O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsia texnologiyalari va aloqa harbiy instituti mustaqil ish mavzu: Radiouzatgich, retranslyator



Download 101,4 Kb.
bet4/8
Sana02.01.2022
Hajmi101,4 Kb.
#311421
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ahmedov Nodir

Qo‘zg‘atkich talab qilinadigan barqaror ishchi chastotalar to‘rini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ishchi chastotalar ko‘p bo‘lmaganida qo‘zg‘atkich «kvars-to‘lqin» prinsipi bo‘yicha quriladi, bu chastotalarning har biri o‘z kvarsli avtogeneratoriga ega bo‘ladi. Bir chastotadan ikkinchi chastotaga o‘tish elektron kommutator yordamida amalga oshiriladi.

Ishchi chastotalar ko‘p bo‘lganida qo‘zg‘atkich raqamli sintezator hisoblanadi. Uning tarkibiga kvarsli tayanch avtogenerator, o‘zgaruvchan koeffisientli bo‘lgich (O‘zKB) va chastotani avtomatik sozlash qurilmasi kiradi. Bunday sintezator katta integral mikrosxema asosida bajarilishi mumkin.




1-rasm. RUning umumiy tuzilish sxemasi

Kvarsli avtogeneratorlar chastotasi etarli darajada baland bo‘lmaydi. Shuning uchun RU chastotasi bu qiymatdan katta bo‘lsa qurilmaga signal chastotasini talab qilinadigan songa oshiradigan chastota ko‘paytirgichi kiritiladi.

RU talab qilinadigan chiqish quvvatini olish ketma-ket ulangan YuCh generatorlar yoki tashqi qo‘zg‘atishli O‘YuCh generatorlar quvvatni kuchaytirish qismi yordamida amalga oshiriladi. Uzatgich chiqish quvvati bir elektron asbob quvvatidan ortiq bo‘lsa, chiqish kaskadida generatorlar quvvatlarini qo‘shish amalga oshiriladi.

RU chiqish kaskadi va antenna orasiga antenna-fider qurilmasi (AFQ) qo‘yiladi. AFQ tarkibiga RU yon nurlanishlarini so‘ndirish uchun filtr, tushadigan va qaytadigan to‘lqinlar asboblari va moslashtiruvchi qurilma kiradi. O‘YuCh diapazonida moslashtiruvchi qurilma o‘rnida odatda ferritli bir yo‘nalishli qurilmalar ventil yoki sirkulyator qo‘llaniladi. Chastotaviy modulyatsiya RU qo‘zg‘atkichida, fazaviy modulyatsiya ko‘zg‘atkichda yoki YuCh ko‘paytirgichlarda va kuchaytirgichlarda, amplitudaviy va impulsli modulyatsiya esa YuCh kuchaytirgichlarda amalga oshiriladi.

Avtomatik boshqarish qurilmasi yordamida RU parametrlarini avtomatik barqarorlash (birinchi navbatda quvvatni va harorat rejimni), normal ekspluatatsiya sharoitlari buzilganda himoya (masalan, antenna uzilganida) va boshqarish (o‘chirish-yoqish, chastota bo‘yicha qayta sozlash) amalga oshiriladi.

Harorat (Temperatura) (lot. temperatura - kerakli aralashma, o'rtacha holat) - moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.

Shunday qilib, radiouzatish qurilmasi deb antennaga beriladigan va fazoda tarqaladigan yuqori chastotali tebranishlarni generatsiyalash, quvvat bo‘yicha kuchaytirish va modulyatsiyalashga xizmat qiladigan radiotexnik apparati aytiladi. Radiouzatish qurilmasi alohida kaskadlardan va qismlardan tashkil topadi. Ularning har biri ham mustaqil, ham butun qurilmaning boshqa qismlari bilan qo‘shilgan holda shakllanadi.

Radiouzatgichlarning tasnifi. Radiouzatuvchi qurilmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar.

Radiouzatgichlarning tasnifi:

Radiouzatgichlar beshta asosiy belgilar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi:

- vazifasiga ko‘ra;

- foydalanish ob’ektiga ko‘ra;

- chastotalar diapazoniga ko‘ra;

- quvvatiga ko‘ra;

- nurlanish turiga ko‘ra.

Radiouzatgichning vazifasi shundan iboratki u foydalanadigan radiotexnik tizim orqali aniqlanadi va uzatiladigan ma’lumot turiga bog‘liq. Shuning uchun ular radioaloqa, radioeshittirish, televizion, radiolokatsion, radioo‘lchov, radionavigatsion, radioboshqaruv va boshqa radiouzatgichlar turlariga bo‘linadi.

Radioeshittirish, radioeshittiruv - ommaviy axborot vositalarining oʻziga xos elektron texnikaga asoslangan turi. Ovozni maxsus apparatlar yordamida koʻpaytiradi va keng hududlarga, uzoq masofalarga yetkazib beradi.

Foydalanish ob’ekti radiouzatgichni o‘rnatish joyi orqali aniqlanadi va bu uning ishlatishi sharoitlariga ta’sir qiladi. Bu belgi bo‘yicha radiouzatgichlar er ustida statsionar, samolet, sun’iy yo‘ldosh, kema, ko‘chma, mobil radiouzatgichlarga ajratiladi. Ya’ni, ular avtomobillarga, temir yo‘l transportiga va boshqa er ustida harakatdagi ob’ektlarga o‘rnatiladi.

Temir (lot. Ferrum), Fe - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 26 ; atom massasi 55,847. Temir 4 ta barqaror izotop: 54Fe(5,84%), 56Fe(91,68%), 57Fe(2,17%) va 58Fe(0,31%) dan iborat.

Chastotalar diapazoni bo‘yicha RUlar radiochastotalar diapazonini qabul qilish bo‘icha mos ravishda o‘ta uzun to‘lqinli, uzun to‘lqinli, qisqa to‘lqinli, ultra qisqa to‘lqinli, detsimetrli, santimetrli, millimetrli RUlarga ajratiladi. Birinchi beshta diapazon uzatgichlari umumiy nomda yuqori chastota RUlari, keyingi uchta diapazon uzatgichlari o‘ta yuqori chastota RUlariga birlashtiriladi. Shunday qilib YuCh va O‘YuCh diapazonlari RUlari orasidagi chegara 300 MHz hisoblanadi.

300 MHzdan kichik bo‘lgan chastotalarda uzatgich YuCh diapazonga, 300 MHzdan yuqori bo‘lgan chastotalarda O‘YuCh diapazoniga kiritiladi.

Antennaga beriladigan YuCh yoki O‘YuCh signal quvvati bo‘yicha RUlar uzluksiz rejimda quvvat nurlanishi bo‘yicha kichik - 100 W gacha, o‘rta – 100...1000 W, katta – 1 kW…10 kW, o‘ta katta - 10 kW dan yuqori quvvatli RUlarga ajratiladi.

Nurlanish turi bo‘yicha uzatgichlar uzluksiz va impulsli rejimlarda ishlaydigan RUlarga ajratiladi. Birinchi holda axborot uzatilayotganda signal uzluksiz, ikkinchi holda esa impulslar tarzida nurlantiriladi.

RU turlarini tavsiflash uchun yuqorida aytilgan beshta razryaddan qaysi turiga tegishli ekanligini ko‘rsatish kerak.


Download 101,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish