1.7. "Aylanma harakatlanish bilan kesishuv"
A ylanma harakatlanish joriy etilgan maydon yo‘l sharoiti (burilish, do‘nglik) tufayli harakatlanish xavfsizligini ta’minlovchi masofadan ko‘rinmasa, u holda o‘sha xavfsizlikni ta’minlovchi masofada "1.7" yo‘l belgisi o‘rnatiladi. Ko‘rish masofasi starli bo‘lsa, "1.7" yo‘l belgisini o‘rnatish shart emas, chunki aylanma harakatlanish joriy etilgan maydon oldida buyuruvchi "4.3" yo‘l belgisi o‘rnatiladi.
1.8. "Svetofor tartibga soladi"
H arakatlanishni svetofor tartibga soladigan chorraha va piyodalar o‘tish joyi yo‘l sharoiti tufayli harakatlanish xavfsizligini ta’minlovchi masofadan ko‘rinmasa, u holda o‘sha xavfsizlikni ta’minlovchi masofada "1.8" yo‘l belgisi o‘rnatiladi. Svstofor xavfsizlikni ta’minlovchi masofadan ko‘rinsa, " 1.8" yo‘l belgisi o‘rnatilmaydi.
1.9. "Ko‘tarma ko‘prik"
Bu belgi ko‘tarma ko‘prik yoki solda kesib o‘tish joylari oldida o‘rnatilib, yo‘lning ko‘prik yoki sol oldida uzilib holishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
1.10. "Sohilga chiqish"
B u belgi daryo yoki suv xavzasi qirg‘oqlariga chiqishda o‘rnatilib, haydovchidan tezlikni kamaytirish va e’tiborni oshirishni talab qiladi. Haydovchining ehtiyotsizligi ushbu yo‘l belgisida ko‘rsatilgan holga olib kelishi mumkin.
1.11.1, 1.11.2. "Xavfli burilish"
B u belgilar kichik radiusli burilish yoki ko‘rinishi chegaralangan burilishlar oldida o‘rnatilib, xavfli burilish o‘ng yoki chap tomonda ekanligi haqida ogohlantiradi. Transport vositalarini bunday burilishlarda yuqori tezlikda haydash ro‘paradagi bo‘laklarga chiqib ketishiga yoki ag‘anab ketishiga olib kelishi mumkin.
1.12.2, 1.12.2. "Xavfli burilishlar"
B o‘ belgi yo‘lning ikki qismli kichik radiusli yoki ko‘rinishi cheklangan burilish joyi yaqinida o‘rnatiladi. Kichik radiusli yoki cheklangan burilish ikki qismdan ko‘p bo‘lsa, "1.12.1", "1.12.2" yo‘l belgilari qqo‘shimcha "7.2.1" — "Ta’sir orqalig‘i" axborot belgisi bilan qo‘llaniladi. Haydovchi yo‘lning bunday qismlaridan tezlikpi kamaytirib, ehtiyot choralarini ko‘rib o‘ti-shi kerak.
1.13. "Tik nishablik"
B u belgi pastlik, nishablik oldida o‘rnatilib, ichidagi raqam nishablikning 100 m uzunlikka to‘g‘ri keladigan pasayishini foiz hisobida ko‘rsatadi. Pastlik cho‘zilib ketgan bo‘lsa, u holda ushbu belgi "7.2.1" "Ta’sir orqalig‘i" qqo‘shimcha axborot belgisi bilan qo‘llaniladi. Nishablik tomon harakatlanayotgan haydovchi yo‘lning tor qismlarida ro‘paradan tspalik tomon harakatlanayotgan haydovchiga yo‘l berishi lozim.
1.14. "Tik balandlik"
Bu belgi tik balandliklar oldida o‘rnatiladi va haydovchini transport vositasining dinamik xususiyatlari, yukli yoki yuksizligiga qarab, kerakli uzatmaga ulash, balandlikka to‘xtamasdan chiqish kerakligidan ogohlantiradi. Aks holda avtomobil to‘xtab holib, o‘z og‘irligi bilan orqaga ketishi mumkin. Nishablik va balandlik ketma-ket keladigan bo‘lsa, yuqoridagi belgilar 50-100 m masofada emas, balki bevosita nishablik va balandlik oldida o‘rnatiladi.
1.15. "Sirpanchiq yo‘l"
Y o‘lning ustki o‘tish qismi ma’lum sabablarga ko‘ra (loy, qavaqtmaqavaqt qo’l barglar, gudron, muzlik oqibatida) sirpanchiq bo‘lib qolsa, bunday qism oldida "1.15" yo‘l belgisi o‘rnatiladi. Haydovchi yo‘lning bunday qismlarida tezlikni kamaytirishi, keskin to‘xtamasligi, keskin burilmasligi lozim, aks holda transport vositasi sirpanib ketadi va uni boshqarish qiyin kechib, boshqaruvdan chiqib kstadi.
1.16. "Notekis yo‘l"
Y o‘lning o‘ydim-chuqur, to‘lqinsimon bo‘rtma joylari, ko‘prik ulamalarining notekis qismlari oldida ushbu yo‘l belgisi o‘rnatiladi va transport vositasigshpg tezligi keskin oshirilsa yoki u keskin to‘xtatilsa, turg‘unlikni yo‘qotib, ag‘anab ketishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
1.17. "Tosh otilishi xavfi"
M ukammal qqoplamali yo‘l qismida transport vositasi g‘ildiragi ostidan shag‘al, tosh va shupga o‘xshashlarning otilib chiqish ehtimoli.
Bu belgi yo‘lningta’mirlash ishlari olib borilayotgan joylarida g‘ildirak bilan bosilgan tosh, shag‘al va shunga o‘xshash narsalarning otilib chiqish ehtimoli borligidan ogohlantiradi. Yo‘lningbunday qismlarida xaydovchi tezlikii kamaytirib, orqaliq masofani tosh otilish xavfsizligi mavjud masofagacha uzaytirishi lozim.
1.18.1, 1.18.2, 1.18.3. "Yo‘lning torayishi"
Y o‘lning torayish qismlari oldida (torayadigan tomondan):
- ikki tomonlama torayish;
- o‘ngga torayish;
– chap gatorayish yo‘lbelgilari o‘rnatiladi.
1.19. "Ikki tomonlama harakatlanish"
Bu belgi yo‘lning bir taraflama harakatlanish qismi tugab, qarama-qarshi harakatlanish qismi boshlanishi oldida o‘rnatiladi.
1.20. "Piyodalar o‘tish joyi"
Bu belgi haydovchini svetofor bilan boshqarilmaydigan piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotganligi haqida ogoxdantiradi.
1.21. "Bolalar"
Bu belgi haydovchini bolalar muassasasiga (bog‘cha, maktab, internat va shu kabi joylarga) yaqinlashayotgashgagini va yo‘lning bu qismidan har daqiqada bolalar chiqib holishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Belgi aholi yashamaydigan joylarda takrorlanadi.
1.22. "Vslosiped yo‘lkasi bilan kesishuv"
Bubelgi nslosiisd yo‘lkasi bilan kesishuv (chorraha emas) joylari yaqiiida o‘rnatiladi. Bunday kesishuvlarda imtiyoz haydopchi tarafida bo‘lsa ham tezlikni kamaytirib e’tiborni oshirish lozim.
1.23."Ta’mirlash ishlari"
Bu belgi yo‘lpipg ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismlari yaqinida o‘rpatilib, haydovchini ehtiyotbo‘lib o‘tishi kerakligi to‘grisida ogoxlantiradi. Yo‘lning bunday qismlari qorong‘i iaytlardaxavfli hisoblanadi.
1.24."Mol haydab o‘tish"
Bu belgi mol boqiladigan yaylov yoqalab o‘tadigan yo‘llarda, fermalar yaqiiida, mol haydab o‘tiladigan joylarda o‘rnatilib, yo‘lga mollar podasi chiqib holishi mumkinligidan ogoxdantiradi.
1.25. "Yovvoyi hayvonlar"
B u belgi yo‘lning o‘rmop xo‘jaligi, qo‘riqxona va shunga o‘xshash joylardan o‘tadigan qismlarida o‘rnatilib, yo‘lga yovvoyi hayvonlar chiqib holishi mumkinligi haqida ogoxlantiradi.
1.26."Toshlar tushishi"
Muz, qor yoki sel kelib tog‘ ko‘chishi mumkin bo‘lgan tog‘li yo‘l qismlariga "Toshlar tushishi" belgisi o‘rnatilib, xavf-xatar faqat qatnov qismlaridagina emas, balki tepa tog‘ tarafdan ham bo‘lishi mumkinligi haqida ogoxdantiradi.
1.27. "Yonlama shamol"
" Yonlama shamol" yo‘l belgisi kuchli shamol avtomo-bil, mototsiklni brshqarishga salbiy ta’sir etib, yo‘l fojiasini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan (tog‘ daralar, jarlik, suv havzalari) joylarga o‘rnatiladi. Ayniqsa, yo‘lning ustki qismi muzlab, sirpanchiq bo‘lgan
paytlari yonlama shamol avtomototransportni boshqarishga salbiy ta’sir etishi mumkin.
1.28. "Pastlab uchuvchi samolyotlar"
Aeroport yaqinidan o‘tuvchi yo‘llarning samolstlar pastlab uchuvchi qismlariga "Pastlab uchuvchi samolyotlar" yo‘l belgisi o‘rnatilib, qisqa muddatli qqattiqq shovqinlar bo‘lib turishi haqida ogoxlantiradi.
1.29. "Tonnel"
Q ayrilish, burilish yoki boshqa to‘siklar orqali ton-nelga kiraverishda uning peshtog‘i ko‘rinishi cheklangan yoki sun’iy ravishda yoritilmagan bo‘lsa, oldida "Tonnel" yo‘l belgisi o‘rnatiladi.
1.30. "Boshqacha xavf-xatarlar"
Yo‘lning ogohlantiruvchi belgilarida ko‘zda tutil-magan xavf-xatarlar bo‘lgan yo‘l qismi (tez-tez tuman bo‘lib turadigan joylar, jarliklar, tutun bo‘lib yo‘lning ko‘rinishi cheklangan qismlari) oldida "Boshqacha xavf-xatarlar" yo‘l belgisi o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |