О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet29/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Mehnat shartnomasining taraflar xohishiga bog'liq bo'lmagan holatga ко 'га bekor qilinishi. Mehnat shartnomasi taraflarning ix-tiyoriga bog'liq bo'lmagan asoslar bilan ham, ya'ni shartnoma to-monlarida uni bekor qilish istagi bo'lmagani holda vakolatli davlat organi aralashuvi yoki boshqa obyektiv xususiyatga ega bo'lgan holatlar tufayli bekor qilinishi mumkin. Amaldagi mehnat qonun-chiligi bunday hollarda ham xodimlarni ijtimoiy himoyalash, ular-ning ayrim toifalariga qo'shimcha kafolatlar berishga qaratilgan hu­quqiy chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
O'zbekiston Respublikasi MKning 106-moddasida mehnat shartnomasi quyidagi hollarda taraflar ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan holatlar tufayli bekor qilinishi mumkinligini nazarda tutadi:
1. Xodim harbiy xizmatga yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda.
2. Shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda.
3. Xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim o'z ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo'lsa, shuningdek, xodim sudning qaroriga muvofiq ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga yo'llangan taqdirda.
4. Ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan, agar yo'l qo'yilgan buzilishni bartaraf etish imkoni bo'lmasa va u ishni davom ettirishga to'sqinlik qilsa.
5. Xodimning vafoti munosabati bilan.
6. Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
O'zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida»gi (2002-yil 12-dekabr) Qonuniga muvo-fiq, muddatli harbiy yoki muqobil xizmatni o'tash yoshiga yetgan fuqarolar belgilangan tartibda haqiqiy harbiy xizraatga chaqirtiriladi.
«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida»gi Qo-nunning 15-moddasi, 2-bandida aytilishicha, «Korxonalar, muas-sasalar, tashkilotlar chaqiriluvchilarni chaqiriq uchastkalariga o'z vaqtida kelishlarini ta'minlashlari shart». Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan xodim chaqiriq qog'ozida ko'rsatiigan kungacha ishdan bo'shatilishi, u bilan hisob-kitob qilinishi hamda unga o'rtacha oylik ish haqidan kam bo'lmagan miqdorda ishdan bo'shatish nafaqasi to'lanishi lozim bo'ladi.
Mehnat kodeksining 106-moddasi, 2-bandiga ko'ra, shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimni ishga tiklanishi tufayli uning o'rniga olingan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish-likni nazarda tutadi.
G'ayriqonuniy ravishda ishdan bo'shatilgan xodimni sud hal qiluv qaroriga ko'ra, o'z vazifasiga tiklanishi, asossiz jinoiy javob-garlikka tortilgan fiiqaroning oqlanishi kabi hollami yuz berishi ularning o'rniga ishga olingan shaxslar bilan ushbu asosga ko'ra mehnat shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo'lishi mumkin. Ammo bunday holiarda ish beruvchi xodimni ishdan bo'shatishdan avval uning yoshi, salomatligi ahvolini e'tiborga olib va malakasiga mos keluvchi boshqa ish taklif qilishi, bunday ish topilmagani holda yoxud xodim boshqa ishga o'tib ishlashni rad etgani taq-dirdagina uni ushbu asos bilan ishdan bo'shatishi mumkin va unga belgilangan miqdorda ishdan bo'shatish nafaqasi to'lanadi (MKning 109-moddasi).
MKning 106-moddasi, 3-bandiga binoan, xodim sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmiga ko'ra, awalgi ishini davom ettirish imkonini bermaydigan jazoga mahkum etilgan bo'lsa (ozodlikdan mahram etish, ish joyidan boshqa yerda axloq tuzatish ishlarini o'tash, muayyan huquqlardan mahrum etish va hokazo), bunday hoi uni ushbu asos bilan ishdan bo'shatilishiga sabab bo'lishi mum­kin. Bunda sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi haqidagi xabar ish beruvchi xodimni ishdan bo'shatishlik uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Dastlabki tergov ketayotgan paytda yoki sud majlisi davom etayotganida ushbu asos bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Shuningdek, sudning ayblov hukmi bilan xodimga tayinlangan faoliyatiga to'sqinlik qiknasa (masalan, jarima solinishi) xodim ushbu asos bilan ishdan bo'shatilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Mehnat kodeksining 106-moddasi, 4-bandiga ko'ra, ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan, agar yo'l qo'yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning imkoni bo'lmasa va u ishni davom ettirishga to'sqinlik qilsa, mehnat shart-nomasi bekor qilinishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-qarori 43-bandida ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilishi sanaluvchi holatlarning quyidagi taxminiy ro'yxati ko'zda tutilgan:
• sud hukmiga ko'ra ma'lum mansabni egallash yoki ma'lum faoliyat bilan shug'ullanish huquqidan mahrum qilinganlarni sud tomonidan tayinlangan vaqt davomida ishga qabul qilish;
•bir davlat korxonasida o'zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo'lgan shaxslarni, basharti, ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo'ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo'lsa, bunday xizmatchilarni ishga qabul qilish (MKning 79-moddasi). Qarin-doshlarning birgalikda xizmat qilishlarini taqiqlash haqidagi qoida­lar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-ilovada belgilangan (O'zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari, 1997-yil, № 3, 11-modda);
•qonunlar tomonidan voyaga yetmaganlar va ayollarni jalb qilish taqiqlangan ishlarga qabul qilish.
Mehnat munosabatlari qayd etilgan asoslarga ko'ra bekor qilinishi bilan bog'liq nizolarni ko'rayotib sudlar ishga qabul qilishda qanday aniq buzilishga yo'l qo'yilgani va bu mehnat shartnomasini bekor etishga asos bo'la olishi mumkin yoki mumkin emasligini aniqlamog'i zarar. Mehnat shartnomasini MKning 106-moddasi, 4-bandi bo'yicha bekor etilishiga yo'l qo'yilishi mumkinligini yodda tutmoq zarar bo'ladi.
Mehnat shartnomasi MKning 106-moddasi, 6-bandiga ko'ra, bekor qilinishiga, tegishli qonun hujjati mehnat munosabatlari MKning 106-moddasi, 1—5-bandlarida sanab o'tilmagan mehnat qatnashchilari ixtiyoriga bog'liq bo'hnagan boshqa holatlar bo'yicha bekor qilinishi mumkinligi ko'zda tutilgan. Bunday holatlarga, xususan, o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar bajarayotgan ishni davom ettirishi ularning sog'lig'iga ziyon qiladigan yoki ularga bosh-qacha tarzda zarar yetkazadigan bo'lsa, bunday shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ota-onasi, vasiylar (homiylar) va vakolatli or-ganlar (mehnatni muhofaza qilish ustidan nazorat qiluvchi organlar, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiyalar) talablariga ko'ra bekor qilinishi (MKning 247-moddasi), muqobil xizmat o'tayotganlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish muqobil xizmat organlari talabiga ko'ra bekor qilinishi kiradi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish