O’zbekiston Respublikasi moliya tizimi


Buxoro viloyat moliya bosh boshqarmasi



Download 116,5 Kb.
bet6/7
Sana20.01.2022
Hajmi116,5 Kb.
#392650
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi moliya tizimi

Buxoro viloyat moliya bosh boshqarmasi

Byudjet ijrosi hisobi va hisoboti, byudjet tashkilotlari hisobotini monitoring qilish bo‘limi


Bo’limda bosh hisobchi quyidagi vazifalarni bajaradi : Byudjet tashkilotlari hamda tuman (shahar) moliya bo‘limlari mahalliy byudjet ijrosi bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarini qabul qilish, jamlash, Moliya vazirligiga mahalliy byudjet bo‘yicha hisobotlarni topshirish, mahalliy byudjet tashkilotlarining UzASBO dasturida barcha hisobotlarni elektron holatda qabul qilinishini nazorat qilish va to‘liqligini ta’minlash. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar harakati bo‘yicha har oylik hisobotni Moliya Vazirligiga taqdim qilish. Tegishli hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilishini, bo‘limning funksional vazifalari va majburiyatlarini bajarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bo‘lim ishini umumiy nazorat qilish. Viloyat G‘aznachilik boshqarmasi, Markaziy bank, Davlat soliq inspeksiyasi va sohaga aloqador boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlash va markazlashgan topshiriqlarni bajarish. Vazirlikdan va yuqori tashkilotlardan keladigan topshiriqlarni bajarilishini nazorat qilish. Bo‘lim xodimlari bilan doimiy ravishda chiqariladigan hukumat qarorlari, farmonlari, yo‘riqnomalar va qo‘llanmalar asosida ishni tashkil qilish. Byudjet tashkilotlari tomonidan topshirilgan davriy moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri yuritilganligini o‘rganish.

  • Moliya bosh boshqarmalari saqlash xarajatlari o‘z vaqtida amalga oshirilishi, hisob-kitoblarning to‘g‘ri yuritilishi va UzASBO dasturida barcha xo‘jalik muomalalari to‘g‘ri shakllantirilayotganligi, byudjetdan ajratilgan mablag‘larning oqilona sarflanishi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarni qonun doirasida ekanligi ustidan doimiy nazoratni yuritish.

  • Bo’limda bosh iqtisodchi ham faoliyat yuritib, quyidagi ishlarni bajarish bosh iqtisodchiga yuklatiladi:

  • Viloyat moliya bosh boshqarmasi apparat va maxsus hisob bo‘yicha bosh kitob, kassa va haqiqiy xarajatlar hisobi kitobini, aylanma vedomostlar, joriy hisoblar va hisob-kitoblar kitoblarini UzASBO dasturida shakllantirib, har chorak yakuni bilan kitob shaklida tikib borish, moddiy boyliklarning miqdor-qiymat hisobini yuritish hamda hisobotini tekshirib XIMdan qabul qilish. UzASBO dasturida Moliya bosh boshqarmasi hujjatlari bilan ishlash. Viloyat Moliya bosh boshqarmasi hisobiga benzin kelib tushushi, uning sarflanishi va qoldig‘i bo‘yicha hisobotlarni yuritish va nazorat qilish uchun javobgar.

  • Tuman va shahar moliya bo‘limi apparati bo‘yicha choraklik va yillik

hisobotlarni belgilangan muddatlarda qabul qilib, viloyat bo‘yicha yig‘ma hisobotni UzASBO dasturida shakllantirib Moliya vazirligiga topshirish. Choraklik va yillik hisobotlar davrida viloyat mahalliy byudjetidan mablag‘ oluvchi mahalliy byudjet tashkilotlar hisobotlarini belgilangan muddatlarda UzASBO dasturida hamda tasdiqlangan shakllarda qabul qilish va jamlash, UzASBO dasturida shahar va tuman moliya bo‘limlari dastur yuritilishini tekshirish, shuningdek soliq, statistika va boshqa hisobotlarni va o‘z vaqtida sifatli topshirish. Nafakaga oid ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni tayyorlash. Moliya bosh boshqarmasi 9-memorial order, 17-memorial order, 18-memorial order, 19-memorial order, 20-memorial order, 21-memorial orderlarni o‘z vaqtida tayyorlash. Viloyat byudjetidan moliyalashtiriladigan mahalliy byudjet tashkilotlarining UzASBO dasturini yuritilishi, hamda elektron so‘rovnomalarning shakllantirilishi va JBPJ bo‘yicha dasturda shakllantirilgan ro’yxatlarni o‘z vaqtida jo‘natilishini qat’iy nazorat qilish va bajarilishini ta’minlash uchun javobgar.

Bo’limdagi ikkinchi bosh iqtisodchiga quyidagi vazifalarni bajarish

yuklatilgan:



  • Har chorakda choraklik hisobotlarni tayorlash, UZASBO dasturida. Moliya

bosh boshqarmasi apparati uchun barcha shartnomalarni tayyorlash, G‘aznachilik boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, o‘z vaqtida tuzilgan shartnomalar bo’yicha mablag‘larni belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha javobgar. Moliya bosh boshqarmasi 2-memorial order, 3-memorial order, hamda byudjet va maxsus hisob raqamlar bo‘yicha 6-memorial orderlarni belgilangan muddatlarda tuzish va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan choraklar yakuni bo‘yicha solishtirma dalolatnomalar tuzish. O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari portali “dxarid.uzex.uz” saytida barcha e’lonlar va savdolarni to‘g‘ri joylashtirish uchun javobgar.

  • CHoraklik va yillik hisobotlar davrida viloyat mahalliy byudjetidan mablag‘

oluvchi mahalliy byudjet tashkilotlar hisobotlarini belgilangan muddatlarda UZASBO dasturida hamda tasdiqlangan shakllarda qabul qilsh va jamlash hamda chorak yakuni bo‘yicha barcha hisobotlar tasdiqlangan shakllarini umumlashtirish. Moliya bosh boshqarmasi xodimlarining hisoblangan ish haqlarini shaxsiy varaqalariga tushirish. Nafaqaga oid ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni tayyorlash. Viloyat byudjetidan moliyalashtiriladigan mahalliy byudjet tashkilotlarining UzASBO dasturini yuritilishi, hamda elektron so‘rovnomalarning shakllantirilishi va JBPJ bo‘yicha dasturda shakllantirilgan ro’yxatlarni o‘z vaqtida jo‘natilishini qat’iy nazorat qilish va bajarilishini ta’minlash bo‘yicha javobgar.

Byudjet ijrosi hisobi va hisoboti, byudjet tashkilotlari hisobotini monitoring

qilish bo’limidagi yetakchi iqtisodchi quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Moliya bosh boshqarmasi apparati xodimlari ish haqi, mukofot va ustamalari

va birinchi darajali xarajatlari bo‘yicha hisob kitoblarni o‘z vaqtida hisoblash, to‘lov topshiriqnomalarini tayyorlash, 1031-tartib asosida kommunal to‘lovlar uchun har bir xodim talabini ro’yxatga olib borish va ijrosini ta’minlash. G‘aznachilik boshqarmasida har oyning 1-sanasida ish haqi to‘g‘risida so‘rovnomalarni topshirish va ish haqi bilan bog‘liq barcha chora tadbirlarni bajarish, shuningdek to‘lov vedomostlarini tayyorlab mas’ul xodimga taqdim qilish. Moliya bosh boshqarmasi xodimlari bilan xizmat safari xarajatlari hisoblanishi va to‘lanishi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirilishi bo‘yicha javobgar.

  • Apparat xodimlari ish haqlari bo‘yicha zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z

vaqtida tayyorlab berish. Moliya bosh boshqarmasi xodimlarining hisoblangan ish haqlarini shaxsiy varaqalariga tushirish.

  • Moliya bosh boshqarmasi apparati byudjet va byudjetdan tashqari

mablag‘lari uchun 5-memorial order, 8-memorial order orderlarni o‘z vaqtida tuzish.

  • Choraklik va yillik hisobotlar davrida viloyat mahalliy byudjetidan mablag‘

oluvchi mahalliy byudjet tashkilotlar hisobotlarini belgilangan muddatlarda UzASBO dasturida hamda tasdiqlangan shakllarda qabul qilsh va jamlash. Shahar va tumanlar choraklik hisobot kitoblarini yig‘ish. Viloyat byudjetidan moliyalashtiriladigan mahalliy byudjet tashkilotlarining UzASBO dasturini yuritilishi, hamda elektron so‘rovnomalarning shakllantirilishi va JBPJ bo‘yicha dasturda shakllantirilgan ro’yxatlarni o‘z vaqtida jo‘natilishini qat’iy nazorat qilish va bajarilishini ta’minlash uchun javobgar.

  • “Chet ellik vakillardan qabul qilib olinadigan esdalik sovg‘alarini hisobga

olib borish Jurnali”ni yuritish.

Xo’jalik ishlari mudiri – xazinachiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:



  • Moliya bosh boshqarmasi har bir bo‘lim bo‘yicha asosiy vositalar va moddiy

boyliklarni ro‘yxatini yuritish, oylik hisobot tayorlab, bosh hisobchiga topshirish va Moliya bosh boshqarmasi 1-memorial order va kassa kitoblarini yuritish, 9-memorial order uchun birlamchi hujjatlarni tayyorlab bosh hisobchiga topshirish uchun javobgar. Moliya bosh boshqarmasi xodimlarining hisoblangan ish haqilarini shaxsiy varaqalariga tushirish.

  • Bankdan o‘z vaqtida Moliya bosh boshqarmasi xodimlari uchun naqd

pullarni olib, xodimlarga tarqatish, kassa kitobini yuritish. To‘lov topshiriqnomalarini G‘aznachilik boshqarmasidan o‘tkazishni ta’minlash uchun javobgar.

  • Ijtimoiy ta’minot bo‘limi hisobotlarini topshirish. Oy yakuni bo’yicha

barcha schet-fakturalarni yig‘ib bo‘lim yetakchi iqtisodchisiga topshirish. Har oy kommunal to‘lovlar bo‘yicha 1031 tartibga asosan xodimlar bo‘yicha kommunal tashkilotlar bilan solishtirma dalolatnomalar tayyorlash, hamda 1031 tartib bo‘yicha o‘tkazilgan mablag’lar bo‘yicha kommunal kvitansilarni tayyorlash va xodimlarga tarqatish, xodimlar ish haqlari va unga tenglashtirilgan to‘lovlarining tegishli banklarga yetkazilishini ta’minlash.



Download 116,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish