R. Qosimjonovni Amir Temur ordeni bilan mukofotlash to'g'risida
Shaxmat bo'yicha 2004-yil jahon birinchiligida g'oliblikni qo'lga kiritib, xalqimizga xos yuksak intellektual salohiyat, mardlik va jasorat namunasini amalda namoyon etgani, Vatanimizning xalqaro maydondagi obro'-e'tibori va nufuzini oshirish, uning shuhratini butun dunyoga tarannum etishga qo'shgan ulkan hissasi uchun Rustam Qosimjonov Amir Temur ordeni bilan mukofotlansin.
O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent shahri, 2004-yil 14-iyul.
Keyingi yillarda sportning eng ommaviy turi - futbolga e'tibor katta davlat siyosatiga ko'tarilganini aytish joizdir. Bu borada «O`zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-maydagi 338-sonli qarori muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ushbu farmonda ko'zda tutilgan vazifalarni bajarish maqsadida bir qator amaliy ishlar qilindi.
Jumladan, Futbol bo'yicha Respublika oliy sport mahorati mak-tabi O'zbekiston futbol Federatsiyasining tasarrufiga o'tkazildi. Futbol bo'yicha murabbiylar va hakamlar respublika maktabi tashkil etildi.
Bolalar va o'smirlar futbol maktablarining hamda respublikada faoliyat ko'rsatayotgan futbol klublarining ish faoliyatini rag'batlantirish va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish masalalari bo'yicha O'zbekistonda futbolni rivojlantirish kompleks Dasturi ishlab chiqildi va uning ijrosi nazorat qilib borilmoq-da. Shunday qilib yuqorida sanab o'tilgan muhim amaliy chora-tadbirlar o'z samarasini bera boshladi. Shu o'rinda birgina 2006-yil natijalarini keltirish o'rinlidir. Ushbu 2006-yil Ommaviy sport tadbirlarining taqvim rejasiga asosan sportchilarimiz 300 ta xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etib, 325 ta oltin, 325 ta kumush, 405 ta bronza, jami 1055 ta medallarni qo'lga kirit-dilar.
2006-yil mobaynida 346 ta respublika musobaqalari va 150 ta o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazildi. Mazkur taqvim reja 2006-yil 28-noyabr - 15-dekabr kunlari Doxa shahrida (Qatar) bo'lib o'tgan XV Yozgi Osiyo o'yinlarida ishtirok etishi, Turino shahrida (Italiya) XX qishki va 2008-yil Pekin shahrida (Xitoy) XXIX Yozgi Olimpi-ya o'yinlariga munosib qatnashish uchun eng muhim bosqich hisob-landi.
O'zbekistonda sportchilarning yutuqlarini quyidagi jadvalda ko'rish mumkin:
11-22-avgust kunlari Pekin shahrida (Xitoy) bo'lib o'tgan yen-gil atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida Svet-lana Radzivil balandlikka sakrashda birinchi o'rinni egallab, oltin niedalga sazovor bo'ldi. 24-30-sentabr kunlari Guanjou shahrida (Xitoy) bo'lib o'tgan erkin kurash bo'yicha jahon chempionatida Ar-tur Taymazov 120 kg vazn toifasida 1-o'rinni egallab, oltin medalga sazovor bo'ldi.
28-noyabr - 15-dekabr kunlari Doxa shahrida (Qatar) XV yozgi Osiyo o'yinlari bo'lib o'tdi. Ushbu o'yinlarda O'zbekiston sport de-legatsiyasi 31 sport turidan 336 kishi ishtirok etdi. Mamlakat sport-chilari XV yozgi Osiyo o'yinlarida 11 ta oltin, 14 ta kumush va 14 ta bronza medallarni qo'lga kiritib, 45 ta davlatlar o'rtasida 7-o'rinni egalladilar.
2007-yil 14-aprel kuni jahon sportida ulkan tarixiy voqea yuz berdi. Mutloq og'ir vazndagi boks bo'yicha musobaqada o'zbekistonlik Ruslan Chagayev jahon chempioni bo'ldi. U o'zidan 28 santimetr baland va 41 kilogramm og'ir bo'lgan afsonaviy boks-chi Nikolay Valuyev ustidan yuksak mahorat bilan g'alaba qozonib, o'zbek milliy boks maktabining qudratini dunyoga namoyon etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |