О’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI ANDIJON VILOYATI BALIQCHI TUMAN BO’LIMI 170300, Baliqchi sh, I.Xudoyberdiyev ko’chasi7, Tel.: (998 74) 323-24-24
el.pochta: balikchi-pensiya@andpf.pf.mf.uz
2022 yil « » fevral № 01-03/30-05-37/______
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Baliqchi tuman bo‘limi Istiqlol MFYda yashovchi 1989 yil 15 dekabrda tug’ilgan fuqoro Murodova Husnidaning kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi uchun qilgan murojaati bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:
Fuqoro H.Murodovaning 2022 yil 01 yanvar kungi kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi tayinlash uchun yozgan arizasi asosida Pensiya jamg‘armasi mutaxassisi tomonidan belgilangan tartibda «Yagona reestr» AT dasturiga 8538234-ID raqam bilan kiritilgan. Dastur tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda real vaqt rejimida davlat organlari va tashkilotlar hamda idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik orqali ma’lumotlar almashilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 oktyabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 654-sonli Qarorining 1-ilovasiga asosan “Kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.
Quyidagi hollarda (4-bob, 20-band) bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi deb belgilangan: k) rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda hisobda turmagan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lganda.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan mezonlar asosida tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash rad etilganda, ariza beruvchiga sabablari ko‘rsatilgan holda elektron bildirishnoma (arizada ko‘rsatilgan telefon raqamga SMS shaklida) yuboriladi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, H.Murodovaning turmush o’rtog’i Murodov Baxromning rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmaganligi yoki oxirgi olti oy mobaynida tuman (shahar) aholi bandlikka ko‘maklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilmaganligi sababli «Yagona reestr» AT dasturi tomonidan oilaning mehnatga layoqatli a’zosi mavjud deb hisoblab nafaqa tayinlash rad etilgan. Yuqorida keltirib o’tilgan holatlar yuzasida H.Murodova bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi va kam taminlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi tayinlanishida to’siq bo’layotgan omillar bartaraf etilib, tegishli tartibda hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda H.Murodovaning farzandlari uchun kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi tayinlanishi ma’lum qilindi.