siyosiy sohada bu:
xalq, ham bevosita, ham o'z vakillari orqali davlat hokimiyati-ni amalga oshirishda to'liq ishtirok etishi lozimligini;
hokimiyat bo'linishining jahon tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;
jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni;
barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustunligini ta'minlashni;
bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni;
demokratiyaning qonuniy tarkibi sifatida ko'ppartiyaviylikni shakllantirishni;
O'zbekistonda tug'ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligi va e'tiqodidan qat'i nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi bo'lishga erishishni bildiradi.
Iqtisodiy sohada esa bu:
milliy boylikning ko'payishini ta'minlaydigan barqaror, rivoj-lanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;
ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni;
mulk egalari huquqlarining davlat yo'li bilan himoya qilishini ta'minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni;
iqtisodiyotni o'ta markazlashtirmasdan korxonalar va tashki-lotlarning Mustaqilligini kengaytirishni, davlatning xo'jalik faoliya-tiga bevosita aralashuvidan voz kechishni;
ijtimoiy va ma'naviy sohada bu:
insonparvarlik g'oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib qolishini;
ma'naviyatni qayta tiklashni;
o'zbek tilini rivojlantirishni;
hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirishni;
ijtimoiy adolat qoidalarini ro'yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari - keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko'p bolali oilalar, o'quvchi-yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo'lgan kafolatli huquqlarini ta'minlashni;
odamlarning iste'dod qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma'naviy mulkni himoya qilishni bildiradi, deb ta'kidlandi «O`zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» nomli kitobda.
Prezident I. Karimovning O'zbekistonni huquqiy demokratik davlat sifatida qaror toptirishning yuqoridagidek dasturiy qoidalari, mamlakatning bozor munosabatlariga o'tishi, ichki va tashqi siyosat-ni shakllantirish tamoyillari, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish-ning asosiy ustuvorliklari va yo'nalishlari jahon tajribasini yanada rivojlantirdi va ularni yangi qoidalar bilan boyitdi.
Prezident yangilanayotgan jamiyat mazmun-mohiyatini ko'rsatish bilan birga dolzarb vazifa qilib, eng avvalo ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiga o'tish masalasini qo'ydi. Faqat iqtisodiy baquvvat davlatgina kuchli bo'ladi va u har qanday islohotlarga qodir bo'ladi, degan g'oyani ilgari surdi.
Shuning uchun ham I. Karimov «O`zbekiston - bozor mu-nosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» asarida (1993-yil.) «O`zbekiston o'zi uchun tanlab olgan yo'l ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng ko'p darajada mos keladigan bozor iqtisodiy otini shakllantirishga qaratilgandir.
Ayni mana shunday yo'l O'zbekiston xalqining munosib tur-mushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an'analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma'naviy axloqiy kamol topishini ta'minlashi mumkin», -deb qat'iy ko'rsatib bergan edi.
LA. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jara-yonlarini chuqur tahlil qilib, O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi-yotini isloh qilish dasturining o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o'rtaga tashladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |