O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejalari va ularning tavsifi



Download 184,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.07.2022
Hajmi184,13 Kb.
#820756
  1   2   3   4
Bog'liq
Qosimov Baxodir Bank hisobi taxlili auditi



O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari buxgalteriya 
hisobining hisobvaraqlar rejalari va ularning tavsifi

Reja: 
1.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasi
2.
Bankning buxgalteriya balansi
3.
Bank bino-inshootlarini, jihozlarini, ko‘chmas mulkni sotishdan 
ko‘rilgan zararlar
 


1.
 
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasi
Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi ham mazmunan, ham 
tuzilishi jihatidan avvalgisidan farqlanadi. 
Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklar ham buxgalteriya hisobini yagona 
hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edilar. Har bir hisobvaraq nomeri va nomi 
yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo‘yilgan edi. Yangi hisobvaraqlar 
rejasi Markaziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi. 
Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan, Markaziy 
bank emissiya markazi hisoblangani uchun kassadagi pullar banknot va tangalarga 
bo‘lingan holda ko‘rsatiladi. 
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘limidagi 
hisobvaraqlar muddatiga ko‘ra joylashtirilgan hisoblanadi. “Majburiyatlar” bo‘limi 
Markaziy bankning asosiy funksiyalaridan biri hisoblangan “Pul emissiya”sidan 
boshlanib, uning hisobi 20100- “Pul emissiyasi” hisobvarag‘ida yuritiladi. Demak, 
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan banknotlar va tangalar 
bank balansining passiv qismida, ya’ni majburiyatlar bo‘limida hisobga olinadi. 
Markaziy bankning hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘limida, 
shuningdek, norezident banklarning, xalqaro moliya institutlarining talab qilib 
olingungacha saqlanadigan, jamg‘arib boriladigan muddatli depozitlari, Markaziy 
bankning obligatsiyalari, davlat budjetining daromadlar va xarajatlari 
hisobvaraqlari yuritiladi. 
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Kapital” deb nomlangan bo‘limda 
“E’lon qilingan ustav kapitali”, “Shakllangan ustav kapitali” kabi hisobvaraqlar 
ochilgan. Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasining Sh-bo‘limida, ya’ni “Kapital” 
bo‘limida oddiy va imtiyozli ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali hamda oddiy va 
imtiyozli chiqarilgan ustav kapitali kabi Markaziy banklarning hiosbvaraqlar 
rejasida bo‘lmagan hisobvaraqlar ochiladi. 
Tijorat banklar iqtisodiyot tarmoqlarining turli mulkchilik shakllariga 
tegishli xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatadi, shunga asosan tijorat banklarda alohida 


hisobvaraqlar ochiladi. Markaziy bank esa iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki 
hukumat va nazorat idoralari va vazirliklarga xizmat ko‘rsatadi. Shunday 
xususiyatlar har ikki bank hisobvaraqlar rejalarida hisobga olingan. 
Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi olti bo‘limdan iborat 
bo‘lib, ulardan beshtasi balans ichidan hisobvaraqlarni o‘z ichiga oladi, oxirgi 
oltinchi bo‘lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Bank aktivlari, 
passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida 
bo‘limlarga kiritilgan, ya’ni: 
Barcha hisobvaraqlar shunday tartibda ishlab chiqilganki, bunda 

birinchidan, barcha hisobvaraqlarning asosiy va yordamchi 
kitoblarda joylashuvini osonlashtirish; 

ikkinchidan, hisobvaraqlarni guruhlash va klassifikatsiya qilish; 

uchinchidan, hisob ishlarini komputerlashtirish; 
–to‘rtinchidan, operatsiyalar bo‘yicha yozuvlarni bajarishni tezlashtirishni 
ta’minlash mumkinligi hisobga olingan. 
Rejadagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta raqamdan iborat qilib 
kodlashtirilgan. 
Barcha aktivlar 40 ta atrofida asosiy hisobvaraqqa bo‘linadi, har bir asosiy 
hisobvaraq ham bir necha subschyotdan iborat. Masalan: 10100 - asosiy hisobvaraq 
“Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” deb nomlanadi va quyidagi subschyotlarni 
o‘z ichiga oladi: 
10101 – aylanma kassadagi naqd pullar; 10102 – zaxiradagi naqd pullar; 
I bo‘lim 
II bo‘lim 
III bo‘lim 
IV bo‘lim 
V bo‘lim 
VI bo‘lim 
10000 – Aktivlar 
20000 – Majburiyatlar 
30000 – Kapital 
40000 – Daromadlar 
50000 – Xarajatlar 
90000 – 
Ko‘zda 
tutilmagan 
holat 
bo‘yicha 
(ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar 


10105 – cheklar va boshqa kassa hujjatlari; 10107 – bankomatlardagi naqd 
pullar; 10109 – yo‘ldagi pullar; 
10111 – bank binosidan tashqaridagi kassalardagi naqd pullar. 
Huddi shunday misolni «Majburiyatlar» kategoriyasi bo‘yicha ko‘rib 
chiqamiz. Bank majburiyatlari “Talab qilib olinguncha saqlanadigan” (muddatsiz) 
depozitlardan boshlanadi: ya’ni, 
20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, bunda: 
2 – majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga tegishli asosiy 
hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha yordamchi 
hisobvaraqlarni (subschyotlarni) o‘z ichiga oladi: 
20202 – Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib 
olinguncha saqlanadigan depozitlari; 
20203 – Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan 
tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatsiz depozitlari; 
20204 – Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan 
tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari; 
20205 – Budjetdan tashqari fondlarning talab qilinguncha saqlanadigan 
depozitlari; 
20296 – boshqa talab qilib olinadigan depozitlar. 
Demak, 20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar asosiy 
hisobvarag‘i bir nechta yordamchi hisobvaraqni o‘z ichiga olar ekan. Yuqorida 
sanab o‘tgan depozit hisobvaraqlarining hammasi korxona va tashkilotlarining 
hisob-kitob schyotlariga tenglashtirilgan bo‘lib, ular orqali mijozlarining hisob- 
kitob, kassa, kreditni qaytarish va boshqa operatsiyalari o‘tkaziladi. 
Hisobvaraqlar rejasining qolgan bo‘limlaridagi hisobvaraqlari ham huddi 
shunday tartibda nomerlanadi. 

Download 184,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish