O‘zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti



Download 17,64 Mb.
bet20/114
Sana09.07.2022
Hajmi17,64 Mb.
#764509
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114
Bog'liq
УМК узб

FARMOYISH BO‘YICHA ISH BAJARISH

Xavo elektr uzatish tarmoqlarining tok o‘tkazmaydigan qismlarida elektr tarmog‘idan kuchlanishni olmasdan turib quyidagi ishlarni farmoyish bilan bajarish mumkin:


- erdan odam oyog‘igacha xisoblaganda 3 m yuqorigacha ko‘tarilib bajariladigan ishlar;
- ustunlarning konstruktiv qismlarini buzmasdan bajariladigan ishlar;
- ustunlar tagini 0,5 metrgacha chuqurlikla qazish ishlari;
- xavo elektr uzatish tarmoqlari trassalarini daraxtlar va shox-shabbalardan tozalash ishlari (bunda kesilgan daraxtlar simga ag‘anab tushmasligiga, shox-shabbalar kesilganda odamlarni simlarga yaqin kelib qolmasligiga va ularni simlar ustiga tushmasligiga qarshi ko‘riladigan choralarini bajarish talab qilinmagan xollarda).
Elektr xavfsizligi bo‘yicha II gruppaga ega bo‘lgan ishchiga xavo elektr uzatish tarmog‘ida farmoyish bilan quyidagi ishlarni bajarishga ijozat beriladi:
- ob-xavo yaxshi paytda va yaxshi yo‘l sharoiti bor joylardagi xavo elektr uzatish tarmog‘ini ko‘rib chiqish;
- ustunlardagi doimiy belgilarni va yozuvlarni tiklash;
- burchak o‘lchash asboblari yordamida xavo elektr tarmoqlarini ergacha bo‘lgan balandligini o‘lchash;
- ustunlar atrofini o‘t-o‘lanlar va shox-shabbalardan yong‘in chiqmasligi uchun tozalash;
Ustunlardagi bandajlarni bo‘yash.
NARYAD BO‘YICHA KO‘PZANJIRLI XAVO ELEKTR UZATISH
TARMOQLARIDA BAJARILADIGAN ISHLAR
Xar bir xavo elektr uzatish tarmog‘iga, ko‘p zanjirli elektr uzatish tarmoqning xar bir tarmog‘iga aloxida naryad beriladi. Bir necha xavo elektr uzatish tarmoqlariga (zanjirlariga) quyidagi xollarda bitta naryad beriladi:
barcha zanjirlardagi kuchlanish olib tashlanganda yoki ko‘pzanjirli xavo elektr uzatish tarmoqning biror-bir zanjiridan kuchlanish olinmaganda kuchlanish ostida bajariladigan ishlarga:
Xavo elektr uzatish tarmoqlarini bir-biri bilan kesishgan joylarda bajariladigan ishlarga;
transformator punktlari yoki komplekt transformator punktlari o‘chirib qo‘yilgan joydan chiqqan 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlarida navbatma-navbat bajariladigan ishlarga;
bir nechta elektr uzatish tarmoqlarining tok o‘tkazmaydigan qismlaridagi kuchlanishni olmasdan turib bir turdagi bajariladigan ishlarga.
Naryadda ta’mirlanayotgan elektr uzatish tarmog‘ini qaysi elektr uzatish tarmog‘i kesib o‘tgan bo‘lsa, uni o‘chirish va erga ulash kerakligi ko‘rsatilishi shart (erga ulagichlarni ish joyi yaqiniga xamda 5.6.1.-bandda ko‘rsatilgan joylarga qo‘yish sharti bilan). Xuddi shunday ko‘rsatma agar ish sharoiti ta’mirlanayotgan elektr uzatish tarmog‘i yaqinidan o‘tgan elektr uzatish tarmog‘ini o‘chirish talab qilinadigan bo‘lsa u xaqda xam xuddi shunday ko‘rsatma naryadda qayd qilinishi kerak. Bunda ta’mirlanayotgan elektr uzatish tarmog‘ini kesib o‘tgan yoki yaqinidan o‘ttan elektr uzatish tarmog‘ini erga ulash, brigadani ishlashiga ijozat berishdan oldin bajarilishi kerak. Ushbu elektr uzatish tarmoqlaridan erga ulagichni ish to‘la tamomlanmaguncha olish man qilinadi.
Xavo elektr uzatish tarmoqlarini aloxida fazalarida bajariladigan ishlarga naryad ushbu elektr uzatish tarmog‘ining faqat bir transpozitsiya raqami oralig‘ida berilishi mumkin.
Ikkita anker ustuni oralig‘i 2 kilometrdan oshiq bo‘lsa simlar va trosslarni osish va almashtirishdan boshqa ishlarda o‘chirilgan tarmoqlarda brigada a’zolarini 2 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan uchastkada taqsimlanishiga ijozat beriladi. Bunday paytda bir brigada uchastkasining uzunligini naryad beruvchi belgilaydi.
Agar brigada kuchlanish ostidagi elektr uzatish tarmog‘ini tok o‘tkazuvchi qismida ish bajaradigan bo‘lsa, u bir ustunda (2 ustun oralig‘ida) yoki ikki yonma-yon turgan ustunda turishi keraq
Agar brigada bir naryad bilan xar xil uchastkalarda, xavo elektr uzatish tarmog‘i ustunlarida ish olib borsa, brigadani bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o‘tkazish naryadning 3-jadvalida rasmiylashtirilmaydi.

YOqilishi bilan ish joyiga kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan ajratgich, uzgich va quvvat o‘chirgichlarining yuritmalariga, uzoqdan boshqaruvchi knopkalar va kalitlarni, 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan kommutatsion apparatlarga (avtomatlar, rubilniklar, o‘chirgichlarga) «Ulamang! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar osib qo‘yilishi zarur.


1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan avtomat, rubilnigi va o‘chirgichi bo‘lmagan ulamalarda shiorlar saqlagichlar olib qo‘yilgan joylarga osiladi.
Izolyasion tezkor shtangalar bilan boshqariladigan ajratgichlarda shiorlar to‘siqlarga, bir kutbli ajratgichlarda esa shiorlar xar bir ajratgichning yuritmasiga osiladi. Komplekt taqsimlovchi elektr uskunalarda shiorlar 10.9., 10.10.-bandlarga mos ravishda osiladi.
Ajratgichlarning pnevmatik yuritmalariga xavo ochadigan zadvijkalariga «Ochmang! Odamlar ishlamoqda!» degan shior osiladi.
Kabel va xavo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarish uchun o‘chirilgan ajratgichlarning yuritmalariga ishlayotgan brigadalarni sonidan qat’iy nazar bitta «Ulamang! Odamlar ishlamoqda!» degan shior osiladi. Bu shior ish joyini tayyorlashga farmoyish beruvchi va tarmoqda ishlayotgan brigadalarni xisobga olib turuvchi xodimning ko‘rsatmasi bo‘yicha osiladi va echib olinadi.
Kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘yish uchun vaqtinchalik to‘siqlar yog‘ochdan yoki boshqa izolyasion materiallardan yasalgan shchit, shirma, ekran va boshqalar ishlatilishi mumkin.
Kuchlanishni olmasdan turib qo‘yiladigan vaqtinchalik to‘siqlardan tok o‘tkazuvchi qismgacha bo‘lgan masofa 3.1.-jadvalida ko‘rsatilgan masofadan kam bo‘lmasligi kerak.
6-10 kV kuchlanishli elektr uskunalarida kerak bo‘lib qolgan xollarda bu masofa 0,35 metrgacha kamaytirilishi mumkin.
Vaqtinchalik to‘siqlarga «To‘xta! Kuchlanish!» degan yozuv yozib qo‘yilgan yoki kerakli xavfsizlik shiorlari maxkamlangan bo‘lishi zarur.
6-15 kV kuchlanishli elektr uskunalarida tok o‘tkazuvchi qismlarni shchitlar bilan to‘sishni iloji bo‘lmagan xollarda o‘chirilgan va kuchlanish ostida qolgan qismlar orasiga (masalan, o‘chirilgan ajratgichning kontaktlari orasiga) izolyasion qoplagich qo‘yishga ruxsat beriladi. Bu izolyasion qoplagich kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turishi mumkin.
Izolyasion qoplagichni qo‘yish va olishni elektr xavfsizligi bo‘yicha IV va III gruppaga (ulardan biri navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi) ega bo‘lgan ikki kishi dielektrik qo‘lqop va izolyasion shtanga yoki maxsus ombir yordamida bajarilishi zarur.
Ish joyi bilan chegaradosh xujra, shkaf va panellarning to‘siqlariga «To‘xta! Kuchlanish!» degan shior osib qo‘yish zarur.
Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarida fundamentlarga va aloxida konstruksiyalarga o‘rnatilgan jixozlarda erda turib va jixozlarning o‘zida ish bajarilganda, ish joyi o‘simlik yoki sintetik tolalardan qilingan mustaxkam ip yoki shnurlar bilan orasida o‘tish uchun ochiq joy qoldirilib to‘silgan bo‘lishi, to‘silgan maydon ichiga qaratib to‘siqlarga «To‘xta! Kuchlanish!» degan shiorlar osilishi zarur.
Arqonlarni bog‘lash uchun mo‘ljallangan maydondan tashqaridagi, ularning o‘ralgan maydondan tashqarida qolish sharti bilan, qurilmalardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Elektr uzatish tarmoq ajratkichidan tashqari ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarining barcha uskunalaridan kuchlanish olinganda, ajratgich o‘rnatilgan qurilmalar arqon bilan to‘silib tashqari tarafdan «To‘xta! Kuchlanish!» degan shior osilishi zarur.
Farmoyish bilan ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarining ikkilamchi zanjirlarida bajariladigan ishlarda to‘siqlar qo‘yish talab qilinmaydi.
Xavo va kabel elektr tarmoqlaridan tashqari, elektr uskunalarida ish bajarish uchun tayyorlangan ish joylariga «SHu erda ishlang!» degan shior osilishi zarur.
Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarini qurilmalarida ish joyiga o‘tish mumkin bo‘lgan ish joyiga chegaradosh kuchlanish ostida bo‘lgan uchastkalardagi konstruksiyalarga ko‘zga yaqqol ko‘rinadigan «To‘xta! Kuchlanish!» degan shior osib qo‘yilishi zarur. Bu shiorlarni ishlashga ijozat beruvchi raxbarligida elektr xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan ta’mirlash xodimi qo‘yishi mumkin.
YUqoriga chiqishga ruxsat etilgan konstruksiyalar yonidagi boshqa barcha konstruksiyalarning pastiga «CHiqma! O‘ldiradi!» degan shior osiladi.
Ish bajarish uchun yuqoriga chiqishga ruxsat berilgan doimiy qurilma va narvonlarga «SHu erdan chiq!» degan shior osilishi zarur.
Ish xajmi to‘liq tamom bo‘lmaguncha ish joyi tayyorlash paytida qo‘yilgan to‘siqlar va shiorlarni olib tashlash yoki boshqa erga ko‘chirish man qilinadi.



Download 17,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish