Ishlab chiqarish rentabelligi
–foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va
me’yorlashtiriluvchi aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida
aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichi.
Ishlab chiqarish tuzilmasi
– korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita
yoki bilvosita ishtirok etadigan ishlab chiqarish bo‘linmalari - sexlar, uchastkalar, xizmat
ko‘rsatish xo‘jaligi aloqalarining yig‘indisi.
Ishlab chiqarishni yiriklashtirish
– mahsulotni yirik korxonalarda chiqarishni tashkil
etish tarzi.
Ishlab chiqarishni kimyolashtirish
– mahsulot ishlab chiqarishda kimyoviy mahsulot va
sun’iy materiallar, shuningdek, kimyoviy usullardan keng foydalanish.
Ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi
– bir tomonlama, ko‘pincha bitta mahsulotga
asoslanuvchi ishlab chiqarishni keng nomenklaturada tayyorlanuvchi mahsulotlarga
asoslangan ishlab chiqarishga o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |