O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Download 1,87 Mb.
bet82/172
Sana13.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#899413
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Mavzuga doir materiallar
2007-yilda banklar jami kapitalining o'sish darajasi 40,4 foizni tashkil etib, uning miqdori 2008-yilning 1 yanvar holatiga ko'ra 1 502,6 mlrd. so'mga yetdi.
Banklarning kapitallashuv darajasini oshirish bilan birga, aholi va xo'jalik yurituvchi subyektlarning bo'sh pul mablag'larini depo-zitlarga jalb qilish asosiy vazifalardan biri bo'ldi. Banklarning jalb qilingan depozitlari 2007-yilda 1 284,7 mlrd. so'mga yoki 50,5 foiz­ga oshib, 2008-yil 1-yanvar holatiga 3 829,2 mlrd. so'mni tashkil qildi.
Bunda, aholining banklardagi omonatlari qoldig'i 46,6 foizga o'sib, joriy yilning 1 yanvar holatiga ko'ra 994,6 mlrd. so'mga yetdi hamda uning tarkibida muddatli va jamg'arma depozitlarning ulushi 85,1 foizni tashkil qildi.
Banklarning umumiy aktivlari 2007-yilda 28,7 foizga oshib, 2008-yil 1-yanvar holatiga 9 276,1 mlrd. so'mga yetdi.
Banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratilgan kre-ditlar qoldig'i 2007-yilda 16,2 foizga oshib, joriy yilning 1 yanvar holatiga jami kredit qo'yilmalari miqdori 4 757,4 mlrd. so'mni, jum­ladan uzoq muddatli kreditlar hajmi esa 3 713 mlrd. so'mni tashkil qildi.
Tijorat
Banklarni aksiyadorlik banklariga aylantirish jarayonining ja-dallashtirilishi natijasida ularning aksiyadorlari soni bir yil davomi­da 12,5 mintaga ko'paydi va joriy yil boshiga kelib 200 mingtaga yetdi. Eng muhimi esa aksiyadorlarning 68 foizini jismoniy shaxslar tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2007-yilda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «Paxtabank» va «Hamkorbank» yetakchi reyting kompaniyalarining xalqaro reytingini olishga muvaffaq bo'ldilar.
* * *
Hozirgi kunda «O`zmilliybank» - xalqaro moliya bozorlari-da mamlakat bank tizimining yaqqol timsolidir. Samarali boshqa-ruv mexanizmini, taraqqiyot strategiyasini tanlab olgan bank qat'iy ishonch bilan jadal rivojlana borib, o'z mijozlari o'rtasida profes­sional moliya muassasasi va ishonchli sherik sifatida mustahkam obro'ga ega bo'ldi.
Mamlakat moliyaviy industriyasining peshqadami bo'lgan maz-kur muassasaning kattagina resurs bazasi, O'zbekiston bank tizi-mi sarmoyasi jamlama hajmining 50 foizidan oshadigan sarmoyasi va aktivlari (respublika bank aktivlarining qariyb 62 foiz) Milliy bankka katta va uzoq muddatli kreditlar berish, investitsiyalarni jalb qilish uchun xalqaro moliya bozorida O'zbekiston banklari orasida eng yaxshi mavqega ega bo'lish imkonini berayotir.
Bank yil sayin O'zbekiston moliya bozorining barcha ustuvor segmentlarida ishtirokini kengaytirib bormoqda. 2006-yil ham bun-dan mustasno bo'lmadi.
Bankning xalqaro aloqalari faol rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda Milliy bankning vakillik tarmog'i 612 dan ortiq yetakchi xalq­aro banklarni o'z ichiga olgan.
2006-yil yakunlari bo'yicha «O`zmilliybank»ning milliy valuta-da jamlama balansi hajmi 3 854 milliard so'mni tashkil etdi.
O'tgan yil mobaynida bank daromadi 40,2 milliard so'mga yetib, uning kapitali esa 27 milliard so'm ko'payib, 497 milliard so'mdan ortdi.
Milliy bankning kredit portfeli hajmi 2007-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, 2,1 trln. so'mni tashkil etdi. Bunda Milliy bank kredit portfe-lining asosiy ulushi uzoq muddatli kreditlarga to'g'ri kelib, ularning solishtirma hajmi bankning kreditlar berish ishida 65,6 foizga teng bo'ldi. Bank aylanma kapitalni, eksport va importni moliyalash, lo-yihalarni moliyalash uchun bir yilgacha (qisqa muddatli kreditlar) va bir yildan ortiq (uzoq muddatli kreditlar) muddatga kreditlar ham bermoqda.
Bankning 2006-yilga mo'ljallagan kredit siyosatiga muvofiq, berilgan kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini taraqqiy et-tirish, ishlab turgan korxonalar modernizatsiyasini moliyalash va yangi yuksak samarador korxonalarni joriy qilish, kichik biznesni qo'llab-quvvatlash, mahalliy xomashyo resurslarini qayta ishlashga asoslangan, import o'rnini bosuvchi iste'mol tovarlari ishlab chiqa-radigan korxonalarni tuzish va rivojlantirish uchun sarflanmoqda.
Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish dasturi doi-rasida bir qancha xorijiy banklar va moliya muassasalari, respublika budjetdan tashqari jamg'armalari va bank o'z mablag'larining kre­dit yo'nalishlarini o'zlashtirish bo'yicha loyihalarni ko'rib chiqish va moliyalash uchun qabul qilish ishlari olib borildi. Hozirgi vaqt-da hammasi bo'lib umumiy qiymati 445,1 million AQSH dollariga teng bo'lgan 147 ta loyiha moliyalashga qabul qilindi. Bank o'z mablag'lari hisobidan berilgan kreditlar hajmi 113,1 milliard so'mni (istiqbol ko'rsatkichining 130 foizini) tashkil etdi.
Respublikaning barcha hududlarida joylashgan bankning 93 bo'lim va filiali korporativ va chakana mijozlar uchun keng ko'lamdagi zamonaviy bank xizmatlarini amalga oshirmoqda. Kor­porativ va chakana mijozlar soni 1,2 milliontaga yetgani yoki o'tgan yilning shu davridagiga nisbatan 35,2 foiz ko'paygani (2006-yil l-уацуаг holatiga ko'ra, 898,8 ming) shundan dalolat beradi.
20 000,00 0,00
Milliy bank aholiga xizmatlarni kengaytirish siyosatiga qat'iy amal qilib, xususiy omonatlar va aholining jalb etilgan mablag'lari bo'yicha ham mamlakat moliya bozoridagi peshqadamlar jumlasiga kiradi. Bugungi kunda bank faqat chakana xizmatlarning 70 dan or­tiq turlarini amalga oshirmoqda. Mijozlar bazasining ancha o'sishi -«O`zmilliybank» filial va bo'limlari orqali elektron xizmatlar miq-yosining kengayishi, bankka nisbatan aholi ishonchining oshishi, omonatlar shartlarini maqbullashtirish bo'yicha maqsadli ishlar olib borilishi, yangi depozitlarning ishlab chiqilishi va joriy etilishi, xiz­matlar sifatining oshirilishi natijasidir. Bankning bu yo'nalishdagi faoliyati aholining ham milliy valyutada, ham xorijiy valyutadagi depozitlari hajmini so'mga nisbatan ekvivalentda 184,6 milliard so'mga oshirdi, bu esa 2006-yil boshidagiga nisbatan 51,6 milliard so'm ko'p, demakdir. Bugungi kunda bank mablag'larni jalb etish bo'yicha ham peshqadamlikni egallab kelmoqda.
2006-yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasi banklari bilan birga-likda Milliy bank o'zining «Osiyo Ekspress» tezkor pul o'tkazmalari tizimini ham joriy etdi. Mazkur tizim Rossiyadan O'zbekistonga va O'zbekistondan Rossiyaga o'tkazmalarni amalga oshirish imkonini beradi. Hozirgi kunda respublikamizning barcha hududlarida bank «Osiyo Ekspress» pul o'tkazmalarining yangi tizimida ro'yxatga olingan 28 ta shoxobchasi ishlab turibdi. Ushbu xizmat ko'rsatish
turi boshqa pul o'tkazish tizimlaridan o'zining arzonligi, ishonchlili-gi va samaradorligi bilan ajralib turadi.
Ta'bir joiz boisa, O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasida bankla-raro aloqalarning mustahkamlanishi ikki mamlakat banklariga bi-timlarni amalga oshirish jarayonini jadallashtirish, taklif etilayotgan xizmatlar turini ko'paytirish imkonini beradi. Buning natijasida tash­qi savdo operatsiyalari ko'paydi.
Keyingi uch yil mobaynida Rossiya Federatsiyasi rezidentla-ri bilan, ayniqsa, savdoni moliyalash yo'nalishlari bo'yicha amalga oshirilayotgan operatsiyalar hajmi ancha ko'paydi. Banklar qish­loq xo'jaligi texnikasi, sanoat va tog'-kon uskunalari, paxta tolasi va to'qimachilik mahsulotlari, aviatsiya uchun ehtiyot qismlari va xizmatlar, kabel va misdan tayyorlangan buyumlar hamda boshqa mahsulotlarni yetkazib berilishini moliyalashda ishtirok etishmoq-da. Shuni ham ta'kidlash zarurki, bu yo'nalishda Rossiya Federat­siyasi Jamg'arma bank, «Внешторгбанк», «Внешэкономбанк» va «Промсвязбанк» kabi banklar Milliy bankning Rossiyadagi asosiy sheriklari sanaladi.
Ayni paytda neft-gaz, metallurgiya va to'qimachilik tarmoqlari singari statistik yo'nalishlarda hamkorlik qilish bilan birga, hozirgi vaqtda iqtisodiyotning xususiy sho'basida ham hamkorlik faol rivoj-lanmoqda. Ho'l meva va sabzavotni qayta ishlovchi, akkumulator batareyalari, xalq iste'moli mollari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi qo'shma korxonalarning tashkil etilishi buning yaqqol misolidir.
2007-yilda, shuningdek, xorijiy banklar va xalqaro moliya mu-assasalari bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan bank siyosati amalga oshirildi. Xususan, Xitoy, Janubiy Koreya banklari va Osiyo hamda Tinch Okeani mintaqasidagi boshqa mamlakatlar banklari bilan munosabatlarni yanada integratsiyalash ishlari davom ettirildi.



Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish