Iqtisodiy munosabatlar transformatsiyasi inflyatsiya va ishsizlikning past darajasiga, tashqiiqtisodiy balanslilikka, qulay ekologik muhit va yuqori turmush darajasiga asoslanuvchi barqaror iqtisodiy o‘sishga o‘tishni anglatadi.
Iqtisodiy munosabatlar transformatsiyasidan maqsad - ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yaratishdir.
Moliyaviy barqarorlikka moliyalashtirishning barqaror manbalari mavjudligida, kapital bozoridan mablag‘larning jalb etilganida, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun va iqtisodiyot ijtimoiy sohalari taraqqiyoti uchun zarur mablag‘lar jamg‘arilgandagina erishiladi.
Moliyaviy barqarorlashtirish strategiyasi nuqtai-nazaridan iqtisodiyotni isloh qilish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
bahoning erkinlashtirilishi;
xususiylashtirish;
ijtimoiy transformatsiya;
jahon moliya tizimiga integratsiyalashuv.
Do'stlaringiz bilan baham: |