Ob'ekti Tovarlarni yo‘q qilish tartibi.
Ob'ektiv tomoni Mazkur huquqbuzarlik harakatsizlikda sodir etiladi. Jumladan: bojxona kodeksiga asosan yo‘q qilinishiga yo‘q qo‘yilmaydigan tovarlarni ushbu rejimga joylashtirish, yo‘q qilish natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni boshqa bojxona rejimiga joylashtirishning belgilangan talablari, cheklashlari va shartlariga rioya etmaslik.
Tovarlarni yo‘q qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
tovarlarning batamom yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladigan termik, kimyoviy, mexanik tarzdagi yoki boshqa turdagi (yoqib tashlash, buzib tashlash, ko‘mib tashlash) ta'sir ko‘rsatish;
Tovarni yo‘q qilish natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar ular shu holatda bojxona hududiga olib kirilganida bo‘lgani kabi boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim (BK 127-m.) – boshqa bojxona rejimiga joylashtirmasa bu harakatsizlikdir.
Sub'ekti 16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxsdir.
Sub'ektiv tomoni mazkur uquqbuzarlik qasddan sodir etiladi.
22718-modda. Muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalari bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirganlik
Tovarlar va transport vositalari bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish, ularning holatini o‘zgartirish, ulardan bojxona rejimiga nomuvofiq tarzda foydalanish, xuddi shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, bojxona rejimining boshqa talablari, cheklashlari va shartlariga rioya qilmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalarini ushbu bojxona rejimi talablariga muvofiq bo‘lmagan tarzda tasarruf etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 37-moddasiga asosan ma'muriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni o‘tash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi ma'muriy huquqbuzarlik sodir etmagan bo‘lsa, mazkur shaxs ma'muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |