UNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Maykl Barri Leyn O'zbekiston bosh kentining Islom madaniyati poytaxti, deb e'lon qilinishi munosib maqom, deb baholadi.
Toshkentda «Jahon madaniyati yodgorliklari» ro'yxatiga ki-ritilgan Usmon qur'oni hamda Beruniy kutubxonasi saqlanmoqda, Baroqxon, Ko'kaldosh madrasalari, Qaffol Shoshiy, Shayx Xovand Tohur, Yunusxon, Zangi ota yodgorlik majmualari binolari asrab-avaylab kelinmoqda. 2007-yilda ushbu muhim voqea munosabati bilan UNESKO Markaziy Osiyo islom merosiga bag'ishlangan xalqaro konferensiyani Toshkentda o'tkazishni rejalashtirmoqda, - deb ta'kidladi UNESKO vakolatxonasining rahbari.
Toshkentda istiqomat qilayotgan har bir inson shaharning madaniy va tarixiy muhitini qalban his qiladi, - deydi BMT Aholi zichligi fondi (UNFPA)ning O'zbekistondagi vakili Xolid Filbi. -Muzeylar va madrasalarning mahobatli binolari, Toshkent islom universiteti faoliyatida aks etayotgan sermazmun islom madaniyati shaharni butun Osiyo qit'asidagi eng yorqin islom madaniyati mar-kazlaridan biri, deb e'tirof etilishiga sababchi bo'lgani tabiiydir.
Uzoq tarixdan boshlaboq musulmon dunyosi tarixida asosiy o'rinlardan birini egallab kelgan, jahonga Buxoro, Samarqand, Xiva-ni tuhfa etgan O'zbekistonning go'zal poytaxti eng muhim islomiy markazlardan biri, deb e'tirof etilishiga har tomonlama munosib.
- Ushbu to'g'ri va adolatli qarorning qabul qilinishi O'zbekistonning boy islomiy madaniyati bilan bog'liq ekanligiga shubha yo'q, - dedi Fransiyaning O'zbekistondagi elchisi Jan Bernar Art ISESCO qarorini sharhlar ekan. - Musulmon olami-ning jahonga mashhur qator olimlari, faylasuf va shoirlari ushbu mamlakat hududida yetishib chiqqanlar. Toshkentning islom madaniyati poytaxtlaridan biri, deb tan olinishi jahon jamoatchiligiga O'zbekistondagi boy islomiy meros bilan yaqindan tanishish imko-nini berishiga shubha yo'q.
«O`zbekiston bunday e'tirofga loyiqdir, - deydi Buyuk Bri-taniyaning O'zbekistondagi elchisi Devid Moran. - Musulmon olamining eng muhim yodgorligi - Usmon qur'oni O'zbekistonda saqlanadi. Toshkentning islom madaniyati poytaxtlaridan biri, deb e'tirof etilishi G'arb jamoatchiligida uning boy va o'ziga xos tarixiy-madaniy hamda ma'naviy merosiga qiziqishni kuchaytiradi.
O'zbekiston xalqi Toshkent bilan bir qatorda Samarqand, Buxoro, Xiva kabi ulug'vor hamda go'zal shaharlari bilan har qancha faxr-lansa arziydi.
- Toshkentning o'tmishi va qadimdan saqlanib kelayotgan boy merosini e'tiborga olgan holda mazkur qaror adolatli qabul qilingan, deb hisoblayman.
O'zbekiston shaharlari islom dini va madaniyati bilan cham-barchas bog'liq bo'lgan ko'plab me'morchilik yodgorliklari ila dun-yoda nom taratgan. Qadimiy Buxoro va Samarqand shaharlari ham Toshkent bilan bir safdan joy olishga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |