3. 22 iyun - Suv sayli (yoz bayrami)
Qadimiy nomi «Angom».
A. Bayramning mohiyati, vujudga kelishi. O’rta Osiyo iqlim sharoitida suvga bo’lgan tabiiy ehtiyoj asosida shakllangan, suv havzalari bor sharoitda taraqqiy etgan.
B. Bayramning zamonaviy mazmuni va tashkiliy shakllari.
Suvning qadriga yetish, e’zozlash tadbirlari, suv havzalari yonida turli dam olish, sog’lomlashtirish va cho’milish
tadbirlarini o’tkazish.
|
|
|
4. Qovun sayli, uzum sayli, anor, anjir sayllari, tabiat va mehnat bayramlari.
Avgustning oxiri.
A. Bayramning mohiyati, vujudga kelishi. Qadimgi hosil yig’ish odatlari asosida shakllangan. Dala va bog’da turli mahsulotlari pishgan dehqonlar o’z yaqinlari, qo’shnilari, qarindoshlarini chaqirib, ularni u hosillari bilan siylaganlar va qariyalarning duosini olganlar.
Qovun ekkanlar - «Qovun sayli», uzum ekkanlar - «Uzum sayli»ni o’tkazib kelishgan. Pishiqchilik mavsumida hashar va bog’ sayllari ham uyushtirilgan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |