O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


-§. Jamiyatni erkinlashtirishning yangi bosqichi



Download 1,87 Mb.
bet64/172
Sana13.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#899413
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

3-§. Jamiyatni erkinlashtirishning yangi bosqichi
Mamlakatimizda tub islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyillarining joriy etilishi avvaliga ayrim muxoliflari-mizga unchalik ham xush kelmagan edi. Ular buni sustkashlikka, ma'muriy-buyruqbozlik tuzumining illatlariga, yangi hokimiyatning demokratik o'zgarishga qodir emasligiga yo'yishdi.
Aslini olganda, «Falaj qilib davolash» usuli, ya'ni jamiyatni ol­din butunlay chilparchin qilib, tekislab tashlab, so'ng uning o'rniga yangisini qurish, islohotlarni inqilobiy yo'l bilan amalga oshirish fojialarga olib kelishini o'ylamadi. Hissiyot aqldan ustun turishi ja­miyatni hammavaqt inqirozga olib kelishini, har qanday islohotlar esa asta-sekinlik bilan odamlar qalbi va ongi orqali amalga oshiril-gandagina yuksak madaniyat va ma'naviyat mazmunini kasb etishini tushunishmas edi.
Oradan birmuncha vaqt o'tgach, eng avvalo iqtisodiy islohot-larning dastlabki samaralari ko'zga tashlana boshlandi. Bu davlat mulkini xususiylashtirishdan tortib pul va bank-kredit tizimini bu­tunlay o'zgartirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, ishlab chiqarishni tubdan o'zgartirish, sanoatni yangi, ilg'or, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlashgacha bo'lgan va boshqa jihatlarni qamrab olgan islo­hotlarni o'zida mujassam etadi. Ayni ana shu yangilanish jarayoni-da «o'zbek modeli» vujudga keldi. Bu jahon davlatchiligida yangi yo'nalish boshlanganidan, jahon tajribalarini yangi mazmun bilan boyitayotganidan dalolat berar edi.
O'zbekistonning tub islohotlardagi o'z taraqqiyot yo'li faqat shuginami?
Ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida butunlay yangicha munosabatda bo'lish, jamiyat taraqqiyotining aholi ma'naviy-ruhiy va siyosiy-madaniy qarashlaridan kelib chiqqan o'ziga xos yonda-shish usuli shakllana boshlandi. Jumladan, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda ham.
Mustaqillikning ilk kunlarida Prezidentimiz huquqiy demokratik davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalasini dolzarb vazifa qilib o'rtaga tashladi. Darhaqiqat, ayni ana shu tamo-yillar jahon davlatchiligi eng ilg'or tajribalariga mos keladigan, uni dunyo tan oladigan, inson huquqlari har jihatdan kafolatlanadigan jamiyat sifatida barpo etish ko'zda tutilgan edi.
Ayni ana shu paytlarda - 90-yillarning boshlarida mamlakat og'ir ijtimoiy, iqtisodiy po'rtanalar girdobiga tushgan, demokratiya «o'yin»lari avj olgan, aholining ayrim guruhlarida ehtiroslar junbish­ga kelgan bir payt edi. Har qanday sharoitda ham oldin ana shu og'ir vaziyatdan eson-omon chiqib olish, Prezident iborasi bilan aytganda «hech qanday larzalarsiz», qon to'kmasdan, mamlakatda barqa-rorlikni saqlab turgan holda asta-sekinlik bilan hayotni izga solish tamoyili tanlab olindi. «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmas-lik» singari hayot sinovidan o'tgan tajribalar yo'lidan borildi. Ana shu birgina shiorning o'zi tub islohotlarning hamma sohalariga -huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy jihatlariga tegishli edi. Ayni ana shu shiorning o'zida davlat siyosatining insonparvarlik mazmuni, har bir fuqaro, har bir tirik jon hayotining daxlsizligini ta'minlashga mas'ullik, butun mamlakat tinchligi va osoyishtaligini saqlashga javobgarlik hissi mujassam bo'lgan edi.
Ana shunday bo'hronlar girdobida qolgan O'zbekiston huku­mati mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning borishi va uning oqi-batlarini har tomonlama o'rganib bordi. Uni bartaraf etish cho-ralarini ko'rdi. Bu haqda gapirar ekan, LA. Karimov «Dastlabki kezlarda O'zbekistonni sustkashlik va konservatizmda ayb-lashardi. Ammo O'zbekiston bugungi kunga kelib, bozor o'zgartishlarining teranligi, ijtimoiy yangilanishning sur'atlari va taraqqiyoti yuzasidan, sobiq sovet hududidagi aniq dasturga ega bo'lmay turib, asossiz va mulohazasiz islohotlar jarayonini tezlashtirishga uringan, besabrlik qilgan, soxta obro'ga intilgan ko'p gin a respublikalardan oldinlab ketdi.
Ming afsuski, ana shu yuzaki urinishlarning ham ma-si pirovard natijada islohotlarning o'zini ma'lum darajada obro'sizlantirdi. Ularga ortiqcha siyosiy tus berdi. Jamiyatda-gi ichki qarama-qarshilikni kuchaytirdi. Bu bor gap va undan hech qayoqqa qochib qutulib bo'lmaydi», - deydi.
Oradan yillar o'tdi. Toshqinlar tindi, suvlar tiniqlashdi, bulutlar tarqaldi. Haqiqiy hayot aniq-ravshan ko'zga tashlandi: Siyosatning har qanday hissiyot va tuyg'ulardan holi bo'lgan, aql-idrokka tayan-gan shakl-u shamoyili namoyon bo'ldi. Ana shuning o'zi yangilikni evolutsion yo'l bilan amalda joriy qilishning, qat'iy intizomga tayan-gan demokratiyaning ma'naviy qiyofasi edi.
O'zbekiston yangilanishlarning ikkinchi davrini boshladi. Buni nimalarda ko'rish mumkin?

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish