O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


* * * ISLOM ABDUG'ANIYEVICH KARIMOV



Download 1,87 Mb.
bet14/172
Sana13.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#899413
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

* * *
ISLOM ABDUG'ANIYEVICH KARIMOV
Davlat va siyosat arbobi, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. 1938-yilda Samarqandda tug'ilgan. O'rta Osiyo politex-nika instituti va Toshkent xalq xo'jaligi institutini tugatgan. 1960-yildan «Tashselmash» zavodida avval master yordamchisi, so'ng master, texnolog, 1961-yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor, 1966-yildan O'zbekiston Davlat plan komitetida fan va yangi texnikani joriy etish bo'limining bosh mutaxassisligidan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o'rinbosarigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. 1983-yildan O'zbekiston moliya vaziri, 1986-yildan O'zbekiston Ministrlar Soveti raisining o'rinbosari­respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986-yil dekabridan O'zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi. 1989-yil iyunidan O'zbekiston Kompartiyasi Marka­ziy Komitetining birinchi kotibi. 1990-yil 24-martdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida O'zbekiston Prezidenti etib saylandi. I. Karimov 1991-yil 29-dekabrda birinchi bor muqobillik asosida o'tkazilgan umumxalq saylovida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-ning 89-moddasiga muvofiq, u ayni vaqtda davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'idir. I. Karimov 1991-yil 31-avgustda Toshkent-da O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qil­di. I. Karimov O'zbekistonda davlat tuzumini mustahkamlashda, respublikaning ichki va tashqi siyosatida tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda jonbozlik ko'rsatmoqda.
1995-yil 26-martda umumxalq ovozi (referendum) bilan I. Ka-rimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-yilgacha uzayti-rildi. 2000-yil 9-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'lib o'tdi. Muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o'tkazilgan ushbu saylovda saylovchilarning 91,90 foizi Islom Kari­mov nomzodini qo'llab-quvvatladi va Markaziy saylov komissiyasi-ning qaroriga muvofiq Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi.
I. Karimovning eng muhim asarlari ingliz, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab kabi o'nlab turli xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda bir necha bor nashr qilingan. Respublikamizda esa I. Kari­mov asarlarining 15 jildlik to'plami quyidagi nomlarda nashr qilin­gan:
1-jild. I. Karimov, «O`zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura», Toshkent, «O`zbekiston», 1996-yil;
2-jild. I. Karimov, «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», Tosh­kent, «O`zbekiston», 1996-yil;
3-jild. I. Karimov, «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», Tosh­kent, «O`zbekiston», 1996-yil;
4-jild. I. Karimov, «Bunyodkorlik yo'lidan», Toshkent, «O`zbekiston», 1996-yil;
5-jild. I. Karimov, «Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi», Toshkent, «O`zbekiston», 1997-yil;
6-jild. I. Karimov, «Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida», Toshkent, «O`zbekiston», 1998-yil;
7-jild. I. Karimov, «Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan qura-miz», Toshkent, «O`zbekiston», 1999-yil;
8-jild. I. Karimov «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz». Toshkent, «O`zbekiston», 2000-yil;
9-jild. I. Karimov «Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz». Toshkent, «O`zbekiston», 2001-yil;
10-jild. I. Karimov «Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq кегак». Toshkent, «O`zbekiston», 2002-yil;
11-jild. I. Karimov «Biz tanlagan yo'l - demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo'li». Toshkent, «O`zbekiston», 2003-yil;
12-jild. I. Karimov «Tinchlik va xavfsizligimiz o'z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat'iy irodamizga bog'liq». Tosh­kent, «O`zbekiston», 2004-yil;
13-jild. I. Karimov «O`zbek xalqi hech qachon, hech kimga qa-ram bo'lmaydi». Toshkent, «O`zbekiston», 2005-yil;
14-jild. I. Karimov «Inson, uning huquq va erkinliklari - oliy qadriyat». Toshkent, «O`zbekiston», 2006-yil;
15-jild. I. Karimov «Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlami chuqurlashtirish, ma'naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning ha­yot darajasini oshirish - barcha ishlarimizning mezoni va maqsadi-dir». Toshkent, «O`zbekiston», 2007-yil;
I. Karimov O'zbekiston Qahramoni unvoni (1994-y.), «Musta-qillik» (1996-y.)., «Amur Temur» (1998-y.) ordenlari sohibi. I. Ka­rimov xalqaro munosabatlarni rivojlantirishdagi salmoqli hissasi uchun bir qator xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlar-ning orden va medallari bilan mukofotlangan. U O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi (1994-y.), nufuzli xalqaro akademiya-larning faxriy a'zosi.
* * *
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5-bo'limining XIX bobida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maqomi belgilab beril-di. Unga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo'lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O'zbekiston hududida muqim yashagan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti O'zbekiston Respublikasining fuqa-rolari tomonidan umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan yetti yil muddatga saylana-di. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzodlar soni cheklanmaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida say­lovchilarning kamida 50 foizi qatnashgan taqdirda saylov haqiqiy deb hisoblanadi. Umuman O'zbekiston Respublikasi bo'yicha ovoz berishda qatnashgan saylovchilar ovozlarining yarmidan ko'pini olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Prezidentni say lash tartibi O'zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida»gi Qonu-ni bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining dav­lat qurilishi sohasidagi tajribasidan unumli foydalanish maqsadida vakolati tugashi munosabati bilan iste'foga chiqqan Prezident umr-bod Oliy Majlis yuqori Palatasi - Senati a'zosi lavozimini egallashi ko'zda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti o'z vazifasini ba-jarib turgan davrda boshqa haq to'lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo'lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimni ijro etishga kirishish chog'ida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qasam-yod qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya tomonidan davlat, xo'jalik, ijtimoiy-madaniy qurilish, xalqaro munosabatlar so-hasida unga berilgan vakolatlarini amalga oshirish maqsadida Kons­titutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo'lgan far-monlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o'z vazifasini bajara olmasligi Oliy Majlis tuzgan davlat tibbiy komissi­yasi xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda o'n kun muddat ichida Oliy Majlisning favqulodda yig'ilishida deputatlar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. Bu holda uch oy muddat ichida O'zbekiston Respublikasi Preziden­tining umumxalq saylovi o'tkazilishi shart.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning na-tijasini, davlatimizning xalqaro maydondagi obro'-e'tiborini, jahon taraqqiyotiga qo'shayotgan munosib hissasini mamlakat fuqarolari ham xorijdagi siyosatdonlar va davlat arboblari ham tan olmoqdalar.
Tarixan g'oyat qisqa muddatda qo'lga kiritilgan yutuqlar mazmun-mohiyati va butun ko'lami bilan bir necha o'n yilliklarga teng. Zotan, qisqa fursatda jamiyatni tubdan o'zgartirish, huquqiy demokratik davlatni vujudga keltirish turmushimizga demokratik ja­rayonlarni chuqurlashtirish borasida katta ishlar amalga oshirildi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, jamiyatni takomillashti­rish, aholi dunyoqarashi va tushunchalarini yangi g'oyalar bilan boyitish uzoq muddatli jarayon. Yoki boshqacha qilib aytganda O'zbekistonning yangi asrdagi dasturiy faoliyatidir. O'tish davri-dek hozirgi murakkab, ziddiyatli, keng miqyosli islohotlar avj olgan bir paytda esa Davlat boshqaruvidagi izchillikning saqlab turilishi, boshlangan og'ir va xayrli ishlarni bir me'yorda olib borish va oxi-riga yetkazish jamiyat hayotida ham, fuqarolar hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Oliy Majlisning mamlakat-da Prezident vakolatini 2000-yilgacha cho'zish yuzasidan umumxalq referendumini o'tkazish to'g'risida qabul qilingan qarori shu qaror asosida o'tkazilgan referendum katta siyosiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Qolaversa, mazkur qaror va uning sharhlarida boshqa yana bir qator o'ta muhim, har bir fuqaro hayotiga daxldor masalalar aniq ko'rsatib berilgan.
Shu yerda kitobxon e'tiborini bir narsaga tortmoqchimiz. Rivoj-langan mamlakatlarda (deylik, Amerika Qo'shma Shtatlari, Germa-niya, Fransiya, Koreya va boshqalar) Prezident almashinuvi yoki saylovlari va boshqa siyosiy hodisalar oddiy fuqarolar yoki umuman jamiyat hayotida keskin burilishlarga sabab bo'lmaydi. Chunki, ular uchun aniq qonunlar asosida o'zlarini o'zlari boshqarish hayot tarziga aylanib qolgan. Demak, amaldagi qonunlar bo'yicha faoliyatlarini davom ettiraveradilar. Prezident esa jamiyat taraqqiyotining umumiy yo'nalishlarini, davlat siyosatining asosiy tamoyillarini yangi tari­xiy sharoitlarda, yangicha ehtiyojlar nuqtai nazaridan boyitib boradi, xolos.
O'tish davrida esa vaziyat boshqacha - ancha murakkab. Har qanday davlat siyosatida, endigina shakllanayotgan boshqaruv tizi-mi va qonunchilikda izchillikning saqlab turilishi tabiiy va sama­rali hodisa sifatida baholanadi. Qolaversa, ta'bir joiz bo'lsa, xalq iborasi bilan aytganda, «kechuvda otlar almashtirilmaydi». Chunon-chi, qo'shni mamlakatlarda yuz berayotgan noxush voqealar bunga yaqqol misol bo'la oladi. Masalan, shundoq ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat chigal bo'lgan Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Tojikiston-da davlat rahbarlari to'rt marta, Ukraina, Belorus, Moldova, Boltiq bo'yi mamlakatlarida 3-4 martadan almashdi. Har qanday mamla-katda siyosiy barqarorlik mavjud bo'lgan sharoitdagina ishlab chiqa-rishdagi muvozanat, iqtisodiy va ijtimoiy, umuman har tomonlama barqarorlik to'la saqlanishi mumkin.
Majlisda qayd etilganidek, 2000-yilning 9-yanvari musta­qil O'zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo'lgan, davlatimizning XXI asrdagi taqdiriga va taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi. O'zbe­kiston fuqarolarining aksariyati hozirgi davlat boshlig'ining rahbarligi ostida va tashabbusiga ко'ra amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlami qo'llab-quvvatlagan holda Islom Karimov nomzodi uchun ovoz berdi. Bo'lib o'tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o'tganligidadir. Say-lovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular o'z xohish-irodasiga binoan, o'zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. Shak-shubhasiz, bu hoi jamiyatimizda fikrlar xilma-xilligi va qarashlarning turlicha bo'lishi uchun katta turtki beradi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqti­sodiy hayotining yanada erkinlashtirilishiga zamin hozirlaydi.
2000-yil 11-yanvarda O'zbekiston Respublikasi Markaziy say­lov komissiyasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlis kun tarti-bi bitta masalaga - 2000-yil 9-yanvar kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga bag'ishlandi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan kelib tushgan bayonnomalar asosida shuni aniqladiki, 9-yanvarda bo'lib o'tgan saylovda ro'yxatga olingan 12 million 746 ming 903 saylovchidan, 12 million 123 ming 199 say-lovchi ishtirok etdi. Bu esa ro'yxatga olingan saylovchilarning umu-miy miqdorining 95,10 foizini tashkil etadi. Fidokorlar milliy de­mokratik partiyasining nomzodi ko'rsatilgan Islom Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,90 foizi ovoz berdi. O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko'rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161 saylovchi yoki 4,17 foiz saylovchi ovoz berdi.
O'zbekiston Respublikasining «O`zbekiston Respublikasi Pre­zidenti saylovi to'g'risida»gi Qonunining 35-moddasiga muvo­fiq, O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug'aniyevich Karimovning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to'g'risida qaror qabul qildi.
2007-yil 23-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'lib o'tdi.
Saylov muqobillik asosida mamlakatimiz Konstitutsiyasi va saylov qonunchiligida belgilangan demokratik tamoyillarga to'la muvofiq tarzda o'tdi. Unda O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O'zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhidan nomzodlar ishti­rok etdi.
14 ta saylov okrugi, 8266 ta saylov uchastkasi aloqa vositala-ri, kompyuter va orgtexnika, saylov qonunchiligi me'yorlariga oid adabiyotlar bilan ta'minlandi. Mamlakatimizning barcha hududla-rida okrug va uchastka saylov komissiyalari a'zolari uchun o'quv seminarlari tashkil etildi. Saylovchilar, avvalo, birinchi marta ovoz berayotgan saylovchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsa-dida saylov komissiyalari tomonidan ko'plab uchrashuvlar, seminar-lar, jumladan, televideniye va bosma ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda o'tkazildi.
Shuningdek, saylov jarayonining qariyb 23 ming 300 nafar ku-zatuvchi ishtirokida kuzatib borilishi ham saylovning ochiq va osh-kora o'tishini ta'minladi. Beshta xalqaro tashkilot - MDH, EXHT, SHHT, YevrAzES, IKT, 30 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan kelgan kuzatuvchilar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko'rsatgan siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruh vakillari saylovni kuzatib bordi. Bundan tashqari, saylov jara-yonini yoritishda 300 nafarga yaqin mamlakatimiz va xorijiy jurna-listlar ishtirok etdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlariga ko'ra, Islom Karimov 13 million 8 ming 357 yoki saylovda qatnashgan saylovchilar umumiy sonining 92,1 foizi ovozini oldi. Asliddin Rus-tamov 468 ming 64 ovoz - ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 3,17 foizi, Akmal Saidov 420 ming 815 ovoz -2,85 foizi, Dilorom Toshmuhamedova 434 ming 111 ovoz - 2,94 foizi miqdorida ovozga ega bo'ldi. Bunda byulletenlarning 2,94 foizi haqiqiy emas, deb topildi.
O'zbekiston mustaqilligining tarixan qisqa davri mobaynida erishilgan yutuqlar bevosita Islom Abdug'aniyevich Karimov nomi bilan bog'liq. Buni quyidagilarda ko'rish mumkin:

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish