Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna bo'laversin
Muhtaram Federiko Mayor janoblari! Xonimlar va janoblar!
Avvalo, o'zbek xalqining buyuk farzandi Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag'ishlangan «Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» haftaligini o'tkazishga e'tibori va madadi uchun UNESKO rahbariyatiga samimiy minnat-dorchilik bildirishga ruxsat etgaysizlar.
XIV asrdagi bu buyuk shaxs sharafiga tantanalar Parij da - Yev-ropaning qoq markazida, tarixning o'zi yaqqol ko'rinib turgan, ma'rifat, ilm-fan, san'at, abadiy go'zallik shahrida boshlanayotgani chuqur ramziy ma'noga ega.
Bugun ochilayotgan va Amir Temur hamda temuriylar davri-ning ulug'vor madaniy yutuqlariga asoslangan ko'rgazma o'tmish davrlardagi bebaho yodgorliklar, O'zbekiston tasviriy san'ati va xalq ijodiyoti namunalari bilan tanitish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Tarixda «Turon», «Turkiston» va «Movarounnahr» nomi bilan mashhur bo'lgan Markaziy Osiyo, ayniqsa, O'zbekiston hududida minglab yillar davomida yuksak madaniyat gullab-yashnadi, qudratli davlatlar mavjud bo'ldi. Ular insoniyat tarixida sezilarli iz qoldirdi.
O'zbekiston madaniyatining xilma-xilligini qadimgi davrlardan buy on turli karvon yo'llari, dunyoning turli tomonlaridan keladigan savdo-sotiq, insoniy aloqalar yo'llari va albatta - xalqaro aloqalar: iqtisodiy almashuv, hunarmandchilik, fan va san'at harakatlarining jonli qon tomiri bo'lgan Buyuk ipak yo'lining mavjudligi belgilab bergan.
Qadimgi So'g'd, Xorazm, Baqtriya, Kushon, Partiya, Eftalit-lar podsholiklari jahonga buyuk mutafakkirlar, olimlar, shoirlar va me'morlarni yetishtirib bergan diyorimizning oltin beshigidir.
O'zbekiston xalqi minglab yillar davomida barpo etilgan ulkan ma'naviy meros bilan faxrlanadi.
Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz-ning noyob tarixiy yodgorliklari, Buyuk Sharq mutafakkirlari Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek, Bobur asarlari butun bashariyatning bebaho mulki bo'lib qoldi.
Xonimlar va janoblar!
Bir necha oydan so'ng O'zbekiston o'z mustaqilligining 5 yilli-gini nishonlaydi.
O'tgan yillar yosh respublika uchun yangi davlatchilikning qaror topishi, demokratik jarayonlarning rivojlanishi, ijtimoiy yo'nalishdagi bozor iqtisodiyotining shakllanishi yillari bo'ldi.
Eng muhimi - bu ma'naviyat manbalariga, milliy ildizlarimizga qaytish, tarixiy xotirani, madaniyat va ma'naviyatni qayta tiklash yillari bo'ldi.
O'zbekiston xalqi Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniyada, boshqa g'arb mamlakatlarida Amir Temur shaxsi bilan qiziqish hech qachon so'nmaganiga minnatdorlik bilan qaraydi.
Bu yerda XV asrdayoq Amir Temurga yodgorlik o'rnatilib, unga «Yevropaning xaloskoriga» degan chuqur ramziy ma'noli so'zlar yozib qo'yilgan.
Ayni Amir Temur bosqinchi to'dalarning Yevropa ichkarisiga qi-layotgan harakatiga chek qo'yganini, boshqa tajovuzkorlik yurishla-rini uzoq muddatga to'xtatib qo'yganini hozir inkor qilib bo'lmaydi.
Ma'rifatli Movarounnahr ruhi, temuriylar davrida fan va san'atning gullab-yashnagani Yevropada uyg'onish jarayoniga hayot-baxsh ta'sir etganini, umumjahon taraqqiyotiga ko'maklashganini anglab faxrlanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |