Venchur firma
– ilmiy-texnik ishlanmalar tijorati bilan shug‘ullanuvchi firma; yangi
texnologiyalar va mahsulotlarni, daromadlarni avvaldan belgilamagan holda, ishlab
chiqish va qo‘llash bilan tavakkalchilikka asoslangan kapital qo‘yilmasi orqali
shug‘ullanadigan firma.
Guruh –
bir qancha kishilarning maqsadli ijtimoiy tashkillashuvi. Masalan, talabalarning
akademik guruhi, rok-guruh va h.k. Juda ko‘p ijtimoiy o‘zaro aloqalar imkoniyatlari
tufayli gruhlar o‘zagi shakllanadi. Albatta, tashkilot va uning bo‘linmalari ham guruh
hisoblanadi. Guruh a’zolari o‘z hatti-harakatlari me’yori bilan bog‘langan masalalardagi
miqdor va kutilishlarni o‘rnatish asosida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |