O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 0,52 Mb.
bet8/36
Sana12.05.2023
Hajmi0,52 Mb.
#937281
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
Jazo

§. Jazo maqsadlari


Jinoyat-huquqiy nazariya va huquqni qo‘llash amaliyoti tomonidan ishlab chiqilgan jazo maqsadlari JK 42-moddasi 2-qismida quyidagi mazmunan boyitilgan ko‘rinishda belgilangan, ya’ni: «Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatini davom ettirishga to‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek, boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadlarida qo‘llanadi».


NOTA BENE !





Jazo maqsadi – bu davlat tomonidan jazoni qo‘llash vositasida erishishga intilayotgan yakuniy natijadir.

Jazoni tanlash va uning qo‘llanishidan ko‘zlanayotgan maqsad normativ-huquqiy natijalarning aks ettirilishi amaliyotning bir xil yo‘sinda kechishiga va shuningdek, jinoyat qonunining tizimli va tadrijiy rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Har bir jazo, jinoyatchiga tayinlangan alohida jazo ko‘rinishi hamda shunga teng tarzda davlat majburlovi chorasi sifatida namoyon bo‘lib, qonunda belgilangan maqsadlarga albatta bo‘ysunishi kerak. Bunda jazoning belgilangan maqsadlarga muvofiq kelishi shartiga ularga har bir aniq holatda amal qilish uchun imkoniyat yo‘qligi ta’sir qilmaydi, chunki jazo maqsadlari – bu kutiladigan, lekin har doim ham erishish imkoniyati kafolatlanmaydigan natijadir.
Shunday qilib, jazoning amaliy jihatdan qo‘llanishi quyidagilarga, chunonchi:

  • mahkumning tuzalishiga;

  • jinoiy faoliyatni davom ettirish uchun to‘sqinlik qilishga;

  • mahkumlar hamda boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga yo‘naltirilishi kerak.

Mahkumni axloqan tuzatish jazoning mustaqil maqsadi bo‘lib, jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan jazoni qo‘llash vositasi orqali mahkumda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyat, mehnat, jamiyat turmushi qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini shakllantirishga intilishdan iboratdir (JIK 7-moddasi). Shunday yo‘sinda, davlat majburlovi choralarining qo‘llanishidagi axloqni tuzatish jinoyatchiga nisbatan jazoning tarbiyaviy ta’siridir; mazkur ta’sir shaxsga g‘ayrihuquqiy harakatni sodir etish uchun imkon bergan yoki unga sababchi bo‘lgan shaxsdagi ba’zi shunday xususiyatlarning o‘zgarishida namoyon bo‘ladi (masalan, jazolanmasdan qolish hissi, zaruriy diqqat- e’tiborni ko‘rsatmaslik va sh.k.).

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish