O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 0,52 Mb.
bet26/36
Sana12.05.2023
Hajmi0,52 Mb.
#937281
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
Jazo

NOTA BENE !





Intizomiy qismga jo‘natish – muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini sud tomonidan belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq bo‘lgan maxsus harbiy qismga joylashtirish orqali muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etishdir (JK 49-moddasi 1-qismi).

Muddatli harbiy xizmat – Qurolli Kuchlarda chaqiruv yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlik va serjantlik tarkibi lavozimlarida xizmat o‘tashi, shuningdek, avval harbiy xizmat o‘tamagan ofitserlarning qonunchilik bilan belgilangan muddat davomida majburiy xizmat o‘tashidir 1.
Muddatli harbiy xizmatchilar deb, harbiy xizmatning boshqa turlarini o‘tayotgan shaxslar (kontrakt bo‘yicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligida xizmat o‘tayotganlar, ofitserlik tarkibining shaxslari va boshqalar) tan olinishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor deb tan olingan shaxs muddatli harbiy xizmatchilarga kirish-kirmasligini aniqlashda sudlar ushbu xizmatning boshlanishi va tugashi muddatlariga e’tibor berishi kerak, muddatli harbiy xizmatni o‘tamayotgan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishi ushbu jazoni qo‘llash uchun to‘sqinlik qilishini nazarda tutishi kerak. Muddatli harbiy xizmat o‘tash muddatlari qonunchilik bilan belgilanadi hamda harbiy qismga jo‘natish uchun mudofaa ishlari bo‘limiga kelgan kunidan to xizmatdan bo‘shatish munosabati bilan harbiy xizmatchining harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarilishi to‘g‘risidagi harbiy qism boshlig‘ining buyrug‘i chiqqan kunigacha hisoblanadi2.
1 Ўзбекистон Республикасининг 2002 йил 12 декабрдаги «Умумий ҳарбий мажбурият ва ҳарбий хизмат тўғрисида»ги 436–II- сон Қонуни, 5-модда 1-қисми // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2002 й., 12-сон, 217-модда.
2 Ўзбекистон Республикасининг 2002 йил 12 декабрдаги «Умумий ҳарбий мажбурият ва ҳарбий хизмат тўғрисида»ги 436–II- сон Қонуни, 5-модда // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2002 й., 12-сон, 217-модда.
Intizomiy qismga jo‘natish jazoning asosiy turi hisoblanadi. Uning ijro etilishi buning uchun maxsus mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining intizomiy qismlariga yuklatilgan va u nafaqat harbiy jinoyatlar sodir etilganda, balki harbiy xizmatchilar sodir etgan boshqa huquqqa xilof qilmishlar sodir etilganda ham qo‘llanishi mumkin. Davlat majburlov chorasining mazkur turini tayinlash aybdor shaxs ozodlikdan mahrum qilish tatbiq etilmagan holda alohida harbiy qism sharoitida tuzatilishi mumkin bo‘lgan hollarda amalga oshirilishi lozim.
Sudlangan shaxsni qat’iy ichki tartibli maxsus harbiy bo‘linmaga joylashtirish faqat qaralayotgan jazo turining qo‘llash vositasi bo‘ladi, uning mohiyati esa muayyan huquqlar va imtiyozlardan mahrum etish bo‘ladi. Ushbu mahrum etish turi JIKda ochib beriladi. Shu jumladan, intizomiy harbiy qismda jazo o‘tash davrida barcha sudlangan shaxslar harbiy unvoni va avvalgi xizmatlari xususiyatidan qat’i nazar oddiy askar (matros) mavqeida bo‘ladilar hamda belgilangan ko‘rinishdagi kiyimda yuradilar va tafovut belgilarini taqadilar. Sudlangan shaxslar belgilangan muddatlarda qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuvlar, posilka va banderollarni olish huquqiga ega bo‘ladi. Sudlangan shaxslar nomiga kelib tushgan pullar ularning shaxsiy hisob raqamiga kiritiladi, sudlangan shaxslar istalgan miqdorda xatlar va telegrammalarni olishi va yuborishi mumkin. Favqulodda holatlar munosabati bilan (yaqinlarining vafoti, tabiiy ofat) sudlangan shaxsga davomiyligi 7 sutkagacha bo‘lgan harbiy qismdan tashqariga qisqa muddatli chiqishga ruxsat etiladi. Muddatli harbiy xizmatchilar uchun nazarda tutilgan ta’tillar sudlangan shaxslarga berilmaydi.
Intizomiy qismda mahkumlarning jazoni o‘tash vaqti harbiy xizmat muddatiga qo‘shilmaydi (JIK 160-moddasi 1-qismi). Shuning uchun jazoni o‘taganidan keyin ular o‘z harbiy qismlariga chaqiruv bo‘yicha xizmatning qolgan qismini o‘tash uchun qaytadi. Shuningdek, ushbu sababga ko‘ra intizomiy qismga jo‘natish xizmat muddati tugaganda boshqa jazo turiga almashtirilishi mumkin emas, chunki shu davr mobaynida ushbu muddat to‘xtatib turiladi. Lekin mazkur jazoni o‘tash davrida sudlangan shaxs harbiy xizmatga yaroqsiz deb tan olingan holda mazkur davlat majburlov
chorasini unga nisbatan amalga oshirish to‘xtatilishi lozim. Bu holda sud jazoning o‘talmagan qismini boshqa jazo bilan almashtirish yoki jazodan ozod qilish masalasini ko‘rib chiqishi lozim.
Intizomiy harbiy qismga jo‘natishning majburiy sharti uning muddati bo‘lib, shunday muddat JK 49-moddasining 2-qismi bilan uch oydan bir yilgacha muddat doirasida belgilanadi. Intizomiy qismga jo‘natish muddatini belgilaganda sudlar uning jazoni individuallashtirishning muhim vositasi ekanligini nazarda tutishi lozim. Bunda sud hukmida mazkur jazoning qo‘llanishi kerak bo‘lgan muddati to‘g‘risida ko‘rsatmaning yo‘qligi jinoyat qonunchiligining hukmni bekor qilishga olib keluvchi jiddiy buzilishi ekanligini inobatga olishi lozim.
JK 49-moddasi 2-qismida intizomiy qismga jo‘natish ozodlikdan mahrum etish o‘rniga tayinlanishi mumkin bo‘lgan shartlar belgilab beriladi: «Sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga shu muddatga intizomiy qismga jo‘natish jazosini qo‘llashi mumkin».
Ish holatlari tushunchasi bilan mazkur moddaning ma’nosida sodir etilgan jinoyatning og‘irligi, oqibatlarning mavjudligi, ularning turi, shuningdek, ish uchun jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar qamrab olinadi. Sud javobgarlikni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarning mavjudligiga alohida e’tiborini qaratishi lozim.
Sudlangan shaxsni tavsiflovchi holatlarga quyidagilar kiritilishi mumkin: davlat mukofotlari, faxriy unvonlari borligi, salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, muddati o‘tib ketmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi, jazoni ozodlikdan mahrum etish joylarida o‘taganligi to‘g‘risida va boshqa ma’lumotlar kiritilishi mumkin 1. Ozodlikdan mahrum etish intizomiy qismga jo‘natishga almashtirilganda hukmning tavsiflash qismida sud jazoning ushbu turini tayinlash asoslarini ko‘rsatishi hamda sud hukmining yakuniy qismida JK 49-moddasi 2-qismiga havola etishi lozim.
1 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1997 йил 22 августдаги «Судлар томонидан жиноят ишларини биринчи босқич судида муҳокама этиш жараёнида процессуал қонунчиликка риоя қилиниши тўғрисида»ги 12-сонли қарори, 2-банд
// Тўплам, 1-жилд. 105-б.
Ozodlikdan mahrum etish o‘rniga intizomiy qismga jo‘natish tayinlangan holda intizomiy qismga jo‘natish muddati ozodlikdan mahrum etishning bir kuni intizomiy qismda bo‘lishning bir kuni hisobidan belgilanadi. Bunda sud shunday vaziyatda ushbu jazoning umumiy yuqori chegarasi bilan bog‘langan bo‘lib qolmaydi va uni uch oydan to uch yilgacha bo‘lgan chegarada qo‘llashi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etish o‘rniga intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazoning qo‘llanishi faqat sudlangan shaxsga uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish tayinlanishi mumkin bo‘lgan hollarda mumkin bo‘ladi. JK Maxsus qismi tegishli moddasining sanksiyasida ko‘rsatilgan ozodlikdan mahrum etish chegaralari ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ozodlikdan mahrum etish o‘rniga intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazoni tayinlash tegishli moddaning sanksiyasida mazkur majburlov chorasi nazarda tutilgan-tutilmaganligiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Shuningdek, ozodlikdan mahrum etishni intizomiy qismga jo‘natish bilan almashtirish ozodlikdan mahrum etish bir necha jinoyatlarni sodir etish uchun jazo tarzida tayinlanganda amalga oshirilishi mumkinligini qayd etib o‘tish lozim. Bu holda sudlar faqat tayinlangan jazoning umumiy miqdori uch yildan oshmasligiga ahamiyat berishi lozim.

    1. Download 0,52 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish