Qashqadaryo vohasining zumrad gavhari
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar!
Bugun qadimiy Kesh vohasida katta bayram, katta tantana.
Alloh nazari tushgan Vatanimiz tarixining eng ko'hna va teran ildizlaridan biri bo'lgan qadimiy va doimo navqiron Shahrisabz bugun o'zining 2700 yillik qutlug' to'yini nishonlamoqda. Dunyoga o'zining ko'rk-u kamoli, qaddi-bastini namoyon qilmoqda.
Bu go'zal shahar bugun mana shu zaminning umrboqiy qadri-yatlarini, O'zbekiston deb atalmish yurtimizning naqadar qadimiy va muqaddasligini butun jahonga namoyon etmoqda.
Qadrli do'stlar!
Shahrisabz deganda, biz, avvalo, olis zamonlarda ajdodlarimiz yashagan, tarixda goh Gava So'g'da, goh Nautaka, goh Kesh deb nom olgan qadimiy makonni tasavvur qilamiz.
Bu shahar o'zining uzoq o'tmishi davomida ne-ne kunlarni ko'rmadi. Tarix to'fonlari, bosqinlar oqibatida necha bor vayronaga aylanib, kultepalar ustidan necha bor qayta tiklandi.
Ammo na zamonning murakkab sinovlari, na istilo-yu urushlar, na tabiiy ofatlar bu shaharni tarix sahifasidan o'chira olmadi.
Shu tabarruk zaminda dunyoga kelib, uning tarbiyasini olib voyaga yetgan, doimo mag'rur bo'lib yashagan insonlar ming yillar davomida mardlik va bunyodkorlik namunalarini dunyoga namoyon etib keldi.
Shahrisabz deganda, dastavval, xayolimizda o'zining aql-zakovati, beqiyos salohiyati bilan jahonni hayratga solgan Amir Temur bobomizning o'lmas siymosi jonlanadi.
Shahrisabz bu ulug' zotning beshigini tebratgan, uni kamolga yetkazgan mo'tabar maskandir. Bobokalonimizning el-ulusni bir-lashtirish, ona diyorimizni bosqinchilardan ozod qilishida, jahon tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk va qudratli davlat qurishida aynan shu zamin unga kuch-quvvat va madad bergan. Amir Temur bobomiz Shahrisabz va Kesh vohasini joni-dilidan sevgan, qadrla-gan, hatto o'z saltanatining poytaxti qilmoqchi bo'lgan. Bu yerda qanchadan-qancha go'zal va betakror inshootlarni barpo etib, shaharni qayta qurib, butun dunyoga tanitgan, uning rivojiga cheksiz hissa qo'shgan.
Sohibqironning: «Kimki bizning qudratimizni bilmoqchi bo'lsa, biz qurgan imoratlarni kelib ko'rsin», degan so'zlari bugun ham o'z ma'no-mazmunini yo'qotgan emas.
Shahrisabz deganda, tasavvurimizda, avvalo, mangu yashil shahar yulduzlarga to'la beg'ubor osmon, yuksak Hisor tog'lari namoyon bo'ladi.
Va tabiiyki, Shahrisabz deganda, biz «Ilm-u adab qubbasi» deb e'tirof etilgan ilm-fan, madaniyat va nafosat maskanini anglaymiz. Bu shahar qadim-qadimdan o'zining qo'li gul ustalari, mohir hunar-mandlari bilan shuhrat qozongan.
Mana shu zaminda qad ko'targan, yetti iqlimga ma'lum va mashhur Oqsaroy, Dorus-saodat, Dorut-tilovat, Ko'kgumbaz kabi muhtasham obidalar va boshqa betakror me'moriy yodgorliklar, shu tuproqdan topilgan noyob osori-atiqalar bu haqiqatni yaqqol tasdiq-laydi.
Shu muborak yurt farzandlari bo'lgan Abu Muhammad Keshiy, Shamsiddin Kulol va Hazrati Bashir kabi aziz-avliyolar, Firoqiy va Xiromiy, Ravnaqiy va Faqiriy singari shoir-u allomalar Shahrisabz dovrug'ini dunyoga taratgan.
Jahon madaniyati xazinasiga beqiyos hissa qo'shgan Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil, Mirzo G'olib kabi mumtoz siymolarning nasl-nasabi Shahrisabz zaminidan chiqqani ham bu tuproqning ilo-hiy xosiyatidan dalolat beradi. Shu o'rinda, aziz do'stlarim, sizning e'tiboringizni sirli bir alomatga qaratmoqchiman.
Jahongir Mirzo maqbarasi yonida bugun ham yashnab tur-gan qadimiy chinorlarni ko'pchiligimiz ko'rganmiz. Men har gal bu yerda bo'lganimda, bunday daraxtlar faqat muqaddas joylarda o'sadi, degan fikr beixtiyor ko'nglimdan o'tadi. Balki bu chinorlar-ning niholini bir paytlar Amir Temur bobomiz o'z qo'li bilan ekkan bo'lsa, ajab emas, deb o'ylayman.
Va Shahrisabzning muqaddas timsollari bo'lmish bu azamat da-raxtlarni ilohiy bir kuch asrab, bugungi va kelajak avlodlarga yetka-zib kelayotgandek tuyiladi.
Aziz do'stlar!
Bugun Shahrisabz fayz-u tarovati bilan ko'zlarni qamashtirib, jahon e'tiborini o'ziga qaratib turibdi. U jahon sivilizatsiyasining eng qadimiy shaharlaridan biri sifatida nufuzli xalqaro tashkilot bo'lmish YuNESKO tomonidan e'tirof etilgan va Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.
Hech shubhasiz, Shahrisabz va Qashqadaryo vohasining naqadar katta tarixiy va madaniy merosga ega ekani, uning betakror yer osti va yer usti boyliklari haqida gapirishimiz bugun albatta o'rinlidir. Bugun bu haqiqatni nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyo tan olmoqda.
Lekin mendan bu yurtning eng haqiqiy boyligi haqida so'rasa, hech ikkilanmasdan, Yaratganning nazari tushgan bu yurtning asosiy boyligi mana shu zaminda yashayotgan bag'rikeng, mard va oriyat-li, ko'p-ko'p qiyinchilik va sinovlarda toblangan, yaxshilikni hech qachon unutmaydigan Qashqadaryo eli va xalqi, deb javob bergan bo'lur edim.
Men siz, Qashqadaryolik qadrdonlarim bilan yelkama-yelka, hamfikr bo'lib mehnat qilgan, hayotimning aziz damlariga aylangan kunlarimni hech qachon unutmayman. O'sha murakkab davrda sizlar menga bildirgan hurmat va ishonchni, ta'bir joiz bo'lsa, menga qanot berganingizni umrbod minnatdorlik bilan eslayman.
Qadrli vatandoshlar!
Bizning istiqlol yillarida Shahrisabz markazida sohibqiron Amir Temur bobomizning muazzam haykalini tiklaganimiz, bu muborak zaminda yotgan buyuk zotlarning maqbaralarini obod qilib, ajdodlarimiz ruhi oldidagi farzandlik burchini ado etganimiz yangi tarixi-mizdagi katta unutilmas voqeadir.
Bu yurtning chiroyiga chiroy, salohiyatiga yana salohiyat qo'shadigan ibratli ishlarni davom ettirishimizga hech qanday shubha yo'q. Va Shahrisabz nafaqat dehqonchilik, sanoat, hunarmand-chilik va madaniyat maskaniga, balki butun dunyodan ziyoratchi va sayyohlar oqib keladigan go'zal va zamonaviy shaharga aylanishi muqarrar.
Bu yil Shahrisabz, butun Qashqadaryo ahlining barcha sohalarda omadi keldi. Men fursatdan foydalanib, qishloq xo'jaligi uchun tabiiy sharoit og'ir bo'lgan mana shu mavsumda belni mahkam bog'lab, fidokorona mehnat qilgan, mamlakatimizda eng ko'p - 684 ming tonnadan ziyod g'alla, 420 ming tonnadan ortiq paxta hosili yetish-tirgan azamat dehqonlarni, siz lafzi halol qashqadaryoliklarni qo'lga kiritgan ulkan g'alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman va o'zimning cheksiz hurmatimni bildiraman.
Hurmatli do'stlar!
Mana shu unutilmas, quvonchii kunda mening suyanchim, tayanchim bo'lgan siz, Qashqadaryo yoshlariga, sizning timsolingiz-da butun O'zbekiston yoshlariga bir da'vat bilan murojaat qilmoq-chiman.
Aslida bu mening da'vatim emas, balki ulug' ajdodlarimizning bizga qoldirgan o'lmas ma'naviy o'gitlaridir. Men shu da'vatni siz-larga yana bir marta eslatmoqchiman.
G'urur-iftixorimiz timsoli bo'lmish Amir Temur bobomizning xuddi shu zaminda turib, kelgusi nasllarga qarata aytgan «Biz kimffliz kimlarning avlodimiz?» degan so'zlari hech qachon yodingiz-dan'chiqmasin.
Toki yuragingizda o't, bilagmgizda kuch-qudrat bor ekan, O'zbekiston jahon hamjamiyatida o'z о'mini egallab borayotgan bugungi kunda ana shu da'vatga hamisha munosib bo'ling.
Biz dunyoda hech kimdan kam bo'lmaymiz, deb ko'targan istiqlol bayrog'ini, hurriyat bayrog'ini sizlar yanada baland ko'tarasiz, deb ishonaman.
Aziz vatandoshlarim!
Men ushbu hayajonli lahzalarda Shahrisabz elini, butun xalqi -mizni bugungi shodiyona bilan yana bir bor qutlar ekanman, sizlar-ning ochiq chehrangizga boqib, mana shunday yorug' kunlarimiz ko'p bo'lsin. Qashqa vohasining zumrad gavhari - Shahrisabz dunyo turguncha tursin, deyman.
Ikki ming yetti yuz yillik tarixni o'z yelkasida ko'tarib turgan bu afsonaviy shahar qoshida bosh egib, uning shuhratini dunyoga tarannum etayotgan siz, aziz yurtdoshlarimga ta'zim qilaman.
Men noyob asriy obidalarimizni ko'z qorachig'idek saqlab kelayotgan, keng ko'lamdagi ta'mirlash va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirayotgan, yangi-yangi inshootlar barpo etayotgan mohir quruvchi va ustalarimiz, muhandis va me'morlarimizga, mana shu savobli ishlarga munosib hissa qo'shayotgan barcha insonlarga o'z nomimdan, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman.
Bugungi shodiyonamizda ishtirok etayotgan UNESKO xalqaro tashkiloti va xorijiy elchixonalar vakillariga chin dildan tashakkur aytaman.
Hammangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringiz-ga fayz-u baraka yor bo'lsin.
Shahrisabzning 2700 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi so % 2002-yil 1-noyabr
Do'stlaringiz bilan baham: |