O'zbekiston Respublikasi Prezidentining FARMONI Shahrisabz shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to'g'risida
Shahrisabz shahri ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va ma'naviy merosini, noyob tarixiy yodgorliklarini asrab-avaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tar-biyalash va ularni ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga yetkazish ishiga qo'shgan alohida xiz-matlarni e'tiborga olib hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Shahrisabz shahri «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlansin.
O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti I. KARIMOV
Vatanimiz madhiyasining tantanavor ohanglari ostida Islom Karimov ramziy lentani qirqib, Sohibqiron haykalini ochdi. Prezident haykal poyiga gulchambar qo'ydi. Maydonda yig'ilgan jamoat oldida Shahrisabz shahri bayrog'iga «Amir Temur» ordenini qadab qo'ydi va katta nutq so'zladi. «Ulug' zotlarning tarix osmoniga yuksala-digan manzillari bo'ladi. Butun Sharq olamida «ilmu adab qub-basi» deya e'tirof etilgan Shahrisabz hazrati Amir Temur uchun ana shunday parvoz nuqtasidir. Biz Sohibqiron bobomizning qutlug' to'yini o'tkazayotgan shu kunlarda eng avvalo bu zoti sharifni dunyoga keltirgan va voyaga yetkazgan el dahosiga va tabarruk zaminga ta'zim qilamiz», - deb ta'kidladi u. Bu so'zlar xalqimizning ezgu tuyg'ularini o'zida mujassam etadi.
1996-yilning 18-oktabri. Muborak juma kuni. Bu kun mustaqil-ligimiz tarixiga alohida sana bo'lib qo'shiladi. Chunki, xuddi shu mo'tabar kunda bobokalonimizning shon-shavkati, tarixiy adolat butun mamlakatimiz - mustaqil O'zbekiston davlatida qayta tiklandi. Amir Temurning qadr-u qimmati xalqaro miqyosda joyiga qo'yildi. Xalqimiz boy o'tmishi, jahonni lol qoldirgan tarixi, beqiyos mada-niyati, ulug' ajdodlari merosini yana bir bor jahonga namoyon qildi. Bu buyuk kelajak sari sobitlik bilan borayotgan xalqning ma'naviy hayotida unutilmas ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
Olti yillik muddat - tarix uchun bir lahza, bamisoli bepoyon osmon kengliklarida chaqnagan chaqin kabidir. Biroq, istiqlolning murakkab, dolg'alarga to'la, ziddiyatli bir paytida xalqimiz boy ma'naviyatini, mislsiz iqtidorini, beqiyos irodasini yaqqol namoyon qildi. Ayni ana shu muddatda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar salmog'i va ko'lami bilan bir necha o'n yilliklarga teng keladi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatda tinchlik va oso-yishtalikni ta'minlash, iqtisodiy barqarorlikka erishish, sobiq ittifoq bir-biriga ulab tashlagan moddiy zanjirlar uzilgach, ularning o'rnini qoplaydigan yangi imkoniyatlarni izlab topish lozim edi.
Mustaqillik davri torn ma'noda hazrati Temurning qayta tug'ilish davri bo'ldi. U bobokalonimiz vasiyatlarining ro'yobga chiqayotgani bilan alohida qimmatlidir. Amir Temurga munosabat, uning tarixiy xizmatini munosib baholash va izzatini o'rniga qo'yishda shaxsan Prezident I. Karimovning o'zi tashabbuskor bo'ldi. Barcha tadbirlar-ning borishini kuzatib madad berib turdi. Sohibqiron kunlarini dun-yoviy voqeaga aylantirishga butun imkoniyatini ishga soldi. Endi haqli savol tug'iladi: Xo'sh, Amir Temur Islom Karimovga nima uchun kerak? Buni Prezident quyidagicha izohlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |