Boshqaruvning insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950 yy.)- mualliflari
(M.P.Follett, Elton Meyo, A.Maslou) boshqaruvda insoniy munosabatlarga asosiy e’tiborni
qaratishni tavsiya etishib, asosan quyidagilarni nazarda tutdganlar: boshliqlarning samarali
harakati, ishchilar bilan kengashlar o‘tkazish va ularga mehnat jarayonida muloqot
qilishlari uchun kengroq imkoniyatlar berish. Ular fikricha, ish va ishlab chiqarish jarayoni
81
ishchi uchun unchalik ahamiyatga ega emas, balki uning (ishchining) ishlab chiqarishdagi,
obro‘-e’tibori va ijtimoiy o‘rni asosiy o‘rinda turmog‘i kerak.