O'ZBEKISTONDA HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT QURILISHI. FUQAROLIK JAMIYATINING SHAKLLANTIRILISHI
1-§. Demokratiyani yanada chuqurlashtirish. Ko'ppartiyaviylik
Mustaqillik yillarida O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan keng qamrovli o'zgarishlarni mushohada qilar ekanmiz, mamlakatda yangi demokratik qadriyatlar ildiz otganini, inson haq-huquqlari va uning erki asosi bo'lgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatiga mos zamonaviy tuzilmalar shakllanganini qayd qilmoq lozim.
Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, eng avvalo demokrati-ya, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni, hozirgi zamon jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishi va demokratik tamoyillar xususida fikrlashib olmoq lozim.
Demokratiya kishilik tarixida insonning ongli hayoti boshlangan davrdan boshlab uning erk-u irodasini, xohish-istagini belgilaydi-gan mezon bo'lib kelmoqda. Albatta, bu borada kishilik jamiyati shakllanish davridan tortib to sivilizatsiyalashgan turmush tarzi, har jihatdan chuqur ildiz otgan davlatchilik va shu asosda ma'lum tartib-qoidaga kirib qolgan aniq yo'nalishlar o'rtasida katta farq bor.
Chunki, asrlar mobaynida vaqt o'tgani sayin odamlar dunyo-qarashi o'zgarib, talab-ehtiyojlari tabiiy ravishda oshib bordi. Bu insonning erkin va ozod yashash kabi ehtiyojining mahsulidir.
Demokratiya bevosita jamiyat taraqqiyoti, uning siyosiy, huquqiy, ma'naviy va boshqa jihatlari bilan birga ana shu jamiyatni tashkil etgan aholi umumiy dunyoqarashini o'zida mujassam etadi. Har qanday davlat o'z huquqiy asosiga, siyosiy rejimiga, boshqaruvidagi aniq tamoyillariga ega bo'lmasa, fuqarolar esa o'z haq-huquqlarini himoya qilish bilan birga jamiyat va davlat oldidagi, o'z mamlakati istiqboli yo'lidagi vazifalari va burchlarini to'la anglab olmagan taq-dirda demokratiya torn ma'nodagi mazmuniga va jahon tajribasida isbot qilingan mohiyatiga ega bo'la olmaydi.
Jahon davlatchiligi tajribalari tobora boyib, xalqning o'zligini anglash jarayoni tezlashib borgani sayin demokratiyaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni xususidagi munozaralar keskin avj oldi. Ayniqsa, XX asr kishilik tarixida keskin burilish yasadi. Yer kurra-sida ikki qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tuzumning paydo bo'lishi dunyo davlatchiligi tajribasida va jahon xalqlari tafakkurida keskin burilish yasadi. Ikki lager o'rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va mafkuraviy raqobat tufayli bir qator xalqaro tashkilotlarning paydo bo'lishiga, inson haq-huquqlarini ma'lum bir tartibga solib turishga, uni himoya qilishga ehtiyoj sezildi.
Totalitar tuzum sharoitida inson huquqlarining cheklanganligi, mafkuraviy yakkahokimlik jamiyat ma'naviy taraqqiyotini cheklab qo'ydi. Ikkinchidan, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida ozodlik uchun kurash, milliy davlatchilikka zamin yaratish va shu asosda inson huquqlarini himoya qilish, har tomonlama barkamol demokratik jamiyatni vujudga keltirishga intilish kuchaydi. Natijada ana shu qit'alarda milliy ozodlik harakatlari avj oldi. Bu harakatlar zaminida insoniyatning azaliy orzu-umidi - ozodlik va hurriyatga erishish, erkin yashash ehtiyoj i yotardi.
Qadim Sharqda azaldan huquqiy demokratik davlatchilik va fuqarolik jamiyatining turli elementlari mavjud edi. Bunga uzoq o'tmishimizda bir qator sulolalar davlatchiligini misol keltirish mumkin. Bu davrlarda haqiqat va adolat g'oyasi nihoyatda baland ko'tarilgani va butun mamlakatda aniq tartib-intizom o'rnatilgani na-tijasida inson hayoti, aholi turmushi kafolatlanganligi bilan alohida ajralib turadi. Agar ana shu davrlarda so'z va fikr erkinligi, g'oyalar qarama-qarshiligi mavjud bo'lmaganda edi, bu qadimiy makonda fan, madaniyat va ma'naviy at jahon taraqqiyotida bu darajada kuchli ta'sir ko'rsatmagan bo'lur edi. Sharq uyg'onish davri va keskin yuk-salish paytlarida dunyoviy ilmlar bilan Islom madaniyati nazariyasi va falsafasi uyg'un holda taraqqiy topdi, turmush tarzimizga aylanib qoldi. Aks holda Islom dinining buyuk namoyandalari, ulamolari va fuzalolarining dunyo tan olgan asosiy ko'pchiligi qadimiy Turon zaminida yetishib chiqmas edi. Bu bizga «din afyundir» deb o'rgatib kelingan, bizni xudosizlikka - imonsizlikka va e'tiqodsizlikka da'vat etgan yolg'on mafkuraning yolg'on umridan darak berganidek, Islom dini va Sharq turmushi falsafasining abadiyatini, haqiqati va qadriyatini belgilaydi. Sohibqiron Amir Temurning birgina «kuch-adolatda» degan so'zida huquqiy demokratik davlatning ham, fuqarolik jamiyatining ham insonning yashash huquqi va uning bar-cha erkinliklari hamda hozirgi zamon demokratik harakatlarning eng ilg'or tajribalari mujassam bo'lgan.
Albatta, bu ancha-muncha munozarali masala. Mamlakatimizda yangi tarixiy sharoitlarda yangicha davlatchilik qaror topayotgan bir paytda demokratiya, fuqarolik jamiyati, aholi va jamiyat, fuqaro va davlat o'rtasidagi munosabatlar turli soha mutaxassislari o'rtasida turlicha talqin etilmoqda. Biroq, har qanday xulosalardan qat'i nazar qadimiy Sharq davlatchiligida inson erki, haq-huquqlari ko'p jihat-dan himoya qilingan hamda o'z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib inson ozodligi va xatti-harakatlar erkinligi ta'min etilgan edi. Bu ayni demokratik jamiyatning muhim va asosiy belgilaridan hisoblanadi.
Biz bugun yangi tarixiy sharoitlarda yashayapmiz. Jahon demokratik jarayonlari tobora chuqurlashgan, uning imkoniyatlari ancha kengaygan, odamlarning onglilik darajasi birmuncha oshgan bir paytda yashayapmiz. Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning mamlakat-lararo, mintaqalararo va qit'alararo ta'siri tobora kuchayib borayot-gan bir sharoitda kun kechirayapmiz. Bularning barchasi inson ongi, tafakkuri va qalbini hech qachon chetlab o'tmaydi. Endi demokra-tiyaning shunchaki oddiy erkinlik, hurriyat, ozodlik degan tushun-chalari va ayni paytda xalq hokimiyati degan mazmuni ham birmuncha o'zgarmoqda. Jumladan, demokratiyaning madaniyati, ma'rifati odamlar o'rtasidagi munosabatlardan tortib dunyoviy muammolarni hal etishgacha bo'lgan nizo, murosa va yakdillik, uning iqtisod, si-yosat va fikrlar xilma-xilligi sharoitidagi vazifalari ancha kengaydi.
Bizning yaqin o'tmishimiz jahon demokratik me'yorlariga mos keladigan inson erki va yashash huquqini chegaralab qo'ygan edi. Mislsiz zo'ravonlikka tayangan kommunistik siyosat tabiatan ozod-likni yoqtirmas va torn ma'nodagi demokratiyani tan olmas edi. Amerikalik siyosatchi Diana Revich ta'biri bilan aytganda, «Tota-litar siyosiy tuzumlar sustlik va loqaydlik kayfiyatini rivojlantiradi. Tuzum itoatkor va labbaygo'y fuqarolarni shakllantirishga intiladi. Bundan farqli o'laroq demokratik jamiyatning fuqarolik madaniyati alohida shaxslar va guruhlarning erkin ravishda ixtiyor etgan fao-liyati tufayli shakllanadi. Ozod jamiyat fuqarolari o'z manfaatla-ri yo'lida harakat qiladilar, o'z huquqlaridan foydalanadilar va o'z hayotlari uchun mas'uliyatni o'z zimmalariga oladilar». Ana shu mas'uliyat odamning jamiyat oldidagi burchini ham, jamiyat va shaxs o'rtasidagi munosabatlarni ham belgilaydi.
O'tish davrida, ayniqsa, totalitar tuzumdan erkin fuqarolik tuzu-miga o'tayotgan bir sharoitda demokratiyani anglash, uning butun mohiyatini tushunish va mas'uliyatini zimmaga olish ancha qiyin ish. Ijtimoiy hayot, mamlakatda yuz berayotgan jiddiy o'zgarishlar va inson hayotining daxlsizligi bevosita yangidan-yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Odamlar esa ana shu muammolarni birin-ketin hal etish jarayonida o'z erki va haq-huquqlarini himoya qilib boraveradi. Jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda aholi «tarbiyalanib», shakllanib, barkamollashib boradi. Ayni paytda biz xuddi ana shunday jarayonlarni boshdan kechiryapmiz.
Demokratiyaning murosachilik va yakdillik madaniyati mam-lakat ichki hayotida ham, tashqi siyosatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, odamlar - mamlakat fuqarolari o'rtasidagi munosabatlar qanchalik iliq bo'lsa, umumxalq va umumdavlat manfaatlari yo'lida birlashib, muammolarni hal etishda oqilona faoliyat ko'rsatilsa, barcha uchun umumiy bo'lgan vazifalar oldida mas'uliyat chuqur his qilinsa - bu demokratiyaning mamlakat ichki hayotidagi madaniyatini belgilaydi.
Demokratiyaning tashqi siyosatdagi ko'rinishi bu bevosita davlat rahbarining dunyo muammolarini hal etishdagi faoliyatida aks etadi. Prezident Islom Karimovning bu boradagi faoliyatida, ayniqsa, ushbu jihatlar e'tiborni tortadi:
har qanday mojaroli masalalarni tinch yo'l bilan hal etish, muzokaralar yo'li bilan fikr almashish va eng to'g'ri, hamma uchun birday manfaatli bo'lgan xulosalarga kelish;
har qanday zo'ravonliklarga, tazyiq va kuch ishlatishlarga qarshi ravishda sharqona munosabatlar ilmini egallash - demakki, sharqona demokratiya tamoyillari asosida ish yuritish. Darhaqiqat, Sharqda, Sharq davlatchiligida har qanday zo'ravonliklardan xoli yo'sinda masalalarni aql-idrok bilan, ro'yirost va oshkora muloqot qilish asosida hal etish tamoyillari mavjud.
O'zbekiston rahbarining xalqaro siyosati hozirgi zamon jahon demokratik harakatlarining ilg'or tajribalariga mos keladi. Bu yo'l har qanday zo'ravonlik va kuch ishlatishni rad etish bilan birga, jahon siyosati madaniyatini oshirishga da'vat etish orqali siyosatga demokratik tamoyillarni olib kirishning o'zbekona yo'lidir.
Demokratiya doimiy harakatdagi hodisadir. Ayni paytda u jamiyat taraqqiyoti va mavjud siyosiy rejim ta'sirida o'zini o'zi to'ldirib, boyitib, yangi tarixiy sharoitlarda yangicha mazmun kasb etib bo-ruvchi voqelikdir. Muxtasar qilib aytganda demokratiya tajribaga asoslangan va doimiy ravishda mazmunan boyib, barkamollashib, mohiyati chuqurlashib boradigan faoliyatdir.
Endi haqli ravishda savol tug'iladi. Xo'sh, O'zbekiston demokratiyaning qaysi yo'nalishlaridan bormoqda? Huquqiy demokratik davlatni barpo etish, fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish oliy maqsad ekan, unga erishishning yagona yo'li demokratiyani chuqurlash-tirishdir. Ayni paytda O'zbekistonda davlatchilikning bu jihatiga qanday qaralmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |