KOMMUTATSION APPARATLAR VA KOMPLEKT TAQSIMLOVCHI USKUNLLAR
Uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlarda brigadani ishlashga ijozat berishdan oldin:
- yordamchi elektr zanjirlari (boshqaruv, signalizatsiya, isitgich va boshqalar) va yuritmalarning kuch zanjirlari elektr tarmog‘idan o‘chirilishi shart.
- o‘chirgich baklari va havo yuboruvchi quvurlardagi zadvijkalar yopilishi va ulardagi havo atmosferaga chiqarib yuborilishi, bunda havo chiqaruvchi probkalar (klapanlar) ochiq holda qoldirilishi shart.
- o‘chirgichlarni elektr tarmog‘iga ulovchi yuki yoki ulovchi prujinalar ishsiz holatga keltirilishi shart.
- uzoqdan boshqariladigan kommugatsion apparatlarning kalitlariga «YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!», yopilgan zadvijkalarga esa «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar osib qo‘yilishi shart.
Kommutatsion apparatlarni sozlash va tartibga solish mobaynida sinab ko‘rish uchun privodlarning yordamchi kuch zanjirlarini vaqtinchalik ulash, shuningdek o‘chirgichga va yuritmasiga havo yuborishga ruxsat beriladi. Bunda «YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!» va «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar olib qo‘yiladi.
Kommutatsion apparatlarni sinab ko‘rish uchun uzoqdan boshqarib yoqish va o‘chirishni navbatchi xodim ruxsati bilan sozlash va tartibga solishni bajaruvchi ishchi amalga oshirishi mumkin.
Mahalliy navbatchisi bo‘lmagan elektr uskunalarida bunday ruxsatnoma talab qilinmaydi.
Kommutatsion apparatlarning ishlashi sinab ko‘rilgandan keyin, navbatchi yoki ishboshchi tarafidan ishni davom ettirish zarur bo‘lsa (apparatni uzoqdan boshqarib o‘chirib yoqqan shaxslar uchun) 10.1.-banddagi talablar bajarilishi shart.
Ishchi bosim ostida bo‘lgan havo o‘chirgichlarga faqat sinash va sozlash ishlari bajarilayotganda (dempferlar ishlashini tartibga solish, tebranish grafigini olish, o‘lchov asboblarining simlarini ulash yoki bo‘shatib ajratish, havo siljiyotgan joyni aniqlash va shunga o‘xshash ishlar uchun) ko‘tarilishga ruxsat etiladi.
Ishchi bosim ostida turgan va havo bilan to‘ldiriladigan uzgichli o‘chirilgan havo o‘chirgichlariga ko‘tarilish man qilinadi.
Havo o‘chirgichlarini nam o‘tkazmaslik qobiliyatini (zichligini) tekshirish, kam bosim ostida, zavod (korxona) yo‘riqnomasiga muvofiq bajarilishi zarur.
Sinash va sozlash uchun havo o‘chirgichlariga ko‘tarilishdan oldin:
- boshqaruv zanjirlarini o‘chirish;
- mahalliy boshqaruv tugmachasi va ishga tushirish klapanlari blokirovka qilinishi (masalan, havo o‘tkazuvchi trubkalarni uzish, shkaflarni yopish va shunga o‘xshash) yoki ishboshchi ko‘rsatmasiga asosan o‘chirgich bilan o‘chirish-yoqishni bajaradigan aniq bir ishchini o‘chirgichda ishlashiga ijozat beruvchi yo‘riqnoma olgan brigada a’zosini o‘chirgich oldiga qo‘yish zarur.
Bosim ostida bo‘lgan havo o‘chirgichlarida odamlar bo‘lgan paytda boshqarish va taqsimlovchi shkaflarda hamma ishlar to‘xtatilishi shart.
O‘chirgichlarni tekshirish, sozlash va sinash paytida o‘chirish va yoqish vaqtida xodimlarni havo o‘chirgichlari yaqinida turishlari man qilinadi. Sinash va sozlash ishlarini bajaruvchi ishboshchi (yoki u tomonidan tayinlangan brigada a’zosi) havo o‘chirgichini ulash va o‘chirish uchun og‘zaki buyruqni, brigada a’zolari o‘chirgich oldidan pana joyga yoki xavfsiz masofaga chiqarilgandan keyingina, berishi shart.
Xodimlarni havo yig‘uvchi idishlar ichiga tushib bajarishi bilan bog‘liq ishlarga ijozat berishda, quyidagilarga rioya qilish zarur:
- havo yuborilishi mumkin bo‘lgan quvurlarning zadvijkalari yopilib, kalit bilan qulflanishi va zadvijkalarga «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar osilishi kerak;
- havo yig‘uvchi idish ichidagi bosim ostida bo‘lgan havoni tashqariga chiqarilib, havo chiqaruvchi probkalar (klapanlar) ochiq holda qoldirilishi shart;
- havo yig‘uvchi idishdan havo yuboruvchi quvur ajratilishi va unga qopqoq (zaglushka) qo‘yilishi shart.
Havo yig‘uvchi idishlar va o‘chirgich baklaridagi bosimni o‘lchovchi manometrlarning nol ko‘rsatishi, ulardagi havo bosim ostida emasligini bildirmaydi. Baklar va havo yig‘uvchi idishlarni ichiga tushish uchun mo‘ljallangan teshik qopqogidagi gayka va boltlarini bo‘shatib ochishdan oldin undagi bosim ostida bo‘lgan havoni havo chiqaruvchi probkalar (klapanlar) yoki zadvijkalar ochiqligiga va haqiqatan ham havo yo‘q ekanligiga qarab ishonch hosil qilish zarur.
Sig‘imga tushish uchun mo‘ljallangan qopqoqni gayka va boltlari burab mahkamlangandan keyingina, havo chiqarish probkalarini (klapanlarni) yoki zadvijkalarni berkitish mumkin.
Komplekt taqsimlovchi uskunalarni shkaflari bo‘linmasida ishlanganda, uskunalar joylashtirilgan aravacha tashqariga tortib chiqarilib, kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlar bo‘linmasidagi temir to‘siq berkitilib qulflanishi va «To‘xta! Kuchlanish!» degan shior osilishi zarur.
Ishlashga mo‘ljallangan bo‘linmaga esa «SHu erda shlang!» degan shior osiladi.
Komplekt taqsimlovchi uskunalarni tashqarisida, ammo unga ulangan uskunalarda yoki undan chiqadigan havo va kabel tarmog‘ida ishlanganda o‘chirgich joylashtirilgan aravacha shkafdan tashqariga tortib chiqarilishi, shkaf ichidagi temir to‘siq yoki shkaf eshikchasi berkitilib, qulflanishi va unga «Ulanmasin! odamlar ishlamoqda!» yoki «Ulanmasin! Tarmoqda ish ketmoqda!» degan shior osilishi keraq
Bunda quyidagilarga ruxsat beriladi:
- erga ulagich pichoqlari bilan o‘chirgich joylashtirilgan aravacha orasida blokirovka bo‘lsa, aravachani kontrol (nazorat) holatiga keltirish erga ulagich pichoqlari ulanganidan so‘ng bajariladi;
- komplekt taqsimlovchi uskuna shkaflarida bunday blokirovka yoki erga ulagich pichoqlari bo‘lmasa aravachani kontrol (nazorat) holati bilan shkafdan chiqarilgan holatdagi oraliqqa o‘rnatish, shkaf qulflanishi sharti bilan bajariladi.
Ushbu shkafga ulangan tarmoqda erga ulagich bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar aravacha oraliq holatda o‘rnatilishi mumkin.
Elektr uzatish tarmog‘ida ishlash zarur bo‘lsa, komplekt taqsimlovchi uskunaning shkafiga o‘rnatiladigan erga ulagichni ulashda 5.6.1.-band talablarini hisobga olish zarur.
Komplekt taqsimlovchi uskunalarda o‘chirgichlar o‘rnatilgan aravachani sinashga, boshqaruv va rele himoyasi zanjirlarida ish olib borish uchun kontrol (nazorat) holatiga, komplekt taqsimlovchi uskunalardan tashqaridagi elektr uzatish tarmoqlari va kabel tarmoqlarda yoki unga ulangan uskunalarda, elektrodvigatellar orqali ulangan mexanizmlarda ish bajarilmaydigan yoki komplekt taqsimlovchi uskuna shkafi ichida erga ulagich o‘rnatilgan taqdirda qo‘yish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |