O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejalari va ularning tavsifi



Download 184,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.07.2022
Hajmi184,13 Kb.
#820756
1   2   3   4
Bog'liq
Qosimov Baxodir Bank hisobi taxlili auditi

3.
 
Bank bino-inshootlarini, jihozlarini, ko‘chmas mulkni sotishdan 
ko‘rilgan zararlar 
Bank bino-inshootlarini, jihozlarini, ko‘chmas mulkni sotishdan ko‘rilgan 
zararlar hamda yuqorida ko‘rsatilgan hisob raqamlarda, hisobga olingan 
zararlarning hech biriga tegishli bo‘lmagan boshqa foizsiz xarajatlar 55900- 
«Boshqa foizsiz xarajatlar» asosiy hisob raqamda aks ettiriladi. 
VI bo‘lim «KO‘ZDA 
TUTILMAGAN 
HOLATLAR 
BO‘YICHA 
HISOB 
RAQAMLAR» bo‘limidagi balansdan tashqari hisob raqamlar ham xuddi 
balans ichidagi hisob raqamlar kabi ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. 
Buning uchun hisob raqamlar rejasidagi har bir balansdan tashqarida joylashgan 
hisob raqam uchun kontr – hisob raqam biriktirib qo‘yilgan bo‘lib, ular 
buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirish maqsadida ishlatiladi. 
Shunday qilib, banklarda yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarni o‘z ichiga 
olgan balans tuziladi, bank boshqaruvchisi va bosh buxgalter unga imzo 
qo‘yishlari lozim. Shundan so‘ng, bank ish kuni to‘liq yakunlangan hisoblanadi. 
Hozirgi kunda xalqaro andozalarga muvofiq balans ichidagi hisob 
raqamlari ham, balansdan tashqari hisobvaraqlar ham ikkiyoqlama yozuv asosida 
olib boriladi. Buxgalteriya hisobining tashkil qilishning asosiy tamoyillaridan biri 
ham aynan ikkiyoqlama yozuv usulidir. 
Ikki yoqlama yozuv usulining mazmuni nimadan iborat? Hisob siyosatida 
ikkiyoqlama yozuv usulini amaliyotga tatbiq etilishi maxsus buxgalteriya hujjatlari 
asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat hisobvaraq bo‘lib, u ikki qismdan iborat 
bo‘ladi: chap tomoni “debet”, o‘ng tomoni esa “kredit” deb nomlanadi. Har bir 
hisobvaraqning kun boshiga bo‘lgan boshlang‘ich qoldig‘i (saldo) bo‘lib, 
operatsiyalar o‘tkazilgandan so‘ng debet va kredit aylanmalarni hisobga olgan 
holda kun oxiriga bo‘lgan qoldig‘i chiqariladi. 
Barcha hisobvaraqlar o‘z mazmuniga ko‘ra aktiv yoki passiv bo‘lishi 
mumkin. Bankning o‘z mablag‘larini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar 
aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Bank mablag‘larining manbayini hisobga olishda 


ishlatiladigan hisobvaraqlar esa passiv hisobvaraqlar bo‘lib hisoblanadi. 
Aktiv hisobvaraqlarga bankdagi naqd pullar, bankning vakillik 
hisobvarag‘idagi mablag‘lar, turli muddatlarga, banklarga, hukumatga, korxona 
tashkilotlarga berilgan ssudalar, asosiy vositalari, bank xarajatlari kiradi. Passiv 
hisobvaraqlarga esa turli depozitlardagi mablag‘lar, budjet mablag‘lari, bank 
kapitali, daromadlari va hokazo kiradi. 
Aktiv hisobvaraqlarning qoldig‘i uning “debet” qismida bo‘lib, 
mablag‘larning ko‘payishi ham debetda aks ettiriladi, mablag‘larning kamayishi 
esa hisobvaraqning kreditida ko‘rsatiladi. Passiv hisobvaraqlar bo‘yicha, aksincha, 
qoldiq hisobvaraqning kredit tomonida bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi uning 
kreditida, mablag‘larning kamayishi, ya’ni chiqib ketishi debetida o‘z ifodasini 
topadi. 
Aktiv va passiv hisobvaraqlar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari sxemasini 
quyidagicha ifodalash mumkin. 

Download 184,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish