Ikkinchidan, islohotlarning taqdiri, ularning samarasi, av-valambor kadrlarning malakasiga, ularni o'z ishini qay darajada o'zlashtirib olganligiga, yurtparvarligi va fidoyiligiga bog'liqdir. Bugungi o'tish davrida bu muammo eng dolzarb va murakkab masalaga aylanib qoldi. Bu masalani to'g'ri yechishga erishilsa, xalq g'amini, tashvishini o'z dardidek his qiladigan bilimdon, in-sofli, diyonatli, elim deb, yurtim deb, yonib yashaydigan odamlarni joy-joyiga qo'yish masalasi hal etilsa, shubhasiz, taraqqiyotimiz yana ham tezlashadi. Rahbarlik lavozimi mansab emas, avvalo odamlarga xizmat qilish mas'uliyati ekanligini barcha to'g'ri tu-shunib olmog'i zarur. Rahbarlik degani, hammadan ko'ra ko'proq ishlab, fuqaro saodati va yurti ravnaqi uchun yelib-yuguradigan fidoyi inson bo'lishi kerak.
Uchinchidan, har bir kadrdagi yuksak axloqiylik, halollik, vij-doniy poklik, kamtarlik kabi yuksak insoniy fazilatlar eng muhim talab ekanligini ta'kidlash joizdir.
Gap kadrlar tanlovi va ularni joy-joyiga qo'yish haqida ketar ekan, ularni muntazam ravishda tarbiyalash, boshqarishga o'rgatish xususida ham borishi kerak. Chunki, hech kim tayyor rahbar bo'lib tug'ilmaydi. Uni qat'iyat va bardosh bilan tarbiyalash, o'stirmoq kerak. Har bir hayot sabog'idan to'g'ri, odil xulosa chiqarishga, xalq-dan ajralmasdan, uning dardi, o'y-fikriga doimo sherik bo'lish ru-hida tarbiyalamoq lozim. Bir so'z bilan aytganda har bir kadrda odamlarga yetakchi bo'lish malakasini izchillik bilan shakllantirib borish lozim.
Ana shu maqsadlarni amalga oshirish uchun 1995-yil sentabr oyida mamlakat Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi tashkil qilindi. Akademiyaning ochilish marosimida nutq so'zlar ekan, I. Karimov shunday degan edi: «Akademiya tashkil qilish, bu shunchaki orzu ketidan quvish, yangi bir institut tashkil etishga intilish emas, balki tabiiy zaruriyat, qonuniyat taqozosi va hayotiy ehtiyojdir... Islohotlarni amalga oshirish bo-rasidagi bundan buyongi olg'a siljishlarimiz tobora qiyin mu-ammoga borib taqalishi mumkin. U ham boisa yuksak malakali xodimlarning eng avvalo, davlat hokimiyati va boshqaruvi, ja-moat idoralari, bank va moliya tizimini boshqaradigan daraja-dagi rahbarlarning yetishmasligidir...
Akademiyaning vazifasi faqatgina muayyan soha uchun kadr tayyorlab berishdangina iborat emas, balki u o'zining il-miy, pedagogik salohiyati asosida butun maorif tizimini islohot qilish uchun yangi muhit, yangi sharoit yaratib berishi lozim».
Hukumat ko'rsatmalari asosida Akademiya qisqa vaqt ichida xalq xo'jaligining turli sohalari uchun zarur kadrlar tayyorlashda katta ishlarni amalga oshirdi. Keyingi ikki yil mobaynida 300 dan ortiq yosh mutaxassis 10 oylik kurslarda o'qib, boshqaruv sirlarini jahon amaliyoti andozalari darajasida egallab qaytdilar va turli soha-larda faoliyat ko'rsatmoqdalar. Shu davrda Akademiyaning malaka oshirish kurslarida bir necha yuzlab shahar va tuman hokimlari, va-zirlik va davlat idoralari xodimlari zamonaviy boshqaruv san'atining yangi qirralari bilan tanishib amaliyotda qo'llamoqdalar.
Hozirgi zamon kadrlar siyosatiga doir yana bir jihatga, ya'ni kadrlar zaxirasi, uni shakllantirish, undan foydalanishga ham e'tibor kuchaydi.
Kadrlarni tayyorlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo'yish yangi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar shakllanib borayotgan, tuzum boshqacha mohiyat kasb etayotgan paytda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Prezidentlik devonida, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasida, viloyat va tuman hokimliklarida ishlayotganlarning asosiy qismini yoshlar tashkil etmoqda. Xususan 2001-2007-yillarda vazirliklar, konsernlar, aksionerlik birlashmalari rahbarligiga yosh, navqiron, hozirgi siyosiy o'zgarishlar va islohotlarning tub mohiyatini to'g'ri anglaydigan, o'z vazifasi va burchini aniq tushunadigan yoshlar ta-yinlandi. Bu mamlakatni boshqarishda yangi avlodning kirib kela-yotganidan, sog'lom ma'naviy-siyosiy muhit shakllanayotganidan dalolat beradi.
Boshboshdoqlik, o'zibo'larchilik, turli xildagi jinoyatchilik avj olib ketganligi sababli bir qator viloyatlar va tumanlarda, vazirliklar va yirik idoralarda rahbarlarning o'zgartirilishi bunday salbiy hodisalarga qat'iy chek qo'yish, har qanday sharoitda ham mustaqillikni mustahkamlash va mamlakat ravnaqini ta'minlash imkoniyatini ber-moqda.
Mahalliychilik, urug'-aymoqchilik illatlari bilan kelisha olmas-lik, barcha shaxsiy adovat va manfaatlardan umumxalq manfaatini ustun qo'yishni qat'iy talab qilish kadrlar siyosatida muhim o'rin tutadi. Rahbar eng avvalo millat ramzi, mamlakat obro'-e'tiboridir. U ana shunday yuksak unvonga munosib bo'lishi uchun «Xalq», «Vatan», «Millat» tushunchalarini hammadan chuqurroq anglashi, hammadan ko'ra ko'proq fidoyi bo'lmog'i lozim. Bu uchun unda, qalbining tub-tubida sadoqat, qat'iyat bo'lmog'i kerak. Rahbar ma'naviyati, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni xususida ga-pirar ekan, Islom Karimov kuyinib bunday deydi: «Sadoqatli odam boshiga qilich kelganda ham so'zidan, ahd-u qaroridan qayt-maydi. Inson avvalo oilasiga, xalqiga, vataniga sadoqatli, va-fodor bo'lishi zarur. Bugungi zamonda sadoqatli bo'lish qiyin. Oqim u tomonga tortadi, nafs bu tomonga, «o'yinchilik» boshqa tomonga. Shunday paytda odam agar mard bo'lsa, irodasi ba-quvvat boisa, u yoq, bu yoqqa og'ib yurmaydi.
Nima uchun bizlarda o'yin bo'layapti? Nima uchun har ehtimolga qarshi goh unisi bilan o'ynaymiz, goh bunisi bilan? Sabab shuki, ko'pchilik mas'ul rahbarlarda izchil, hayotiy po-zitsiya, fuqarolik burchini teran anglash, bugungi davlat siyosatiga aniq munosabat yetishmaydi... Rahbar bo'lish uchun avva-lambor kurashchi bo'lish kerak, irodasi baquvvat, iymoni butun bo'lishi darkor». Bu shunchaki oddiy bir gap emas. Mahalliychilik, tor tushunchalar qobig'idan chiqolmaslik illatlariga burkalib qolish hollari bor. Bu so'zning tagida mustaqillik mohiyatini pasaytirishga, taraqqiyotimizni ataylab orqaga tortishga intilayotganlar, turli xildagi nayrangbozlar-u firibgarlardan xalos bo'lish, qat'iyat va sabot bilan haq yo'ldan to'g'ri borish va bu yo'lda birlashib harakat qilish orzu-istagi turibdi. Uning zamirida hamon joylarda amalparastlik, buyruqbozlik, tamagirlik va munofiqlik yo'qolmayotgani, hokimlar va tashkilot rahbarlari hali to'la quvvat bilan ishlamayotganligi ma-salasi yotibdi.
Bir qism kadrlar zamon shiddatiga bardosh berolmayaptilar. Bu toifadagi odamlarning aksariyati ko'p yillik boqimandalik, sansolar-lik kayfiyatidan chiqolmayapti, hozirjavoblik, masalani o'z vaqtida to'g'ri hal etish qobiliyatiga ega emas. Iloji boricha ishni orqaga surish, xodimlarni esa o'z fe'l-atvoriga mos ravishda o'rtamiyona, «qulluqchi», «labbaychi» xillaridan tanlashga intiladi. Yana bir guruhlari esa yangilik bilan eskilik orasida chindan ham dovdirab qol-gan. Eskicha ishlolmaydi, yangilikning esa mohiyatini tushunmaydi.
Bunday kadrlar haqida 2001-2007-yillarda Qoraqalpog'iston Jo'qorg'i Kengesi xalq deputatlari, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Farg'ona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari sessiyalarida ro'yirost gapirildi. Rahbar kadrlarning yana bir turi ham borki, ular haqiqatan ham mustaqillik fidoyilari. Yangicha fikrlash va yangi-cha ishlash uchun o'zlarida qobiliyat ham, g'ayrat va rag'bat ham sezadilar. Biroq, ular ba'zan turli xildagi to'siqlarga uchrab qoladi-lar. Natijada bor imkoniyatlarini ko'rsata olmaydilar. Bu tabiiy hoi, o'tish davrining tabiiy qiyinchiligi.
Mustaqillikning o'tgan davri mobaynida bir necha viloyat, shahar va tuman hokimlari, vazirliklar, birlashma va konsernlar rah-barlari almashtirildi. Shu yo'l bilan davlat boshqaruv tizimi mus-tahkamlanmoqda. Joylarda zamonaviy fikrlaydigan, tub islohotlar mohiyatini tushunadigan va ularni amalga oshirishga qodir bo'lgan kadrlar tanlanmoqda.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakatda kadrlarning ijtimoiy bazasi har qachongidan ko'ra kengaydi. Ma'lumki, 70-80-yillarda rahbarlik lavozimlariga ko'plab mutaxassis, deb hi-soblangan injener, agronom, iqtisodchilar tavsiya qilinar edilar. Qog'ozda mavjud bo'lgan rezerv kadrlar ham asosan shu toifa mu-taxassislar hisobiga shakllantirilar edi. Endilikda bu tamoyil to'g'ri kelmaydi. U respublika mustaqillikka erishgandan keyin vatan ravnaqi, el-yurt farovonligi yo'lida fidoiylik bilan mehnat qiluvchi barcha tabaqa mutaxassisliklarning eng yaxshi vakillari turli darajadagi rahbarlik lavozimida samarali faoliyat ko'rsata boshladi. Shu bois, rezerv kadr shakllantirishda turli kasb va mutaxassisliklar vakillari-ning eng yaxshilarini hisobga olib, ularni mustaqillik ehtiyojiga mos tarzda tarbiyalab, turli rahbarlik lavozimlariga tortish dolzarb masa-laga aylandi.
Bundan tashqari erkin fuqarolik jamiyatiga, bozor iqtisodiyotiga va mulkchilikning turli-tuman shakllariga o'tish sharoitida rahbar-larning sifat tarkibini yaxshilash uchun yana bir imkoniyat paydo bo'ldi. Gap jamiyatda yuzaga kelgan yangi toifa kishilar - ishbilar-monlar, tadbirkorlar xususida bormoqda. Ular jamiyat ravnaqi uchun butun kuch-g'ayratini sarflashga qodir, hayot tajribasiga va kasb ma-horatiga ega bo'lgan beqiyos tayanchdir.
Kadrlar zaxirasi shakllantirilayotganda yosh, g'ayratli, tashab-buskor xodimlarni hisobga olish bilan, ayni chog'da ma'lum darajada tajriba orttirgan kishilardan ham oqilona foydalaniladigan bo'ldi.
1997-yil 10-martda Vazirlar Mahkamasi demokratiya va bozor islohotlari talablaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash bo'yicha davlat, jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladigan Milliy dastur tuzish maqsadida «Kadrlar tayyorlash bo'yicha Milliy dastur tuzish to'g'risida» Qaror qabul qildi. Unda butun ta'lim tizimini isloh qilish, ishlab turgan o'quv yurtlarini yangi yo'nalishga solish hamda zamonaviy texnologiyalarda ishlay oladigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi kun tartibidagi bosh masala bo'lib qoldi.
1997-yil, avgust oyida O'zbekiston Respublikasi Oliy Maj-lisining sessiyasida O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni yangi tahrirda va «Kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy Dastur» qabul qilindi.
Ushbu qonunda yoshlarga milliy uyg'onish va umuminsoniy qadriyatlami idrok etish asosida Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida ta'lim-tarbiya berish vazifalari ham belgilab berildi. *
Kadrlar tanlovida mahalliychilik, qarindosh-urug'chilik illat-laridan qutulib bo'lmayotganligiga davlatimiz rahbari 2004-2009-yillarda Surxandaryo, Toshkent, Navoiy, Andijon, Farg'ona viloyatlarida xalq deputatlari viloyat Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalaridagi ma'ruzalarida alohida e'tibor bergandi.
Shu bilan birga Oqsaroy qarorgohida Prezident Islom Karimov 2005-yil 7-fevral kuni Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi bilan bo'lgan uchrashuvda «Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuv-lar bilan qurib bo'lmaydi» mavzuida ma'ruza qilib, bu masalaga alohida urg'u berib shunday deydi. «Yana bir muhim masalaga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Bu davlat xodimlarini lavo-zimga tanlash va tayinlash bilan bog'liq. Bu haqda gapirganda ko'p uchraydigan bir holatni taassuf bilan aytishga majburman. Masalan, bir nomzodga ishonch bildirib, uni vazirlik lavozimi-ga qo'yamiz. Yarim yil, bir yil o'tgach, qani ishlaringizni bir ko'raylik, deb u boshqarayotgan sohaning ahvoli bilan qiziqsan-giz, har qaysi bo'lim yoki tarmoqqa boshqaruv ishiga o'zining tanish-bilishlari, qarindoshlarini, bir paytlar G'allaoroldami, yoki boshqa joydami, birga ishlagan og'aynisini qo'ygan bo'lib chiqadi. Ya'ni mahalliychilik, oshna-og'aynigarchilik kasaliga duchor bo'ladi. Qachonki, biz kadrlar masalasining ishimiz-ga eng katta ziyon yetkazadigan mana shunday salbiy tomon-larini bartaraf etolsak, ko'p muammolarni yechishga imkon tug'iladi».
Prezident I. Karimov kadrlar siyosatidagi yangicha talablarni o'rtaga qo'yar ekan, muhim bir talabni ilgari surdi. Hukumatning yangi a'zolariga murojaat qila turib shunday dedi: «Hammangizga ma'lumki, bizda davlat bosh islohotchi degan tamoyil bor. Bu-gun shu iborani yangicha mazmunda qo'llab aytadigan boisak, asosiy islohotchi davlat xodimi bo'lishi kerak.
Hozirgi kunda islohotlar taqdirini eng avvalo davlat va hu-kumat idoralarida mas'ul lavozimlarda o'tirgan odamlar hal qi-lishini, binobarin ular shu masalaga bevosita javobgar ekanini barchamiz chuqur anglab olishimiz shart».Shunday qilib, mamlakatda rivojlanishning keyingi yillarida shakllangan kadrlar quvvatiga tayangan holda mustaqillik sharoitida yangicha kadrlar siyosati ishlab chiqildi. Chunonchi, siyosiy yetuklik, axloqiy fazilatlar, tashkilotchilik qobiliyati bilan birga bozor iqtisodiga o'tish jarayonida ishbilarmonlik, tadbirkorlik, xalq bilan uzviy bog'liqlik, uning ijtimoiy kafolatini ta'minlashga qodirlik birinchi va asosiy mezon hisoblanadigan bo'ldi. Shubhasiz, kadrlar siyosatidagi bu yo'l mustaqillikni mustahkamlashning muhim omillaridan biri edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |