10.3 Loyihalash ob‟ektlarining tasnifi.
Loyihalashga blokli – ierarxik yondashuvdan kelib chiqib loyihalash ob‟ektlari sistemalar va elementlarga bo„linadi.
YUqorida keltirilgan misollarga muvofiq ob‟ektlar yana mahsulot va jarayonlarga bo„linadi.
Loyihalanayotgan jarayonlar o„rtasida hisoblash va texnologik jarayonlar muhim o„rin
tutadi. Masalan, EXM matematik ta‟minotini qayta ishlash masalasi hisoblash jarayonlarini loyihalash masalasiga tegishli.
Ob‟ektlarning bo„linishi qurilgan belgilardan tashqari boshqalariga ham ega. Masalan, sistemalar va ularning elementlari qurilma va ishlarning fizik asoslariga ko„ra mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektrik, radio elektron va boshqalarga bo„linadi.
Ko„pgina sistemalarni ishlashini qaysidir biror ilmiy – texnik tartiblar atamalarida to„la tavsiflab bo„lmaydi, ularda turli fizik tabiatli jarayonlar muhim rol o„ynaydi. Bu sistemalarini turli jinsli fizik elementli sistemalar deb ataymiz Bunday sistemalar bo„lib elektro dvigatellar, optik – elektr qurilmalar, issiqlik almashish apparatlari va boshqalar xizmat qilishi mumkin. SHu kabi
51
sistemalarni tahlil qilishda aloxida sistemachalarga ajratish mumkin., masalan, mexanik, elektrik, issiqlik va x.k.
Radio elektorn apparaturalardp asosiy sistemacha informatsiyani qayta ishlovchi, insonning ishlashi uchun foydali, aynan elektr jarayonlar yordamida ishlangan elektr sistemacha hisoblanadi. SHuni esdan chikarmaslik kerakki, radio elektr qurilmalari elementlaridagi elektr jarayonlar asosiy elektr jarayonlar oqimiga ta‟sir etishi mumkin bo„lgan issiqlik jarayonlarini keltirib chiqaradi, chunki izlanishlar nafaqat elektrik, balki issiqlik sistemalari uchun ham zarur.
Bir sistemadagi turli sistemachalarni avtonom tahlil qilish bir xil holatlar katoriga kirishi mumkin, biroq turli tabiatli jarayonlarning o„zaro bog„liq holda yuzaga kelishini hisobga olish talab qilinadi. Radio elektron qurilmaning elektr sistemachasining ichki parametrlari odatda haroratga bog„liq va bu haroratning o„zi elementlardagi kuvvatning yo„qolishi va kuchlanishi, toklarning mikdoriga ta‟sir qiladi.
Uz navbatida kuvvatning yo„qolishi konstruktiv elementlarning haroratiga ta‟sir qiladi.
Ko„pgina sistemalarni bita bosh sistemachaga ajratish mumkin emas (gidro uzatkichlar,
gidravliklarda va mexanik sistemachalarda teng o„lchamlilari asosiy hisoblanadi). Xavoni kondinsiyalovchi sistemalardagi issiqlik va pnevmatik sistemachalar haqida ham, raketa va snaryadlardagi mexanik, pnevmatik va ximik sistemachalar haqida ham shunday deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |