PARIJ. 1996-yiI 21-24-aprel
Amir Temur hazratlari 660 yillik to'yining 1996-yil 21-24-aprel kunlari Fransiya poytaxti jahon madaniyati sarvari bo'lgan Parij shahrida UNESKO tashabbusi va rahbarligida nishonlanishi, unda O'zbekiston Prezidenti I. Karimovning ishtirok etishi va katta nutq so'zlashi ulkan voqeaga aylandi.
Darhaqiqat, buyuk Sohibqiron tavalludining insoniyat ma'naviy qudrati va tafakkurining mo'jizasi bo'lgan Parij da, xalqaro madaniyat va ma'rifat muassasasi UNESKO boshchiligida nishonlanishi bundan atigi besh yilgina burun mustaqillikka erishgan yosh O'zbekiston tarixida muhim voqea bo'ldi.
O'zbekiston rahbariyati, xususan, Prezident Islom Karimov va UNESKO Bosh direktori F.Mayor janoblarining sa'y-harakatlari tu-fayli amalga oshirilgan bu tadbirlar mamlakatimizni Amir Temur siymosida, u homiylik qilgan madaniy, ma'naviy meros orqali yana bir karra dunyoga tanitdi.
UNESKO qarorgohida «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» mavzuida xalqaro konferensiya va ko'rgazma uyushtirildi. O'zbek san'at ustalari Parijdagi «Odson» teatri va UNESKO qarorgohida katta konsert dasturlarini namoyish etishdi. Parij va UNESKO doirasida butun dunyo uni beqiyos zavq-u shavq, olqishlar bilan kutib oldi.
UNESKOning o'sha paytdagi bosh direktori F.Mayor mazkur tashkilot Kengashining 149-sessiyasida O'zbekiston Prezidentiga so'z bera turib, o'zbek xalqi, uning ko'p ming yillik madaniyatini astoydil yaxshi ko'rib qolganini, shunday mashaqqatli o'tish davrida mamla-katni boshqarayotgan inson irodasiga qoyil qolmay iloji yo'qligini alohida ta'kidlagan edi. Buni uning I. Karimov nomlariga yuborgan tabrik xatidan ham bilsa bo'ladi. Jumladan unda shunday deyiladi:
Mavzuga doir material
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov janobi oliylariga!
...Samarqand, Buxoro va Xivaga qilgan safarim hayotimdagi hayajonli damlarim bo'ldi. U yerlar ertaklardagi kabi afsonaviy va tarixiy joylardir.
Men ipak yo'li shu joylardan o'tib, madaniyatlar va dinlar-ning bir-biriga kirib kelishiga va Sharq bilan G'arbning muloqotiga ko'maklashganini tasavvur etishga harakat qildim. Men borgan joy-lar insoniyat taqdirlari chorrahalari o'tgan buyuk shahariar edi.
Hozir biz, tarix bilan hisoblashgan holda, ipak yo'li tinch-ijk va muloqot yo'li sifatida xizmat qilishini davom ettirishga ko'maklashmog'imiz lozim.
Men Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro institutini ochish sha-rafiga muyassar bo'ldim. Bu institut ushbu orzu-umidlarni amalga oshirishda UNESKO tomonidan berilgan yordamning chinakam na-munasidir.
Sizning UNESKOning barcha vakolatlari doirasidagi faoliyati bilan chuqur qiziqishingizdan mamnun bo'lganimni aytishimga ham ijozat bergaysiz.
O'zbekiston hukumati bilan UNESKO o'rtasida bahamjihat harakatlari to'g'risidagi memorandumning imzolanishi yutuqlari-mizni mustahkamladi va hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi.
Siz bilan biz har tomonlama muhokama qilgan ko'pgina masa-lalar yuzasidan hozirning o'zidayoq tegishli qarorlar qabul qilindi va kotibiyat bundan buyongi hamkorligimiz masalalari yuzasidan Sizning doimiy vakolatxonangiz bilan mustahkam aloqa qilib turadi.
Taklifingiz va mamlakatingizga tashrifim davomida menga ko'rsatgan olijanob mehmondo'stligingiz uchun Sizga va Siz orqali butun O'zbekiston Respublikasi xalqiga yana bir bor minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.
Pirovardida, UNESKOning qarorgohiga tashrif buyurish haqi-dagi taklifimni yana bir bor takrorlamoqchiman. YuNESKOning 50 yilligini bayram qilish davrida Sizni taklif etish bizga alohida sharaf va mamnuniyat baxsh etadi.
Men Sizga tashrifni 1996-yil aprel oyining oxirlarida yoki may oyining boshlarida, UNESKO Ijroiya Kengashining bahorgi sessiyasi ishlab turgan paytda amalga oshirishni taklif qilgan bo'lardim. Shu munosabat bilan Sizning, ehtimolki, Ijroiya Kengash huzurida so'zga chiqishingiz hamda shu davrda o'tkazish rejalashtirilayotgan temuriylar davri haqidagi O'zbekiston ko'rgazmasini ochishingiz biz uchun sharafli ish bo'lur edi.
Ijroiya Kengashining bahorgi sessiyasini o'tkazishning tasdiq-langan muddatlarini mening kotibiyatim UNESKO ishlari bo'yicha milliy komissiyangizga qo'shimcha ravishda ma'lum qiladi.
Janobi oliylari, Sizga zo'r ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Sizni tezroq ko'rish umidi bilan
Federiko Mayor,
UNESKO Bosh direktori.
Do'stlaringiz bilan baham: |