O’zbekiston Respublikasi moliya tizimi


Moliya mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi



Download 116,5 Kb.
bet4/7
Sana20.01.2022
Hajmi116,5 Kb.
#392650
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi moliya tizimi

Moliya mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:

a) Moliyaviy istiqbollarini belgilash;

b) Moliyaviy dastaklar va vositalari;

d) Moliyaviy boshqarish usullari;

e) Moliya qonunchiligi kiradi.

Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:

• Prezident va Prezident devoni;

• Oliy Majlis va moliya, budjet, soliq va bank masalalari bo'yicha Oliy Majlis palatalarining tegishli qo'mitalari;

• Vazirlar Mahkamasi;

• Hisob palatasi;

• Moliya vazirligi va uning joylardagi, jumladan, G'aznachilik tizimi organlari;

• Markaziy bank;

• Davlat soliq qo'mitasi;

• Davlat bojxona qo'mitasi;

• Davlat mulk qo'mitasi;

• Qimmatli qog'ozlar bo'yicha komissiya;

• Budjetdan tashqari fondlarning ijroiya idoralari

• va boshqalar.

Mamlakat Prezidenti (Prezident devoni) moliya tizimi faoliyatini tartibga soladi, mamlakat budjetini imzolaydi, Parlament tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga «veto» qo'yish huquqiga ega.

Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo'lgan Oliy majlis soliqlar, yig'imlar, soliqdan tashqari to'lovlarni belgilaydi, Davlat budjetini ko'rib chiqadi va tasdiqlaydi. Shuningdek, u Davlat budjeti ijrosi to'g'risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o'zida davlat ichki va tashqi qarzining tegishli darajasini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetini ko'rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida ish yuritadi.

Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliyaviy, budjet, soliq va valyuta siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

• yagona davlat moliya siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

• Davlat budjeti loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash;

• budjet mablag'lari va budjetdan tashqari fondlar mablag'lari oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

• davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid chora-tadbirlami ko'rish;

• mamlakat budjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko'rish;

• mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlariga moliyaviy resurslami to'plash;

• Davlat budjeti va jamlanma budjetning ijrosi haqida hisobot tayyorlash;

• davlat tomonidan qarzlami olish dasturini ishlab chiqish, davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish;

• uzoq, o‘rta va qisqa muddatli istiqbolga mo'ljallangan mamlakat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

• iqtisodiyotni moliyaviy sog'lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlami bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va qo'llab-quwatlovchi chora-tadbirlami ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;

• mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar va to'lovlaming ahvolini yaxshilash bo'yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

• faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo'naltirilgan choralami ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot budjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishga qatnashish;

• moliyaviy rejalashtirish va milliy xo'jalikni moliyalashtirish sohalarida uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

• mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish;

• moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni cheklash yoki umuman to'xtatib qo'yish;

• va boshqalar.

Moliya vazirligining asosiy funksiyalari esa quyidagilardan iborat:


  • respublika yigʻma moliya balansining moliyaviy resurslarini

shakllantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarini tuzish ishida, shuningdek, umumrespublika maqsadli byudjetdan tashqari pul jamgʻarmalarini shakllantirishda qatnashadi, ularni tashkil etish, foydalanish va miqdorlari tartibi, Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari tomonidan mazkur pul jamgʻarmalariga mablagʻ ajratish kvotalari toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi;

  • respublika va mahalliy byudjetlarni shakllantirishning yangi usullari

asosida hududiy moliya-byudjetni, soliqni rejalashtirishni takomillashtiradi, moliya-byudjetni va soliqni rejalashtirish, narx belgilash, xalq xoʻjaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablagʻ bilan taʼminlash sohasida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, respublika va mahalliy byudjetlardan sarflanayotgan xarajatlar smetasini tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning umumiy qoidalarini belgilaydi;

  • amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjetni tuzish va ijro etish ishlarini tashkil etadi;

  • joriy yilda respublika byudjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan

hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

  • xalq xoʻjaligi tarmoqlari va mintaqalar iqtisodiyoti va moliyasi holatini

tahlil qiladi, vazirliklar va idoralarga, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda moliya-iqtisod ishlarini tashkil etish boʻyicha uslubiy va amaliy yordamlar koʻrsatadi, moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish, jamgʻarma fondi va isteʼmol fondi oʻrtasidagi mutanosiblikni takomillashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning moliyaviy jihatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo‘limlari, davlat sug‘urta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.



Download 116,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish