lat egan, singan chiqqan joylarni sovitish uchun



1 dona




7. Stakan

Dorilarni ichish, ko‘z va oshkoqozonni yuvish va eritmalarni tayyorlash uchun

1 dona




8. CHoy koshigi

Eritmalarni tayyorlash uchun

1 dona




9. Yod (5 foizli spirtli eritmasi)

Yaralar, terining yangi shilingan, tirnalgan joylari atrofidagi to‘qimalarga surish uchun



1 flakon (50 ml)




10. Nashatir spirti (10 foizli ammiak eritmasi)

Xushsizlik holatda qollash uchun

1 flakon (30 ml)




11. Bor kislotasi

Ishqordan kuyganda ko‘z va terini yuvish, og‘izni chayish, volt yoyidan kuyganda ko‘zga hollab qoyishga eritma tayyorlash uchun

1 paket (25 g.)




12. Ichimlik sodasi (natriy gidrokarbonat yoki natriy ikki oksidi)

Kislotadan kuyganda ko‘z va terini yuvish, ogizni chayishga eritma tayyorlash uchun

1 paket (25 g.)

13. Vodorod peroksidi eritmasi (3 foizli)

Burundan, katta bo‘lmagan yaralar va shilingan joylardan qon oqishini toxtatish uchun

1 flakon (50 ml)

14. Valeriana nastoykasi

Asab tizimini tinchlantirish uchun

1 flakon (30 ml)

15. Achchiq tuz (ingliz)

Oziq-ovqatdan va boshqa zahar- lanishlarda ichish uchun

50 g.

16. Aktivlashtirilgan komir (kukun)

Oziq-ovqatdan va boshka zahar- lanishlarda ichish uchun

50 g.

17. Kaliy permanganat (kristallar)

Oziq-ovqatdan va boshqa zahar- lanishlarda ichish uchun

10 g.

18. Validol yoki nitroglitserin

Yurak atrofida kuchli ogriqlarda til ostiga olish uchun

1 tyubik

19. Amidopirin, analgin (tabletkalar)

Issiqni tushiruvchi va og‘riqni kamaytiruvchi vosita sifatida ichish uchun

2 uram

Izoh:
1. Ichimlik sodasi va bor kislotasining eritmalari faqat ishqor va kislotalar bilan ishlanadigan ish joylari uchun ko‘zda tutiladi.

  1. Zaharli gazlar va moddalar bilan zaharlanish mumkin bo‘lgan sexlar va laboratoriyalarda birinchi yordam qutichasining tarkibi tegishlicha to‘ldirilishi kerak.

  1. Birinchi yordam xaltalari uchun vositalar to‘plamiga shinalar, muz uchun rezina xaltasi, stakan, choy qoshig‘i, bor kislotasi va ichimlik sodasi kiritilmaydi. Birinchi yordam xaltalari uchun, qolgan pozitsiyalar ro‘yxatda ko‘rsatilgani bo‘yicha 50 foiz miqdorida kiritiladi.

  1. Yoz davrida hasharot chaqishi mumkin bo‘lgan ishlash joylarida birinchi yordam qutichalarida (xaltalarida) dimedrol (1 o‘ram) va kordiamin (1 flakon) bo‘lishi kerak.

  2. Birinchi yordam qutichasining ichki devorida qaysi dori vositalari qanday jaroxatlarda qo‘llanilishi (masalan, burundan qon oqishida - 3 foizli vodorod peroksidi va h.) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Yordam ko‘rsatayotgan shaxs inson organizmini hayotiy muhim funksiyalari buzilishining asosiy alomatlarini bilishi, va shuningdek jabrlanganni xavfli va zararli omillar ta’siridan xalos etishni, jabrlanganning holatini baholashni, ko‘rsatilayotgan birinchi yordamning ketma-ketligini belgilashni, zarur bo‘lganda jabrlanganga yordam ko‘rsatayotganda va transportirovka qilishda qo‘l keladigan mavjud vositalardan foydalanishni bilishi shart.
Jabrlanganga birinchi yordamni ko‘rsatishda amalga oshiriladigan harakatlarning ketma-ketligi:

  1. jabrlanganing organizmiga xavfli va zararli omillar ta’sirini (elektr tokining ta’siridan xalos etish, zararlangan muhitdan olib chiqish, yonayotgan kiyimlarini o‘chirish, suvdan chiqarib olish va x.) bartaraf qilish;

  1. jabrlanganning holatini baholash;

  1. jabrlanuvchini hayoti uchun eng kop xavf solayotgan jaroxatning xususiyatlarini va uni qutqarish bo‘yicha qilinadigan harakatlarning ketma-ketligini aniqlash;

  2. jabrlanuvchini qutqarish bo‘yicha zarur choratadbirlarni eng kerakligi tartibida bajarish (nafas yollari ugkazuvchanligini tiklash; sun’iy nafas, yurakning tashqi massaji muolajalarini o‘tkazish; qon oqishini to‘xtatish; singan joylarni qimirlamaydigan qilib mahkamlab qoyish; bog‘lamalar kuyish va x.):

  3. tibbiyot xodimlari yetib kelishiga qadar jabrlanuvchining asosiy hayotiy funksiyalarini saqlab turish;

  4. tez tibbiy yordam yoki shifokorni chaqirish yoxud jabrlanuvchini eng yaqin tibbiyot muassasiga yetkazish choralarini ko‘rish.

Hodisa roy bergan joyga tibbiyot xodimlarini chaqirish imkoni bolmasa, jabrlanuvchini eng yaqin tibbiyot muassasiga yetkazish choralari ta’minlanishi kerak. Jabrlanuvchini faqat nafasi va pulsi barqaror bo‘lganda joydan-joyga kochirib otkazish mumkin.
Agar jabrlanuvchining holatiga kora uni kochirib bo‘lmasa, tibbiyot xodimlari yetib kelishiga qadar jabrlanuvchining asosiy hayotiy funksiyalarini saqlab turish lozim.



  1. Jabrlanuvchini jaroxatlovchi omillarning ta’siridan xalos etish

Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish uni jaroxatlovchi omillarning ta’siridan xalos etish vaqtidan boshlanadi: elektr uskunasini ochirish, tok o‘tkazuvchi qismlardan kuchlanishni uzish yoki jabrlanuvchini undan ajratib olish; jabrlanuvchini qadam kuchlanishi maydonidan olib chiqish va boshqalar; suvdan tortib olish; xavfli (gazlangan, changlangan, havoning harorati oshgan yoki pasaygan va x.) zonadan olib chiqish; ishlab chiqarish uskunalarini, harakatdagi mashinalar va mexanizmlarni toxtatish; bug yoki suvni ochirish; yonayotgan kiyimlarni ochirish va boshqalar. Bunda yordam ko‘rsatayotgan shaxsning o‘zi ham, tegishli himoya vositalaridan foydalangan holda, o‘zini shu jaroxatlovchi omillarning ta’siridan saqlashi lozim.
Elektr tokining ta’siridan ozod qilish.
Elektr toki urganda jabrlanuvchini imkoni boricha tezroq elektr toki ta’siridan xalos etish lozim, chunki elektr tokining ta’siri qancha kop bolsa, organizmdagi elektr jaroxati shunchalik og‘irroq boladi.
Kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ketish, kop hollarda mushaklarning ixtiyoriy bolmagan ravishda qisqarishiga va nafas olish va qon aylanish organlari faoliyatining buzilishi yoki umuman to‘xtab qolishiga olib keluvchi holatga sabab bolishi mumkin. Agar jabrlanuvchi simni qo‘lida ushlab turgan bo‘lsa, uning barmoqlari shunday qattiq qisiladiki, simni uning qo‘llaridan boshatib bo‘lmaydi. SHuning uchun yordam beruvchining birinchi harakati elektr uskunasining jabrlanuvchi tegib turgan qismini tezroq o‘chirishdan iborat bo‘lishi kerak.
Elektr uskunasini uzgich, rubilnik yoki boshqa o‘chiruvchi apparat yordamida (1-rasm), hamda saqlagichlarni olib qo‘yish, shtepsel ulamasini ajratish, havo liniyasiga sim tashlab sun’iy qisqa tutashuv hosil qilish yo‘li bilan o‘chirish mumkin.

1-rasm. Elektr uskunalarini o‘chirish yuli bilan jabrlanganni tok ta’siridan ozod qilish



Agar jabrlanuvchi tepada turgan bo‘lsa, uskunani o‘chirilishi va shu tariqa jabrlanuvchini tok ta’siridan xalos etilishi, uning balandlikdan yiqilib tushishga olib keladi. Bu holda qoshimcha jaroxatlarning oldini olish choralarini korish kerak. HLning tayanchlaridan jabrlanuchini tushirish tartibi mazkur yuriqnomaning ilovasida tavsiya qilingan.

Uskunani o‘chirish bilan bir vaqtda elektr chirog‘i ham ochib qolishi mumkin, shuning uchun kunduzgi yoritish bo‘lmaganda , elektr uskunaning o‘chirilishi va jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatilishini kechiktirmasdan,boshqa manbadan yoritish (xonaning portlash va yong‘in xavfsizligini e’tiborga olib avariyaviy yoritish, akkumulyatorli fonarlar va h) ta’minlanishi kerak.



2 -rasm. 1000 V gacha kuchlanishli elektr uskunalarida simni yog‘och bilan olib tashlash yo‘li bilan jabrlanuvchini tok ta’siridan ozod qilish

Agar elektr uskunani tezlik bilan o‘chirish imkoni bo‘lmasa, bu holda jabrlanuvchini u tegib turgan tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratish choralari korilishi kerak. Bunda yordam beruvchi shaxs, barcha hollarda, ehtiyot choralarini kormasdan jabrlanuvchiga tegib ketishi mumkin emas, chunki bu uning hayoti uchun xavflidir. Xuddi shuningdek, u tokning yerga tutashuv joyida o‘tkazuvchi qismga o‘zi tegib ketmaslik

yoki qadam kuchlanishi ta’siriga tushmaslikni nazorat qilib turishi kerak.
1000 V gacha kuchlanishda jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan yoki simdan ajratish uchun kanop, yog‘och, taxta yoki elektr tokini o‘tkazmaydigan boshka quruq jismdan foydalanish kerak (2-rasm). Jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan kiyimidan tortib (kiyimi quruq va badaniga yopishmagan bo‘lsa), masalan kamzul yoki paltosining etagidan, yoqasidan tortib ajratish mumkin, bunda uning atrofidagi metall buyumlar yoki jabrlanuvchi badanining kiyimsiz joylariga tegib ketmaslik kerak (3-rasm). Jabrlanuvchini oyog‘idan tortib ham chetga olib qo‘yish mumkin, bundan yordam beruvchi o‘z qo‘llarini izolyatsiya qilmasdan turib, jabrlanuvchining kiyimiga yoki poyafzaliga tegishi mumkin emas, chunki ular nam bo‘lishi va elektr tokini o‘tkazishi mumkin. Qo‘llarini izolyatsiya qilish uchun yordam beruvchi, ayniqsa u jabrlanuvchi badanining kiyim tegmagan joylaridan ushlashi kerak bo‘lganda, yordam beruvchi shaxs dielektrik qo‘lqoplar kiyishi yoki qo‘liga sharf o‘rashi, qo‘liga movut furajkani, kamzuli yoki paltoning yengini kiyib olishi, jabrlanuvchining ustiga rezina gilamchani, rezinali mato (plashch) yoki oddiy quruq matoni

3-rasm. 1000 V gacha kuchlanishli elektr uskunalarida jabrlanuvchini quruq kiyimidan tortib tok ta’siridan ozod qilish

tashlashi kerak. Jabrlanuvchini oyog‘idan tortib ham chetga olib qo‘yish mumkin, bundan yordam beruvchio‘z qo‘llarini izolyatsiya qilmasdan turib, jabrlanuvchining kiyimiga yoki poyafzaliga tegishi mumkin emas, chunki ular nam bo‘lishi va elektr tokini o‘tkazishi mumkin. Qo‘llarini izolyasiya qilish uchun yordam beruvchi, ayniqsa u jabrlanuvchi badanining kiyim tegmagan joylaridan ushlashi kerak bo‘lganda, yordam beruvchi shaxs

dielektrik qo‘lqoplar kiyishi yoki qo‘liga sharf o‘rashi, qo‘liga movut furajkani, kamzuli yoki paltoning engini kiyib olishi, jabrlanuvchining ustiga rezina gilamchani, rezinali mato (plashch) yoki oddiy quruq matoni tashlashi kerak. SHuningdek, yordam ko‘rsatuvchi shaxs rezina gilamcha, quruq taxta yoki elektr tokini o‘tkazmaydigan har qanday taglik, quruq kiyimlar o‘rami va x. ustiga turib o‘zini izolyatsiya qilishi mumkin. Jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratishda bir qo‘l bilan harakat qilish lozim (4-rasm).
Agar elektr toki jabrlanuvchi orqali yerga o‘tib ketayotgan bo‘lsa va u tok o‘tkazuvchi element (masalan, simni) talvasada qo‘lida mahkam ushlab olgan bo‘lsa, eng osoni jabrlanuvchini yerdan ajratgan holda (uning tagiga quruq taxta tikib yoki uning oyog‘ini arqon yoki kiyimi yordamida yerdan uzib qo‘yish) tokning ta’sirini to‘xtatish mumkin, bunda yordam ko‘rsatuvchi shaxs o‘ziga nisbatan ham jabrlanuvchiga nisbatan ham yuqorida ko‘rsatilgan ehtiyot choralarini ko‘rishi kerak. SHuningdek simni yog‘och dastagi quruq bo‘lgan bolta bilan (5-rasm) yoki dastagi izolyatsiyalangan asboblardan (ombor, yassi jag‘li ombirdan) foydalangan holda uzish mumkin. Dastagi izolyatsiyalanmagan asbobning dastagiga quruq mato o‘rab xam foydalanish mumkin.

4-rasm. Jabrlanuvchini 1000 V gacha kuchlanishli tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratish



5-rasm. 1000 V gacha kuchlanishli elektr uskunalarida simlarni o‘zish yuli bilan jabrlanuvchini tok ta’siridan ozod qilish



Simlarni fazalar bo‘yicha, ya’ni har bir fazani alohida uzish lozim, bunda odam o‘zini yerdan izolyatsiyalashi (quruq taxtalar, yogoch narvon v ax. ustida turishi ) kerak.
1000 V dan yuqori kuchlanishda jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratish uchun himoya vositalaridan: dielektrik qolqoplar va botiklar kiyish va tegishli kuchlanishga moljallangan shtanga yoki izolyasiyalangan ombirlardan foydalanish lozim. (6-rasm).
6-20 kv li elektr uzatish havo liniyalarida, ularni tezlik bilan ta’minlash manbai tomonidan uzish mumkin bo‘lmasa, XLni o‘chirish uchun sun’iy ravishda qisqa tutashuv hosil qilish kerak. Buning uchun XL simlariga izolyasiyalanmagan egiluvchan simni tashlash lozim. Tashlanayotgan sim, u orqali qisqa tutashuv toki o‘tayotganida, kuyib ketmasligi uchun yetarlicha kesimga ega bo‘lishi shart. Sim tashlanishidan oldin, uning bir uchi yerga ulanishi (metall tayanchga,yerga ulovchi tushirgich yoki alohida yerga ulagich va boshqalarga ulanishi) kerak, ikkinchi uchiga esa tashlaganda qulay bo‘lishi uchun mumkin qadar yuk osilishi lozim. Simni shunday tashlash kerakki, u odamlarga, shu jumladan yordam ko‘rsatuvchi shaxsga ham jabrlanuvchiga ham tegib ketmasligi kerak. Simni tashlayotganda dielektrik qo‘lqoplarni va botiklarni kiyib olish shart

6-rasm. 1000 V gacha kuchlanishli elektr uskunalarida izolyasiyalaydigan shtanga yordamida sim- larni chetga olish yuli bilan jabrlanuvchini tok ta’siridan ozod qilish

Yordam kosatuvchi shaxs, agar tok o‘tkazuvchi qism (sim va h.) yerda yotgan bo‘lsa qadam kuchlanishi xavfini esda tutishi kerak. Bu zonada ayniqsa ehtiyotkorlik bilan, yerdan izolyatsiya bo‘lishi uchun himoya vositalari (dielektrik kalishlar, botiklar, gilamchalar, izolyatsiyalovchi tagliklar) va elektr tokini yomon o‘tkazadigan (quruq yog‘ochlar, xodalar va h.) jism- lardan foydalangan holda harakat qilish lozim. Yerga tutashuv tokining yoyilishi zonasida himoya

vositalarisiz harakat qilganda, oyoqlarni bir-biridan uzmay yerda surib yurish kerak
(7-rasm).




Jabrlanuvchi tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratilgandan keyin uni shu zonadan tok o‘tkazuvchi qismdan (simdan) kamida 8 metr masofaga olib chiqish lozim.



Jabrlanganga birinchi yordam ko‘rsatish usullari


Birinchi yordam ko‘rsatish usullari jabrlangan odamning holatiga bog‘liqdir. Jabrlangan odam sog‘ligining holatini quyidagi alomatlar bo‘yicha aniqlash mumkin:
es-xushi: aniq, yoki buzilgan (jabrlanganning harakatlari susaygan yoki hayajonlangan);
teri qatlamlarining va ko‘rinadigan shilliq (lab, ko‘z) pardalarining rangi: pushti, ko‘kargan, oqarib ketgan;
nafas olishi: bir maromda, yoki buzilgan (noto‘g‘ri, sirtqi, xirillagan);

Download 17,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish