1-o‘quv savoli. 1. Yadro qurolini shikastlovchi omillari.
YAdro qurolini shikastlovchi omillari quyidagilardan iborat:
- portlash to‘lqini yoki zarba to‘lqini;
- yorug‘likning nurlanishi;
- yorib kiruvchi radiatsiya;
- joylarni zararlaydigan radioaktiv moddalar;
- elektromagnit impuls.
1. 3arba (portlash) to‘lqini portlash markazidan hamma tomonga tovush tezligidan ham
katta tezliqla tarqaladigan, juda katta bosimda siqilgan havo zonasidan iborat. Siqilgan havo
zonasining oldingi chegarasi zarba to‘lqini fronti deb ataladi. Siqilgan xavo zonasida hosil
bo‘lgan eng katta havo bosimi (R
f
) va atmosfera bosimi orasidagi (R
o
) bosimning farqi zarba
to‘lqini frontidagi yuqori bosim (∆R
f
) ni tashkil qiladi.
3arba to‘lqini o‘tib ketgandan so‘ng, bosim tezda pasaya boshlaydi va bir necha vaqtdan
so‘ng atmosfera bosimidan ham pasayib ketadi. Vaqt o‘tishi bilan oldingi holatiga qaytadi, ya’ni
atmosfera bosimi tiklanadi. 3arba to‘lqini natijasida paydo bo‘lgan bosim atmosfera bosimiga
qaraganda uzoqroq tursa zichlanish fazasini, atmosfera bosimidan kamroq vaqt tursa siyrak-
langan fazani tashkil qiladi.
3arba to‘lqini oldingi 1000 metrni 2 sekundda, 2000 metrni 5 sekundda, 3000 metrni 8
sekundda o‘tadi, shu vaqt orasida kishi osmonda yorug‘ shu’lani ko‘rishi bilan yashirinishga
ulguradi va zarba to‘lqini shikastlashidan saqlanib qoladi. 3arba to‘lqinining shikastlash kuchi
zichlanish fazasida hosil bo‘lgan bosimga bog‘liq. Bunda siyraklashgan faza hech qanday
ta’sirlash kuchiga ega emas, u faqat zichlanish fazasi ta’sirini kuchaytirish xususiyatiga ega
xolos.
Zarba to‘lqini yadro portlashi vaqtidagi asosiy shikastlovchi omil bo‘lib
hisoblanadi va
jami portlash energiyasining taxminan 50% i shu omilga to‘g‘ri keladi.
Zarba to‘lqini odamlarni, harbiy texnika vositalari, qurollarni, fortifikatsion
inshootlar, mol-mulklarni shikastlaydi va ko‘p vayronagarchiliklarni keltirib chiqaradi. Kishilar
zarba to‘lqinidan bevosita yoki bilvosita - imoratlardan tushgan narsalar, daraxtlarning sinib yoki
ag‘anab tushishi va boshqalardan zarar ko‘rishi mumkin.
SHikastlanishning asosiy sababi zarba to‘lqini ta’sirida atmosfera bosimining keskin
oshib ketishidir. Buni odamlar zarba deb tasavvur qiladilar, bundan tashqari, odam tezlanish
bosimini sezadi va shu tufayli yiqilishi yoki og‘ib ketishi mumkin. Zarba to‘lqini ta’sirida
odamning turlicha mexanik jarohatlanishi: tomir va to‘qimalari uzilishi, suyaklari sinishi,
nog‘ora pardasi yirtilishi va boshqalar kuzatiladi:
Jang maydonlarida zarba to‘lkinidan saklanish uchun turli xil pana joylar, okoplar,
xandaqlar, chuqurliklar va boshqa yashirin joylardan foydalaniladi (34-rasm). Pana joylar,
xandaqlar va okoplar zarba tulqinini 3-10 barobar kamaytiradi.
YOrug‘lik nurlanishi - yadro portlashidan hosil bo‘lgan olovli shardan chiqadigan
va nihoyat darajada ko‘p kuydiruvchi issiqlik energiyasi tarqatadigan yorug‘lik nuri oqimidan
iborat. YAdro portlashi jami eneryaning taxminan 35% i yorug‘lik nurlanishiga to‘g‘ri keladi.
YOrug‘lik nuri tarqalishi 8-15 sekund davom etadi, bu nur faqat to‘g‘ri yo‘nalishda tarqaladi.
SHaffof bo‘lmagan har qanday to‘siq yorug‘lik nurlanishi ta’siridan saqlab qoladi.
YOruglik nurlanishi katta masofalarga bir lahzada tarqalib, turli materiallarni
eritish, yondirish, himoyalanmagan odamlar va hayvonlarni kuydirish yoki ularning
himoyalanmagan terisini turli darajada kuydirish, ko‘zni zararlash, o‘rmonlarda va aholi
yashaydigan punktlarda yong‘in chiqarish xususiyatiga ega.
Moddalarning yorug‘lik nurlanishidan zararlanishi ularning qay darajada qizdirilganiga
bog‘liq bo‘ladi. Modalarning qizishi esa o‘z navbatida quyidagi omillarga: yorug‘lik impulsining
kuchiga, moddalarning xususiyatiga, moddalarning issiqlikni yutish koeffitsientiga, namligiga,
yonuvchanligiga bog‘liq. qora rang mato oq rangdagiga qaraganda yorug‘lik nurini ko‘p yutadi.
Masalan, qora rangli mato 99% yorug‘lik energiyasini yutadi, mosh rang mato 60%, oq rang
mato esa 25% yorug‘lik energiyasini yutadi.
YOrug‘lik nurlanishi ko‘zga tushganda (ayniqsa tunda, chunki ko‘z
qorachig‘i kengaygan bo‘ladi) ko‘z qamashishi kuzatiladi. Ko‘z qamashishi vaqtincha davom
etadi. Bunga sabab ko‘zdagi rodopsin pigmentining (to‘q qizil rang) kamayishidir. Agar nur
yaqin masofadan ko‘zga ta’sir qilsa, ko‘zning to‘r pardasi qo‘yadi va typg‘un ko‘rlik holati
vujudga keladi. SHuning uchun osmonda birdan
chaqnash yuz berganda unga qarash mumkin
emes.
YOrug‘lik nurlanishi faqat odamlarga ta’sir qilib qolmasdan balki harbiy qurollarga,
texnika vositalari, rezina buyumlar, detallar, giloflar, harbiy vositalarga, bo‘yoqli yuzalarga ham
ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida ularning yonib ketishi yoki bo‘lmasa kuyib ko‘mirga
aylanishi kuzatiladi.
O‘tuvchan radiatsiya - yadro portlashida chiqadigan ko‘rinmac va sezilmas gamma-
nurlar hamda neytronlar oqimidan iborat: Bunga yadro portlash energiyasining taxminan 5% i
sarflanadi. YAdro portlashi sodir bo‘lgandan15-20 sekund o‘tgach yadro va termoyadro
reaksiyasi natijasida gamma-nurlar, neytronlar oqimi, alfa-va beta zarrachalirining juda kuchli
oqimi tarqaladi. Lekin o‘tuvchan radiatsiyaga faqat gamma-nurlar va neytron oqimi kiradi, alfa-
va beta-zarrachalarining havoda bosib o‘tgan yo‘li kalta bo‘lganligi uchun, ularda o‘tuvchanlik
xossasi kam.
A l f a z a
r r a ch a l a r geliy atomi yadrosidan iborat bo‘lib, ikki proton va ikki
neytrondan tashkil topgan.
B e t t a z a r r a ch a l a r yo elektron yoki pozitrondir. Har bir beta-zarracha bir
elementar elektr zaryadiga teng bo‘lgan zaryadga ega. Uning tezligi energiyasiga bogg‘liq
bo‘ladi Ust-bosh o‘tuvchanlikni ancha kamaytiradi, avtomobil oynaklari yoki 1 mm qalinliqlagi
metall to‘siqlar beta-zarrachalarni to‘liq o‘tkazmaydi.
G a m m a n u r l a r nur energiyasining ayrim fotonlari oqimidan iborat bo‘lib, to‘g‘ri
chiziq, bo‘ylab yorug‘lik tezligida (300 000 km.sek) tarqaladi.
Gamma-nurlarining havoda bosib o‘tgan yo‘li yuzlab metrlarni tashkil qiladi, shuning
uchun o‘tuvchanlik xossasi cheksiz bo‘lib hisoblanadi. Uning o‘tuvchalik xususiyati beta-
zarrachalarnikiga qaraganda 50-100 barobar kuchli rivojlangan.
20- kilotonnali atom bombasi havoda portlatilganda uning o‘tuvchan radiatsiyasi
doirasi quyidagicha bo‘ladi: 800 metrgacha - 100% o‘lim sodir bo‘ladi (10000 R dozaga yaqin);
1,2 km da-75% o‘lim sodir bo‘ladi (1000 R ga yaqin dozasi); 2 km - 1-11 darajali nur kasalligini
(50 200 R dozasi) keltirib chiqaradi. Neytron bomba portlaganda o‘tuvchi radiatsiya juda kuchli
rivojlanadi. Agar bir ming trotil ekvivalentga teng bo‘lgan neytron bomba portlatilsa, uning
zarba to‘lqini va yorug‘lik nurlanishi faqat 130-150 m doiradagi masofani zararlaydi.
O‘tuvchan radiatsiyadan saqlanish uchun pana joylar va inshootlardan foydalaniladi.
Himoya qiluvchi vositalarning zichligi qancha yuqori bo‘lsa, u gamma-nurlarini o‘zida shuncha
ko‘p tutib qoladi. SHuning uchun himoya qiluvchi materiallar qalinligini topish uchun «yarim
susaytiruvchi qavat» tushunchasi kiritilgan. Bunda ushbu materialning qalinligi o‘tuvchan
radiatsiya miqdorini 2 barobar kamaytirishi kerak. Materiallar qalinligini hisoblash asosan
gamma-nurlar misolida o‘tkaziladi.
YArim susaytiruvchi qavat (K
0,5
), sm
Zararlanish manbalari
Zichligi, g.sm
3
YArim susaytiruvchi qavat, sm
gamma-
nurlaridan
gamma -
bo‘linishlardan
Suv
1,0
14-20
3-6
Daraxt
0,7
15-30
10-15
Tuproq, er
1,6
10-14
11-14
Beton
2,3
6-12
9-12
Bron (zirx)
7,8
2-3
5-12
qo‘rg‘oshin
11,3
1,4-2
9-12
Po‘lat
7,8
2,8-3
5-12
qor
0,4
50
-
Jang maydonlarida zarba to‘lkinidan saklanish uchun turli xil pana joylar, okoplar,
xandaqlar, chuqurliklar va boshqa yashirin joylardan foydalaniladi.
Pana joylar, xandaqlar va okoplar zarba tulqinini 3-10 barobar kamaytiradi.
Dalada qurilgan pana joylarning himoyalash koeffitsienti (gamma-nurlar
bo‘yicha) 250-1000 ni tashkil qilishi kerak, ya’ni bu pana joylarning usti 112-140 sm qalinliqlagi
tuproq bilan yopilgan bo‘lishi kerak.O‘tuvchi radiatsiyaning kirish xususiyati 35- rasmda ko‘rsa-
tilgan.
O‘tuvchi radiatsiya tirik to‘qimalar molekulalarini ionlashtirib, organizmning hayotiy
faoliyatini 6uzadi va kishini turli darajadagi nur kasalligiga yo‘liqtiradi, ba’zan esa halok qiladi.
Odamga 50 rentgen radiatsiya qiska vaqt davomida ta’sir etganda organizmda sezilarli
o‘zgarishlar yuz bermaydi. Hozirgi vaqtda nur kasalligi kechishiga ko‘ra: engil, og‘ir va o‘ta
og‘ir turlarga bo‘linadi. Nur kasalligi og‘irligi va kechishiga ko‘ra o‘tkir va surunkali bo‘ladi.
Joylarning radioaktiv moddalardan zararlanishi
yadro portlashi natijasida hosil bo‘ladi, bunga yadro portlashi energiyasining taxminan
10% i sarflanadi.
YAdro portlashi natijasida hosil bo‘lgan ko‘p miqdordagi radioaktiv moddalar xavo
oqimiga ergashib portlash markazidan o‘nlab, yuzlab kilometr masofalarga tarqaladi. Havo turar
joylar, suv manbalari, qishloq xo‘jaligi maxsulotlari va boshqa narsalarni zararlaydi. Zararlangan
joylardagi radioaktiv moddalar odamlarga va hayvonlarga sirtdan ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur
moddalar ovqat, suv orqali organizmga tushib, ichdan ta’sir kvrsatadi, oqibat natijada odam va
hayvonlarda turli darajadagi nur kasalligi paydo bo‘ladi.
Joylarning radioaktiv moddalardan zararlanishiga asosan quyidagilar: yadro portlashi
natijasida hosil bo‘lgan radioaktiv izotoplar yoki parchalanish «zarrachalari», ba’zi
moddalarning radioaktiv holatga o‘tishi va yadro reaksiyasi natijasida parchalanishga ulgurmay
qolgan yadro zaryadlari sabab bo‘ladi.
Uran va plutoniyning parchalanishidan hosil bo‘lgan radioaktiv izotoplar yoki
parchalanish «zarrachalari» eng xavfli zararlanish manbai hisoblanadi.
Parchalanish «zarrachalari» ichida eng ko‘p uchraydigan izotoplar ittriy, tellur,
molibden, yod, ksenon, bariy, lantan, stronsiy, seziy, sirkoniydir.36-rasmda uran-235
yadrosining parchalanishi natijasida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan yod na ittriyning radioaktiv
izotoplari ko‘rsatilgan. Bu moddalar keyinchalik betaparchalanishi tufayli barqaror lantan va
molibden yadrolariga aylanadi.
YAdro zaryadi portlashi ro‘y berganda osmonga ko‘tarilib chiqqan tuproq, chang
portlash maxsulotlari bo‘lmish izotoplar bilan aralashib ketadi. Buning natijasida qo‘ziqorin
shaklida hosil bo‘lgan bulutning hammasi radioaktiv xususiyatga ega bo‘ladi Radioaktiv
changlar ekinzorlarga tushishi natijasida zararlanish ro‘y beradi. Bunday joylar va narsalar
radioaktiv moddalar bilan zararlangan deb ataladi. Joylarga tushgan radioaktiv zarrachalarning
yarim emirilish davri turlicha bo‘ladi (15- jadval).
Portlashda hosil bo‘lgan radioaktiv maxsulotlar- yarim emirilish davri nisbatan qisqa
bo‘lgan va yarim emiripish daarajasi tezda yo‘qolib ketadigan radioizotoplar yuqori foizni
tashkil etadi. Portlashdan so‘nggi birinchi soatlarda radiatsiya darajasi tezda kamayib ketadi.
Radioaktiv moddalar bilan qo‘shilgan bulut o‘tgan joylarda cho‘ziq ellipssimon
radioaktiv «iz» qoladi. Radioaktiv bulut qoldirgan «iz» radioaktiv moddalar izi o‘qidan qancha
uzoqlashsa, radiatsiya darajasi shuncha kam bo‘ladi va kishiga kam ta’sir ko‘rsatadi.
Radioaktiv moddalarning erga tushish vaqti shamol tezligiga bog‘liq bo‘ladi va
quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |