O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Jinoiy faoliyatni davom ettirishga to‘sqinlik qilish



Download 0,52 Mb.
bet9/36
Sana12.05.2023
Hajmi0,52 Mb.
#937281
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
Jazo

Jinoiy faoliyatni davom ettirishga to‘sqinlik qilish jazoning maxsus maqsadi sifatida shaxsni, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, xususiy mulk, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligini himoya qilish yo‘lidagi Kodeks vazifalarining xususiy tarzda namoyon bo‘lishini tashkil etadi. Jazoni belgilash yoki qo‘llash orqali davlat kelajakda jinoiy faoliyatni sodir etish mumkinligiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi.
Jazoni qo‘llashda jinoiy faoliyatni davom ettirishga to‘sqinlik qilish nafaqat mahkum etilgan shaxs uchun, balki mahkum bilan birgalikda jinoiy faoliyatni amalga oshirgan boshqa shaxslar uchun ham keyinchalik shunga o‘xshash faoliyatni amalga oshirish imkoniga yo‘l qo‘ymaslikda (masalan, uyushgan jinoiy guruh a’zosiga majburlov choralarining qo‘llanishi orqali mazkur guruhni keyinchalik ham g‘ayrihuquqiy qilmishlarni amalga oshirish imkonidan mahrum qilish) namoyon bo‘lishi mumkin.
Yangi jazo chorasini o‘rnatish va mavjud jazo choralarini qo‘llash orqali vakolatli davlat organlari uni yangi jinoyatlarning oldini olish talablariga bo‘ysundiradilar, ya’ni jazoning qo‘llanishi preventiv (oldini
olish) ahamiyatiga ega bo‘lishi kerak. Bunda jazoning qo‘llanishi maxsus va umumiy prevensiya maqsadlarini ko‘zlayotganligi qonun darajasida ko‘rsatiladi.
Maxsus prevensiya sudlangan shaxs tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishdan iborat. Maxsus oldini olish maqsadini amalga oshirishni ta’minlash orqali sud qonun asosida va JK tegishli moddasi sanksiyasi doirasida mahkum uchun jazo turini va miqdorini qat’iy darajada belgilaydi. Ayni shu maqsadga erishish uchun shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyatga davlatning munosabat bildirish tezkorligi ham ahamiyatlidir. Jazolanish muqarrarligi va qo‘llanish tezkorligi uning shafqatsizligidan ko‘ra maxsus prevensiya maqsadi uchun samaraliroqdir.
Jazoni qo‘llashdagi umumiy prevensiya maqsadi muayyan sudlangan shaxs uchun muayyan jazo turini va miqdorini belgilashda, davlat shu yo‘l orqali jamiyatning boshqa a’zolarini g‘ayriqonuniy qilmishlarni sodir etishdan ogohlantirishga intilishidan iboratdir. Umumiy ogohlantirishdagi jinoiy qilmishlarni sodir etishdan tiyib turuvchi asos bunday shaxslarning jinoyatning ko‘ngilsiz oqibatlari haqidagi tasavvuri bilan, ya’ni har bir jinoiy qilmish uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi, jazoning qattiqqo‘lligi darajasi jinoyatning og‘irligi darajasi bilan belgilanishi, jinoyat sodir etilgan taqdirda javobgarlikning amaliyligi va muqarrarligi bilan shartlanadi. Bunda JKda mujassamlangan jazo tahdidining amaliyligi faqat uning qo‘llanishi holatida namoyon bo‘lishini nazarda tutmoq lozim. Bunday hollarda, beqaror unsurlar jazoni o‘zlari uchun salbiy oqibatlari bilan zararli bo‘lgan jinoyatning muqarrar oqibati sifatida qabul qiladilar.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish