mumkin. Saf qadami, joyda va harakatda burilishlar hamda shu kabi qiyin saf usullarini yanada
yaxshiroq
o‘rganish uchun mashg‘ulotlar bir necha marta takrorla-nishi kerak. O‘rganilayotgan
o‘quv savoli sifatli o‘rga-nilib bo‘lmaguncha, navbatdagi o‘quv savolga o‘tish mumkin emas.
Saf tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulot doimo, o‘tgan mashg‘ulotlarda olgan
ko‘nikmalarni yo‘qotmaslik uchun, bir xil vaqt oralig‘ida o‘tkazilishi kerak.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, haftasiga ikki marta saf mashg‘ulotini rejalashtirgan
bo‘linma komandir-lari katta yutuqlarga erishmoqdalar.
Saf tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar vzvodda qoidaga ko‘ra bir vaqtga
rejalashtiriladi va odatda, vzvod komandiri rahbarligida o‘tkaziladi: yakka tayyorgarlik bo‘yicha
bir soatlik, bo‘linmalarni saf uyg‘unligi bo‘yicha masshtabga bog‘liq holda ikki soatlik bo‘lishi
mumkin. Harbiy bilim muassasalarida (serjantlar tayyorlash maktablarida) mashg‘ulot guruh
tarkibida guruh komandiri rahbarligida o‘tkaziladi.
Har bir mashg‘ulot uch qismdan tashkil topgan bo‘lishi kerak:
—
kirish qismiga tashqi ko‘rinishni kuzatish va mashg‘ulot joyi — saf platsiga chiqish,
mavzuni, mash-g‘ulot maqsadini va o‘quv savollarini e’lon
qilish kiradi;
—
yangi usullarni bo‘lib-bo‘lib va butunligicha o‘r-ganishni o‘z ichiga oluvchi asosiy
qismdan. O‘rganish komandir komandasi yoki baraban zarbi ostida, mus-taqil, juftlikda va
seksiya (guruh, vzvod) tarkibida amalga oshiriladi;
—
yakuniy qismida mashg‘ulotni tahlil qilish va o‘rganuvchilarga olgan baholarini
e’lon qilish, yaxshi-larni ko‘rsatib o‘tish va mustaqil tayyorgarlikka vazi-fa berish tavsiya
etiladi.
Saf ko‘nikmalarini oshirishning asosiy shakllari.
Saf ta’limining asosi qilib pedagogikaning rahbarlik prinsipi olingan bo‘lishi kerak:
o‘rganuvchilarning ongliligi va faolligi, ketma-ketlik, sod-dalik va tizimlilik. O‘rgatish
usullariga o‘rganuvchi lar tarkibi va ularning tayyorgarligi ham ancha ta’sir ko‘rsatadi. Saf
usullarini o‘rganish barcha holatlarda mashq qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu erda na
gapirib berish, na suhbat, na boshqa usul to‘g‘ri keladi. O‘rganiladigan savollarni egallash
darajasi bo‘yicha o‘rganuvchilar tarkibining qandayligiga ko‘ra (muddatli harbiy xizmatchilar,
shartnoma bo‘yicha xiz-matchilar, oddiy askarlar tarkibi, serjantlar yoki ofitserlar) shu o‘rganish
usuli tarkibiga kiruvchi alo-hida usullar o‘zgarishi mumkin. Ma’lumki, istalgan fan bo‘yicha
mashg‘ulotda o‘quv jarayonining uchta asosiy bo‘lagiga javob beradigan uchta asosiy didaktik
maqsad qo‘yilgan bo‘lishi mumkin:
—
bilimlarni
etkazish,
qabul qilish va fikrlash;
—
ko‘nikmalar
va mahorat hosil qilish;
—
bilimlar, mahorat va ko‘nikmalarni mustahkam-lash va mukammallashtirish.
Birinchi maqsadga erishishda og‘zaki gapirib berish, namoyish va suhbat usuli ustun
tursa, ikkinchi-sida — mashklar va tushuntirishlar, uchinchisida — nizomlarni, darsliklarni va
boshqa nashriy manba-larni mustaqil o‘qish, mustaqil mashkdar.
Asosiy uslubiy talablar hisobi — o‘quv mavzusi-ni va savollarini o‘rganish ketma-
ketligiga rioya qilish, oddiydan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga o‘tish qo‘yilgan
vazifalarni bajarilishini ta’min-laydi.
Ta’lim jarayonining mazmunini mashg‘ulot rahbari va o‘rganuvchining faoliyati shu
o‘rganuvchining ma’lum bilimlar, mahorat va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga qaratilganligi
tashkil qiladi.
Bilim
— bu o‘rganilayotgan materialning mazmunini yodda saklash, uning ma’nosini
tushunish, shular asosida o‘rganuvchi o‘rgangan usul va harakat bo‘yicha umumlashtirish va
amaliy xulosa chiqarishdir. Bilimlar asosida o‘rganuvchilarda maxsus mashkdar jarayoni-da
kerakli mahorat va ko‘nikmalar rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: