O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Download 1,87 Mb.
bet67/172
Sana13.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#899413
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

To'rtinchidan, aholining siyosiy faolligi bevosita uning ja­miyat ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga qanchalik daxldorligi bilan belgilanadi. Agar fuqaro siyosiy va ijtimoiy jihatdan faol bo'lsa, u o'z-o'zini boshqarishga va shu orqali jamoa harakatini shakl-lantirishga, uning mazmunini chuqurlashtirishga qodir bo'ladi. Yangilanayotgan jamiyat aholini kundalik tashvishlar va har xil ikir-chikirlar girdobidan olib chiqadi, uni hayotga teranroq va ser-gakroq qarashga undaydi. U o'zini erkin his qilsin, erkin fikrla-sin, oldin fikrining to'g'riligiga, jamiyat uchun foydali ekanligi-ga ishonsin, so'ng uni hech qiynalmasdan bayon qilsin. Haqiqiy demokratiya ana shunda ko'rinadi. Agar har bir fuqaro hayotda o'zini ana shunday tutsa, ana shunday qobiliyatga ega bo'lsa de­mokratiya o'z-o'zidan jamiyatning tarkibiy qismiga aylanadi, unda mustahkam o'rnashib oladi.
Aholining siyosiy madaniyatini oshirish, uning jamiyat rivoj-lanishida tutgan roli va mavqeini ko'tarish bir jihatdan ko'ppar­tiyaviylik tizimini shakllantirish va uning faoliyatini chuqurlashtirish bilan belgilanadi. Ayni paytda mamlakatimizda «Jamoat birlash-malari to'g'risida»gi qonun amal qilmoqda. Hozir ana shu qonun doirasida mamlakatimizda to'rtta partiya, bitta xalq harakati, kasa-ba uyushmalari, jami ikki yuzdan ortiq jamoat tashkilotlari faoli­yat ko'rsatmoqda. Fuqarolarning ana shu tashkilotlarda faol ishtirok etishini ta'minlashning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish lo­zim.
Yuqoridagidan kelib chiqib Prezident I. Karimov «jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan kuchli ommaviy, jamo­at birlashmalari bo'lmas ekan, davlat hokimiyatining barcha bo'g'inlarida o'zboshimchalik, voluntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining korrupsiyasi singari illatlar paydo bo'lmasligiga jiddiy kafolat ham bo'lmaydi», - deydi.
Beshinchidan, demokratiya va muxolifat xususida. Ma'lumki, bizning muxolifat haqidagi tushunchalarimiz hali-hamon jo'n va sodda. Chunki, biz uchun muxolifat yangi davrning mahsuli sifati­da istiqlol arafasidagina tilimizda paydo bo'ldi. Buning o'ziga xos omillari bor. Jumladan, qadimda Sharq davlatchiligida adolat tamo-yillarining ustun turganligi, qonun oldida barchaning tengligi, davlat va fuqaro o'rtasidagi munosabatlarning nihoyatda sodda, ayni paytda samimiy tizimi mavjudligi butun jamiyatda har tomonlama barqaror-likka asos bo'lgan. Qolaversa, muxolifat tushunchasi umuman jahon davlatchiligi tajribasida ham XX asr «ixtirosi» sifatida demokratik jarayonlarning tobora chuqurlashishi sharoitida vujudga kelgan ho-disadir.
Muxolifat mavjud siyosiy kuchlarni taroziga solib turadigan, jamiyat taraqqiyoti muvozanatini saqlab turadigan, uning ravnaqi yangidan-yangi tamoyillarini ishlab chiqishga da'vat etadigan ijobiy voqelik. Biroq, biz ana shu voqelikning haqiqiy mazmunini kashf etolganimiz yo'q.
Ochig'ini aytganda bizda hozirgacha muxolifat bo'lmagan va hozircha yo'q. 1980-yillarning oxiri va 90-yillarning boshlarida de­mokratiya o'yinlari avj olgan paytda bir guruh kishilar o'zlarini turli tomonga urishdi. Ularning ayrimlari shon-shuhrat va amalga intilish orzu-istagida bo'lsa, bir qismi yuqori partiyaviy kurslarda ishlab, uning imtiyozlaridan foydalangan va keyinchalik ana shu imkoni-yatlardan quruq qolib, oldingi kiborona hayotini qo'msab qolgan kishilar edi. Ularga ergashganlar esa hayotdan norozi bo'lgan, tur-mushda o'z o'rnini topolmagan, jamiyatga nimadir berishdan ko'ra undan ko'proq narsa olishga ishtiyoqmand bo'lganlardir. Umuman olganda muxolifat deb atalgan bu guruhlarni muxolifatchilar emas, balki hayotdan norozilar, deb atash mumkin. Bundaylar esa, taassuf-ki, har qanday sharoitda, har qanday jamiyatda va hatto eng rivoj-langan mamlakatlarda ham mavjud. Bu tabiiy hodisa. Chunki, mav­jud siyosat, tartib-qoidalar, qonunlar qaysidir jihati bilan cheklangan bo'ladi. Ular aholi barcha tabaqasining talab-ehtiyojlarini to'la qam-rab ololmaydi. Qisqa qilib aytganda, tartib-intizomning chegarasi bor, ehtiyojlar esa nihoyasizdir. Ana shu holatning o'zi qonunlarni doimo takomillashtirib, qo'shimchalar bilan boyitib borishni taqo-zo etadi. Demak, hech qachon mukammal demokratik hayot mav­jud bo'lmaydi. U doim fuqarolar talabi, hayot ehtiyoji va yangidan-yangi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta'sirida o'zgarib, rivojlanib, boyib boraveradi.
Prezident I. Karimov muxolifat tushunchasi xususida gapirar ekan, «tushunchaning asl ma'nosini aniq anglab olishimiz lozim. Biz siyosiy muxolifatni muqobil muxolifat sifatida tushunamiz.
Turmushimizning hamma sohasida muqobillik bo'lishi lozim. Shu sababli muxolifat haqida so'z borar ekan, eng avvalo, islo-hotlar o'tkazish, jamiyatning taraqqiy ot va yangilanish yo'lidan olg'a borish bo'yicha muqobil dastur turlarini taklif etishga qo­dir amaliy muxolifatni nazarda tutamiz», - deydi.
Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, Prezident muxolifat ha­qida, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni va roli to'g'risida ga­pirar ekan, jahon tajribalariga tayanadi. Muxolifatchilikning hayotiy zarurati, mas'uliyati va burchi haqidagi eng adolatli mulohazalarini o'rtaga tashlaydi.
Darhaqiqat, jahon demokratik jarayonlari huquqiy maqomi va konstitutsiyaviy kafolatlari mavjud bo'lgan, o'z faoliyatini ja­miyat taraqqiyoti va fuqarolar osoyishtaligi asosida qurgan, uning butun mas'uliyatini bo'yniga olgan, davlat ravnaqini ta'minlashga xolisona ko'maklashadigan, har tomonlama - ilmiy va hayotiy ji­hatdan asoslangan dasturlarga ega bo'lgan muxolifatni tan oladi. O'zbekiston hukumati muxolifatga xuddi ana shu xalqaro talablar nuqtayi nazaridan yondashadi. Taraqqiy topgan mamlakatlarda va demokratik tamoyillar rivojlangan davlatlarda muxolifatga shun­day yondashishadi. Ana shu xulosalardan kelib chiqib Prezident I. Karimov «Biz rasmiy hokimiyat bilan g'oyaviy va amaliy jihatdan raqobatlasha oladigan, amaliy takliflar kirita biladi-gan, jamiyatimizning turli siyosiy qatlamlari manfaatlarining ifodachisi tariqasida maydonga chiqa oladigan muxolifatni ko'rishni istaymiz», - deydi.
Oltinchidan, sessiyada hokimiyat boiinishi tamoyillariga qat'iy amal qilish demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning muhim omili sifatida ko'rsatildi. Bu, ayniqsa, o'tish davrida jamiyat boshqa-ruvini takomillashtirishga, uning barqarorligini ta'minlashga, fuqaro va jamiyat o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni chuqurlashtirishga zamin yaratadi.
Qonun chiqaruvchi organ jamiyatni qonunlar tizimi bilan ta'minlasa, ijro organlari bevosita ishlab chiqarishni takomillashti-rish, joylarda qonunchilikni joriy etish, huquqiy demokratik davlat tizimini mustahkamlashni ta'minlaydi.
Sud hokimiyati esa insonparvar fuqarolik jamiyati ma'naviy qiyofasini belgilaydigan muhim omillardan hisoblanadi. Endigina, mustaqillik davriga kelib sud o'z vazifasini bajarishga kirishmoqda, o'z maqomi doirasida faoliyat ko'rsatishni tamoyilga aylantirmoqda.
Yaqin o'tmishimizga nazar tashlaylik. Sud, prokuratura, ich­ki ishlar xizmati, bizning tasavvurimizda qattol va beshafqat jazo organi, odamlarga tazyiq qiluvchi, zo'ravonlik mahkamasi bo'lib ko'rinar edi. Ko'chada bir militsioner yoki prokuratura xodimiga ko'zing tushsa, beixtiyor tovoninggacha muzlab ketarding, kishi. Chunki qizil imperiyaning asosiy tayanchi, qonxo'r qilichi hisob-langan huquq-tartibot organlari aslida o'z vazifalarini bajarmas edi. Ular davlat va qonunni ro'kach qilib, ruqarolarni qo'rqitish, ularda tobelik va mutelik ruhiyatini singdirish, qalbini jarohatlash, irodasini bukishni maqsad qilib olishgan edi. Aslini olganda bu maqsadgina emas, balki davlat siyosatiga aylangan qudratli va fashistik xarakter-dagi hodisa edi.
Sessiya «Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib, haqiqatdan ham mustaqil bo'lib qolishi Iozim», - deb ko'rsatdi. Darhaqiqat, sud endi odamlarni jazolovchilik faoliyatidan ularni hi­moya qiluvchi, haq-huquqini tiklashga yordam beruvchi, insonpar-var va adolatparvar tizimga aylanmog'i lozim. Ana shunday taqdirda chinakam demokratik jamiyat vujudga keladi va uning yashovchan-ligi ta'minlanadi.
Prezident Sud hokimiyati ishini isloh qilishni huquqiy demok­ratik davlatni barpo qilishning asosi sifatida qaraydi. Sud faoliyatini demokratiyalashtirishni esa xalq maslahatchilari tizimini takomil-lashtirish, sud ishlarida keng jamoatchilik vakillarining faol ishtirok etishini ta'minlash orqali amalga oshirish zarurligini ko'rsatdi. Ana shunda demokratik jamiyatning poydevori mustahkam bo'ladi. Bu -birinchidan.
Ikkinchidan, biz butunlay yangi tarixiy sharoitda yashayapmiz. Biz o'z hayotimizni qaytadan yo'lga qo'ymoqdamiz. Jumladan, sud hokimiyati faoliyatida ana shunday yangilanishlar davrini boshdan kechiryapmiz. Endi uning tarkibini kengaytirishimiz darkor. «Shu maqsadda, - deydi Prezident I. Karimov, - transport va soliq sud-larini tuzish, xolis hakamlar sudlari (Третейский суд) imkoni-yatlaridan kengroq foydalanish lozim.
1993-yil sentabrida qabul qilingan «Sudlar to'g'risida»gi qonunda nazarda tutilganligiga q a ram ay. sudlar tarkibida ha-nuzga qadar ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha sudyalar lavozimlari joriy etilmadi.
O'zbekiston sudyalari uyushmasini tashkil etish ham maq-sadga muvofiq ko'rinadi. Bu uyushma Xalqaro sudyalar uyush-masiga to'la huquqli a'zo bo'lishi mumkin».
Bularning barchasi huquqiy demokratik davlat ildizlarini chu-qurlashtirishga, uni har jihatdan mustahkamlashga, davlatni qudrat­li mexanizmga aylantirishga yordam beradi. Davlat kuchli bo'lgan joyda taraqqiyot tezlashadi, jamiyat ma'naviy jihatdan mutahkam-lanadi, siyosiy jihatdan o'zini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish imkoniyatlari kengayadi. Qonun barqaror bo'lgan joyda fuqarolarning erkinliklari kengayadi, o'zligini namoyon qilish, ichki qudratini ko'rsata bilish, yaratuvchi-lik iqtidorini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Fuqarolari o'z taqdirini o'zi belgilab, har bir kunini bunyod etish, kashf qilish ishti-yoqi bilan o'tkazadigan mamlakatda, albatta, aholi ehtiyoj lari qonun bilan kafolatlangan bo'ladi. Davlat esa butun choralar bilan ana shu qonunlar harakatini nazorat qilib borish, uni yo'naltirib turish, yo'l-yo'lakay «ta'mirlab», takomillashtirib borish singari muhim vazifani bajaradi.
Yuqoridagilarning barchasi bevosita fuqarolarning huquqiy bilimlarni nechog'li egallashiga, o'z haq-huquqini anglab olishi-ga, mavjud qonunlar kafolatlab bergan imkoniyatlardan qanchalik foydalana olish darajasiga bog'liq. Qolaversa, huquqshunos kadr-lar sifatini yaxshilash, ularni zamonaviy bilimlar bilan qurollanti-rish katta ahamiyat kasb etadi. Prezident I. Karimov sessiyada shu masalalar haqida so'z yuritar ekan, huquqshunos kadrlarga ehti­yoj katta ekanligini alohida uqtirdi. Jumladan, bizda har yuz ming aholiga sudlar Olmoniyadagiga nisbatan olti marta, advokatlar esa Amerika Qo'shma Shtatlariga nisbatan 55 marta kam ekanligini ko'rsatib o'tdi.
Bosh islohotchi - davlatning istiqbol rejalari va strategik das-turlaridan kelib chiqib shuni aytish lozimki, shunday davlat va ijti­moiy tuzilma yaratish kerakki, unda kuchli markaziy hokimiyat o'z sa'y-harakatlarini mudofaa, davlat xavfsizligi va fuqarolarning xavf-sizligi, tartib-intizom, tashqi siyosat, valyuta-moliya, soliq tizimini shakllantirish, qonunlar qabul qilish va jamiyatning boshqa strategik vazifalarini amalga oshirish singari asosiy umummilliy vazifalarga qaratmog'i zarur.
Boshqaruv masalalarini hal etish esa asta-sekin markazdan joy-larga, davlat hokimiyati organlaridan jamoat birlashmalari va fuqa­rolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga o'tkazishi lozim.
Ana shunday sharoitda jamiyatda demokratiya chuqurlashadi, fuqarolarning ijtimoiy faoliyati kuchayadi. Joylarda mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari ishi bevosita barcha fuqarolarning ishti-roki asosida takomillashib boraveradi. Natijada fuqaro va jamiyat o'rtasidagi bog'liqlik kuchayadi. Odamlar o'zlarini jamiyatning muhim, yo'naltiruvchi kuchi ekanliklarini chuqurroq anglay bosh-laydilar. Ularning dunyoqarashi, maqsad va intilishlari bevosita ja­miyat istiqbolini belgilaydi, uning kelajagidan bashorat qiladi. Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, demokratiya jamiyatning har bir a'zosi hayotining uzviy bir qismiga aylangan taqdirdagina demokra­tiya hisoblanadi. Farzandlarimizni bolalikdanoq ayni shu ruhda tar-biyalab borish zarur, - degan xulosaga kelish mumkin.
Yuqorida demokratik tamoyillarni chuqurlashtirishning uch omi-li xususida gapirdik. Hokimiyat bo'linishidagi tarmoqlarning har biri xususida alohida to'xtaldik. Qonun chiqaruvchi, ijro hokimiyati va sud hokimiyatining faoliyatlari yuzasidan fikr yuritdik. Ularning de­mokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida tutgan o'rni va roli haqida fikr yuritdik.
Hozirgi zamon demokratik jarayonlari va uning eng ilg'or taj­ribalari to'rtinchi hokimiyatni ham yaratish va uning faoliyatidan unumli foydalanishni taqozo etmoqda. Bu bevosita ommaviy axbo­rot vositalari faoliyati bilan bog'liq bo'lib, uning huquqiy asosini mustahkamlash, demokratik jamiyatdagi roli va vazifalarini belgi-lab berish, jurnalistik faoliyatni qonun bilan kafolatlash zarurligini ko'rsatmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1996-yil 30-avgustda bo'lib o'tgan sessiyasida «Noshirlik faoliyati to'g'risida»gi hamda «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida»gi Qonunlarni qabul qildi. 1997-yil 24-aprelda «Jurnalistik faoliyatni himoya qi­lish to'g'risida», «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida», 1997-yil 26-dekabrda esa «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida» (yangi tahrirda) Qonun qabul qilindi. Jurnalistlarni qayta tayyorlash Markazi ish boshladi. Bular mamlakatimizda so'z va fikr erkinligiga kafolat bo'lib xizmat qiladi.
1999-2000-o'quv yilida O'zbekiston jahon tillari universitetida xalqaro jurnalistika fakultetining tashkil etilishi esa o'zbek jurnalis-tikasi tarixida muhim voqea bo'ldi.
2005-2007-yilar mobaynida esa matbuot va so'z erkinligiga doir amaldagi qonunlar tizimi qayta ko'rildi va ular zamon talablari asosida yangi tahrirda qabul qilindi. 2006-yili O'zbekiston Respub­likasining «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun Oliy Majlis Senati tasdig'idan o'tdi. Axborot olish, saqlash, ishlash va tarqatish, elektron axborot tarqatish va undan foydalanishning huqu­qiy asoslari yaratilmoqda.



Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish