Birinchidan, demokratik jamiyatni barpo etishning xalqaro ta-moyillari, dunyo hamjamiyati e'tirof etgan yo'riqlari mavjud. Bu bevosita fuqaroning o'z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning ko'pchilikka bo'ysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e'tiqodidan qat'i nazar teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylov va saylanish huquqi va boshqalardir. Bular qariyb barcha mamlakatlar konstitutsiyalarida qat'iy belgilab qo'yilgan tartib-qoidalardir. Biroq, ma'lum bir mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning o'zi kifoya qiladimi? Faqat shuning o'zi aholi barcha ehtiyojlarini, ma'naviy-ruhiy olamini qamrab ola oladimi? Yo'q! Chunki, har bir xalqning o'z turmush va tafakkur tarzi, ta-rixiy an'analari, hayotga munosabati va boshqa jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga yondashish usuli bor. Shu ma'noda Prezident I.A. Karimov «Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o'ziga xos va o'ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib boimaydi. Ya'ni sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu so-hada inqilobiy o'zgarishlar yasashga urinishlar g'oyat noxush hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni g'arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli» deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo'l bizga aslo to'g'ri kelmaydi», deganida demokratiyani joriy etishning yurtimizda o'zbekona ta-moyillari shakllanayotganini ko'rsatadi.
Ikkinchidan, O'zbekiston mustaqillikka erishgach, bir qator mamlakatlar - jumladan, Turkiya, Olmoniya, Angliya, Fransiya va boshqa davlatlarning demokratik taraqqiyot yo'llari bilan yaqindan tanishdi. Bu mamlakatlarda demokratiyaning ibratli va o'rganishga arzirli tajribalari mavjud. Biroq, O'zbekiston Prezidenti bu ma-salada o'zining munosabatini aniq va ravshan bayon etdi. Har bir millat o'z milliy ruhiyatidan kelib chiqib bu masalaga yondashishi zarur. Ayniqsa, o'zbeklar singari juda qadimiy millat va juda boy an'analarga ega xalq ehtiyoj larini hisobga olmaslik og'ir natijalarga olib kelishi mumkinligini uqtirdi va «odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o'zgarishlar darajasi va sur'atlari bir-biriga qanchalik mutanosib bo'lishiga bog'liqdir.
Tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, demokratik jara-yonlarni chetdan nusxa olib ko'r-ko'rona ko'chirish aslo samara bermaydi. Aksincha, bunday yo'l chalkash va xatarli oqibatlar-ga olib kelishi mumkin»ligini (I. Karimov) ko'rsatib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |