O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Download 1,87 Mb.
bet145/172
Sana13.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#899413
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Mavzuga doir material
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-oktabrdagi qaroridan

  1. Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Va­zirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ma'naviy-ma'rifiy sohaga daxldor bo'lgan vazirlik va idoralar tomo­nidan yoshlar masalalarini, avvalambor ularning dolzarb muam-molarini yechish, jamiyatdagi o'rni va mavqeyini oshirishda yo'l qo'yilayotgan sovuqqonlik, beparvolik va mas'uliyatsizlik holatlari-ni bartaraf etish, eng asosiysi, hayotga kirib kelayotgan avlodning ij­timoiy faolligini kuchaytirish, bu borada «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga suyanish va tayanish vazifasi mazkur davlat tashkilotlari faoliyatining muhim yo'nalishi, deb hisoblansin.

  2. Vazirlar Mahkamasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat­da tashkilotning Dasturi va Nizomiga tegishli o'zgartishlar kiritish, uning tarkibiy tuzilmasini yangitdan tasdiqlash, moddiy-texnik ba-zasini mustahkamlash,faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.

  1. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Maslahat kengashining Harakatning navbatdagi II qurultoyini 2006-yil noyabr oyining oxi-rida o'tkazish va uning faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha ishlab chiqiladigan dasturni kun tartibining asosiy masalasi sifatida belgilash haqidagi taklifi qabul qilinsin.

  1. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi qurulto-yiga tayyorgarlik ko'rish hamda uni o'tkazish bo'yicha boshlang'ich va quyi tashkilotlarning takliflari asosida tayyorlangan chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq ma'qullansin va qurultoyni o'tkazish hamda yoritishda Harakat faoliyatini chuqur tahlil qilib, tanqidiy baho berish, mamlakatimiz yoshlari oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalarni hal etishga alohida e'tibor qaratish tavsiya etilsin.

* * *
2006-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respub­likasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining II Qurultoyi bo'lib o'tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 600 nafar delegat ishtirok etdi.
Anjuman qatnashchilari Markaziy Kengash raisi Akrom Ali-movning hisoboti hamda joylardagi Konferensiyalar davomida bildi-rilgan ko'pdan ko'p taklif va fikr-mulohazalarga asoslanib, yoshlar-ning talab va istaklaridan kelib chiqib tayyorlangan dastur va Nizom loyihasi bo'yicha ma'ruzani muhokama qildilar. Qizg'in muhoka-malardan so'ng «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining Dastur va Nizomi loyihasi bildirilgan fikr va takliflarni hisobga olgan holda tasdiqlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-oktabrdagi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatini qo'llab-quvvatlash va uning faoliyat samaradorligini yanada oshirish to'g'risida»gi qarorining joylarda bajarilishini o'rganish, joylarda yoshlar bilan olib borilayot-gan ishlar darajasini, yoshlarning mavjud muammolari va ulami hal etish ahvolini tahlil etish maqsadida tashkil etilgan Ishchi guruhlari 2007-yilning 12-25-fevral kunlari Respublikamizning barcha vilo-yatlarida bo'lishib, joylarda yoshlar bilan ishlash darajasini, bu bora­dagi mavjud muammolarini (ularning yechimini ham) tahlil etishdi, pirovardida yoshlarning mamlakat miqyosida yechimini kutayotgan muammolari, jumladan, harakat oldida turgan dolzarb masalalarni o'rganib, joylarda tegishli tashkilotlar bilan bu borada hamkorlikda faoliyat yuritish chora-tadbirlari belgilandi.
84 kishidan iborat maxsus komissiya har biri 6 kishidan iborat bo'lgan ishchi guruhlarga bo'linib, barcha viloyatlarga xizmat sa-fariga chiqishdi. Joylarda ularga viloyat boshqarmalari, tashkilot-lari, muassasa va korxonalari vakillari biriktirildi. Ishchi guruhla­ri a'zolari uchun tegishli savolnomalar ishlab chiqilib, o'rganishlar mobaynida asosiy e'tibor quyidagi uch yo'nalishga qaratildi.
Tashkil etilgan ishchi guruhlari 2007-yilning 12-25-fevral kun-lari Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahrining 199 tumanida bo'lishib, joylarda yoshlar bilan ishlash darajasini, bu boradagi mavjud muammolarini (ularning yechimini ham) tah-lil etishdi, pirovardida yoshlarning mamlakat miqyosida yechimini kutayotgan muammolari, jumladan, harakat oldida turgan dolzarb masalalarni o'rganib, joylarda tegishli tashkilotlar bilan bu borada hamkorlikda faoliyat yuritish chora-tadbirlarini belgilashdi.



Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish